TOSHKENT FARMATSEVTIKA
INSTUTI
FARMATSIYA FAKULTETI
105-A GURUH TALABASI Yigitaliyev Shukurullo ning.
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:Djoul –tomson effekti farmatsiya va tibbiyota past temperaturada qollanilishi sirt aktiv moddalar va ularni farmatsiyada qollanilishi.kapilyar bosim lapals formulasi qattiq kiristal va amorif jismlar biopolimerlar umumiy hususiyatlari va tuzulishini uziga hosligi.
REJA:
1.Djoul tomson efekti haqida
2.Farmatsiya va tibbiyota qollanilishi
3.Laplas formulasi
Joul-Tomson effekti
Ideal gazning U ichki energiyasi, uning molekulalari harakatining kinetik energiyasidan iborat; bu energiya berilgan gazning hajmiga ham, bosimiga ham bog‘liq bo‘lmay, faqat uning T harorati bilan aniqlanadi; bir mol ideal gaz uchun U=Ek=CvT, bunda Cv - o‘zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig‘imidir.
Real gazda molekulalar orasidagi o‘zaro ta'sir kuchlari katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rib o‘tgan edik. Shuning uchun real gazning ichki energiyasi uning molekulalari harakatining kinetik energiyasi bilan molekulalarning o‘zaro ta'sir potensial energiyasi yig‘indisidan iborat bo‘ladi:
Molekulalarning o‘zaro ta'sir potensial energiyasi ular orasidagi o‘rtacha masofaga bog‘liq, shuning uchun Ep gazning hajmiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Atrofdagi jismlar bilan energiya almashmagan holda gazning hajmi o‘zgarsa, uning ichki energiya zahirasi U o‘zgarmaydi va bu holda yuqoridagi (I) tenglamadan quyidagi kelib chiqadi:
ya'ni, real gazning hajmi o‘zgarishi bilan uning potensial energiyasi o‘zgarganda gaz molekulalari harakatining kinetik energiyasi ham o‘zgarishi kerak. o‘zgarmas hajmdagi issiqlik sig‘im Cv real gaz uchun ham faqat molekulalar harakatining kinetik energiyasi bilan aniqlanganligi sababli bu holda Ek=CvT tenglik (bir mol uchun) o‘z kuchini saqlaydi va (II) munosabatdan quyidagina olamiz:
hodisani kuzatishga birinchi bo‘lib uringan kishi Jeyms Jouldir. Joul C jo‘mrakka ega bo‘lgan naycha bilan tutashtirilgan ikki A va B idishlarni suvli kalorimetrga joylashtirgan (chapdagi rasm). B idishning havosi so‘rib olingan bo‘lib, A idishdagi havo biror p bosimga ega bo‘lgan. Jo‘mrak ochilgach, A idishdagi havo B idishga oqib chiqib, tashqi ish bajarmagani holda kengayadi. Joul bu tajribasida kalorimetrning harorati o‘zgarmaganligini payqagan. Shunga asosan, u gazning ichki energiyasi o‘zgarmaydi deb xulosa
A va B idishlardagi gazning p1 va p2 bosimi o‘zgarmas holda saqlab turiladi. Gaz naycha ichidagi g‘ovakli to‘siq orqali bosimi katta idishdan bosimi past idishga oqadi. g‘ovakli to‘siqning ikkala tomonlariga sezgir termometrlar qo‘yilgan. Bu vaqtda har ikkala termometr ko‘rsatayotgan haroratlar orasida ozgina farq borligi ko‘ringan. To‘siqning gaz kengayayotgan tomondagi harorat, ko‘pchilik gazlar uchun bir oz pastroq bo‘lgan. Vodorod uchun haroratning o‘zgarishi aksincha bo‘lib chiqdi: vodorod kengayayotganida uning harorati ko‘tarilib qolgan, ya'ni, u isigan edi. Gazning hajmi (issiqlik almashinmay, tashqi ish bajarmay) kengayganda uning haroratining o‘zgarishidan iborat bo‘lgan mana shu effekt, Joul-Tomson effekti deyiladi.
Gazning kengayishi natijasida sovishidan iborat bo‘lgan effektga Joul-Tomson musbat effekti, gazning kengayishi natijasidan isishidan iborat bo‘lgan effektga Joul-Tomson manfiy effekti deb ataladi. Keyinchalik Joul-Tomson effektining ishorasi Van der Vaals tenglamasidagi a va b tuzatmalardan qaysi birining roli kattaroq bo‘lishiga bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Joul-Tomson effekti bilan Van der Vaalsning
tenglamasidagi a va b tuzatmalar orasidagi bog‘lanishni aniqlash uchun potensial egri chiziqlardan (grafiklardan) foydalanish mumkin.
Gazning p1 bosimi katta bo‘lganda molekulalar orasidagi o‘rtacha masofa r1 kichik bo‘ladi; p2 bosim kichik bo‘lganda o‘rtacha masofa r2 katta bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bosim kamayishi bilan ichki potensial energiyaning kamaya borishi 20-5a rasmda ko‘rinib turibdi:
Ammo ΔEp < 0 bo‘lganda (III) tenglikdan ΔE >0 ekanligi kelib chiqadi.
Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelamiz: Van der Vaals tenglamasidagi a tuzatmani nazarga olmaslik mumkin bo‘lgan, lekin b tuzatma sezilarli ahamiyat kasb etadigan gaz kengayganida isiydi.
Ikkinchi hol nuqtaviy deb olinishi mumkin bo‘lgan kichik o‘lchamli molekulalarga taaluqlidir. Bu esa molekulalar orasidagi masofa yetarli darajada katta bo‘lganda ular orasidagi itarish kuchlari sezilarli bo‘lmaydi demakdir. Faqat (to‘qnashish paytlaridan boshqa vaqtlarda) potensial energiya Ep ning masofa r ga,
Ayni bir gaz uchun, uning harorati va bosimiga qarab, goh b tuzatma, goh a tuzatma katta rol o‘ynashi mumkin. Shu sababli, tashqi sharoitga qarab, ayni bir real gazning o‘zi goh musbat, goh manfiy Joul -Tomson effektini berishi mumkin. Juda katta bosimlarda har qanday gaz
Tomson effekti — termoelektr hodisalaraan biri; Tokli oʻtkazgich boʻylab temperatura grandiyenti mavjud boʻlganda, issiqlik zanjirida Joul—Lens qonuniga asosan ajralayotgan issiqlikdan tashqari, yana maʼlum miqdorda issiklikning ajralish yoki yutilish hodisasi (tok yoʻnalishiga qarab). Tok kuchining kvadratiga proporsional boʻlgan Joul — Lens issikligi va Tomson issiqligining hosil boʻlishi bir-biridan tubdan farq qiladi. temperatura gradiyenti mavjud boʻlgan oʻtkazgichdagi elektronlar sovuq oʻtkazgichga oʻtganda, kinetik energiyalarini atomlarga beradi va panjara atomlari harakatga kelib, issiqlik (Tomson issikligi) ajraladi. Tok yoʻnalishi
Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |