Kirish I bob


rasm. Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi qarashli Boshqaruv kompaniyalar soni va shirkatlar soni



Download 264,41 Kb.
bet7/17
Sana14.04.2022
Hajmi264,41 Kb.
#551623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Мирзахмедов Шохрух (2) (2)-конвертирован

rasm. Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi qarashli Boshqaruv kompaniyalar soni va shirkatlar soni.


Hozirgi kunda Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi qarashli 38134 ta ko’p avatli uylar, boshqaruv kompaniyalar soni 268 ta, shirkatlar soni 4187 ta.


    1. Respublikada uy-joy fondiga xizmat ko’rsatish holati tahlili


Respublikada uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash va yuqori darajada kommunal xizmatlarni ko’rsatishdan iboratdir. Shu bois, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid tasdiqlangan davlat dasturida ko’p qavatli uy-joy fondini to’liq inventarizasiyadan o’tkazib, xorijiy tajriba asosida yangi dastur ishlab chiqish, isitish tizimini yaxshilash, uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ma’muriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qo’llab-quvvatlash vazifalari ham belgilandi.
Olib borilgan tahlillar natijalariga ko’ra, hozir respublika uy-joy fondi xo’jaligi sohasida mavjud muammolarni quyidagicha tizimlashtirish mumkin:

  • XUJMShda, uy-joy fondini boshqarishda va umuman, sohada bozor tamoyillari asosida faoliyat yuritish tizimi to’liq yo’lga qo’yilmagan;

  • sohada boshqaruvning iqtisodiy usullaridan ko’ra ma’muriy usullari ustunlikka ega;

  • xo’jalik yuritishda sarf-xarajatlar, xizmatlar ishlab chiqarish va ko’rsatish jarayonida energiya va resurslarni yo’qotish darajasi yuqori;

  • tariflarni shakllantirishda shaffoflik yetishmaydi;

  • xarajatlar sarfidan aholining xabardorligi talablar darajasida emas;

  • soha tashkilotlarining investision jozibadorligi past;

    • aholining kommunal to’lovlar (issiq suv, sovuq suv, kommunal to’lovlar, elektr energiyasi, gaz va boshqalar) bo’yicha qarzdorligi oshib bormoqda;

    • bu to’lovlarni o’z vaqtida to’lash imkoniyatiga ega aholi orasida o’z vaqtida to’lamaydiganlari ham ko’p;

    • kommunal infratuzilma va umuman, sohadagi asosiy fondlarning eskirish (jismoniy va ma’naviy) darajasi yuqori;

    • XUJMSh a’zolarining o’zini o’zi boshqarishdagi loqaydliklari yuqori darajada, ularda bozor sharoitida faoliyat yuritish bo’yicha bilim va ko’nikmalar yetishmaydi;

    • uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimini tashkil etishni maksimal darajada soddalashtirish va ortiqcha sarf-xarajatlarni bartaraf etish, shuningdek, kamroq vaqt oralig’ida ko’proq xizmat ko’rsatishni ta’minlash lozim;

Hozirgi fan va texnika taraqqiy etgan sharoitda qurilishni tejamkorlik bilan olib borishda qurilish jihozlarini va qurilmalarini to’g’ri tanlash, ya’ni foydalanish jarayonida eng tejamkor texnologiyalarni tanlash samaradorlikning asosiy manbai hisoblanadi. Bundan tashqari binoning qavati va qurilish hajmini to’g’ri tanlash ham tejamkorlik omillaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasida uy-joy fondini boshqarish tizimi Iqtisodiy tomondan uy-joy qurilishida har yil sarflanadigan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanib ko’proq foyda olishga harakat qilinadi, ammo iqtisodiy yondashuvdan
ko’ra uy-joy binolari qurilishida bino sadxidan unumli foydalanishni tashkil etish qurilish jarayonidagi iqtisodiy samaradan ko’ra bir necha marta katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Aynan qurilgan binoning mustahkam, chidamli, isitish uchun ko’p energiya sarf qilinmaydigan, kommunal resurslardan tejamli foydalanish imkonini beruvchi, tez-tez qayta ta’mirlashga ehtiyoj hosil qilmaydigan xususiyatga ega bo’lishi binoga qo’yiladigan zarur talablaridan biri bo’lib uning samarasi bino faoliyat ko’rsatib tugatilguniga qadar davom etadi. Shu ma’noda tejamkorlik va uydan samarali foydalanish masalalari bir- biriga qarama-qarshi kategoriyalardir. Shuning uchun uy-joy qurilishi va uning faoliyati davomida ushbu qarama-qarshi ko’rsatkichlarni bir-biriga ta’sirini kamaytirish, yaniy tejamkor va ekspluatasiya davrida kam mablag’ talab etuvchi texnologiyalarni qo’llash o’ta muhim masala hisoblanadi.
Respublikada bugungi kunda uy-joy fondining asosiy qismining boshqaruvida ishtirok etayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUJMSh) ning qisqa muddatlarda va asosan davlat hokimiyati organlari tashabbusiga koʼra joylarda tashkil etilishi, ularning boshqa davlatlardagi uy-joy fondi boshqaruvi tashkilotlaridan farqlanishiga olib keldi.
Shirkatlar tashkil etilishining maʼmuriy usuli oldindan tushuntirilmaganligi, uy-joy mulkdorlariga shirkatlar oʼzlarining manfaatlari uchun tuzilgan.
Buning oqibatida, ularning aksariyat qismi bugunga qadar oʼz uylaridagi umumiy mulkka nisbatan oʼz huquq va majburiyatlarini yaxshi bilmaydilar, oʼzlarining shirkatdagi amaliy rolini hamda uyga xizmat koʼrsatish sifatiga taʼsir koʼrsatish imkoniyatlarini toʼliq anglamaydilar.
Bugungi kunda dunyoning koʼpgina mamlakatlarida aholining huquqiy va iqtisodiy bilimlari yetarli darajada emasligi oʼz shaxsiy kvartira va uylarini boshqarishda turli qiyinchiliklarga uchrashlariga sabab boʼlmoqda. Shuningdek, mamlakatimizda aholining uy-joy fondini birgalikda boshqarish hamda uni saqlash, asrash va taʼmirlashni taʼminlash bilan bogʼliq oʼz huquq va majburiyatlarini, kimga va nima uchun haq toʼlayotgani, bu ishlarni amalga oshirishda oʼzlari kabi xususiy uy-joy mulkdorlarining umumiy yigʼilishi qaroriga asosan tashkil etilgan XUJMSh
bilan oʼzaro munosabatlari qanday boʼlishi lozimligini yetarli darajada bilmasliklari mazkur sohada erishishimiz lozim boʼlgan rivojlanishni biroz ortga surib kelmoqda. Taʼkidlash joizki, uy-joy, kommunal xoʼjaligi bozorida bugungi kunda namuna qilib koʼrsatiladigan samarali boshqaruv tizimini yoʼlga qoʼygan XUJMSh yoki Boshqaruvchi kompaniya yoʼq, mavjudlari ham bozor sharoitida oʼzini oʼzi taʼminlash va rivojlantirishga yetarlicha tayyor emas. Mazkur sohada professional boshqaruvchilarning ham yetarli emasligi mamlakatimiz uy-joy fondini yaxlit bir tizim – mulk kompleksi sifatida boshqarish yoʼnalishida davlat bilan ijtimoiy
hamkorlikni yoʼlga qoʼya olinmayotganligiga sabab boʼlmoqda.
Darhaqiqat, uy-joy qurilishi qonunchilik bazasini shakllantirmasdan turib, sobiq totalitar tuzum paytida amalda boʻlgan qonunchilik va ishni tashkil etish ma’muriy-buyruqbozlik tizimi asosida aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash mumkin emas edi. Binobarin, mustaqillik qoʻlga kiritilgan davrlarda amalda boʻlgan uy-joy qonunchiligi sovеt davrida mavjud boʻlgan davlat mulkining gеgеmonligidan kеlib chiqib uy-joy munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan edi. Xususiy mulkchilikning qat’iyan taqiqlanganligi, mamlakatda mavjud uy-joylarning asosiy qismi davlat mulki ekanligi oʻsha davrlarda amalda boʻlgan Uy-joy kodеksi va boshqa qonun hujjatlari bilan ta’minlangan edi.
Shu bilan birga, sovеt davridagi qonun hujjatlarida har bir fuqaroning uy- joyga boʻlgan daxlsizlik huquqi bеlgilangan boʻlsada, amalda bunday daxlsizlik mavjud boʻlmasdan, davlat hokimiyati organlari qonuniy ruxsatsiz istalgan paytda uy-joyda tintuv oʻtkazishlari va shaxsni uy-joydan mahrum etishlari mumkin edi. SHuningdеk, sovеt davridagi uy-joy huquqi uchun xos boʻlgan yana bir jihat, bu – bir shaxsning faqatgina bitta uy-joyga ega boʻlishi lozimligi qoidasining mavjudligi boʻlib, agar shaxs bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq turar-joyga ega boʻlib, qolsa bir yil ichida ushbu turar-joylardan bittasini oʻzining xohishiga koʻra oʻzida qoldirishi va qolganlarini oʻzidan bеgonalashtirish lozim edi.
Albatta, mazkur qonun hujjatlari qabul qilingan paytda Rеspublikamizda amalga oshirilgan eng birinchi mulkiy islohotning uy-joylarga qaratilganligi ham,
ushbu qonun hujjatlarining islohotlarni ta’minlashdagi oʻrni katta ahamiyatga ega boʻlganligidan dalolat bеradi.
Respublikada kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi qarashli 38134 ta ko’p qavatli uy-joy fondiga xizmat ko’rsatilmoqda.
Hozirgi kunda Toshissiqquvvati" IChB UKning issiqlik manbalari, jumladan 3 ta yirik va 200 ta mahalliy qozonxonalar Toshkent shahridagi issiqlik energiyasining jami 10 foizini ishlab chiqaradi. Shahardagi barcha qozonxonalarning belgilangan quvvati 6233,093 Gkal/soatni tashkil qiladi, ulangan quvvati - 3602,223 Gkal/soat. Poytaxtda har yili taxminan 9,67 mln.
Toshkent shahri hokimligi tomonidan O’zbekiston Prezidentining "2017-2021 yillar uchun Toshkent shahri issiqlik energiyasi iste'molchilarining issiqlik ta'minoti tizimini markazlashmagan tizimga o’tkazish to’g‘risida"gi Qarori loyihasi tayyorlangan.
Mazkur loyiha maqsadi – uy-joy fondiga yuqori samarali xizmat ko’rsatish maqsadida zamonaviy qozonlar bilan yangi mahalliy qozonlar qurish, zamonaviy tejamkor va energo-tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, xom ashyo va moliyaviy resurslardan samarali va ratsional foydalanish, issiqlik ta'minoti tashkilotlarining samaradorligini va ta'minot bo’yicha iste'molchilarga taqdim etilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish yo’li bilan Toshkent shahri issiqlik ta'minoti kelgusi rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilash.
Qaror loyihasida 2, 3, 5, 6, 7 - IM (issiqlik manbalari) zonalarining issiqlik ta'minoti iste'molchilarining markazlashgan tizimlarini markazsizlantirish ko’zda tutilgan, ya'ni 3459 obekt uchun 1514 qozonxona o’rnatish lozim. Ushbu mahalliy qozonxonalarning qurilishida 2, 3, 5, 6, 7 - IM zonalarida issiqlik tarmoqlarini qayta yotqizishga zarurat yo’qoladi, chunki ushbu 280,8 km kanal issiqlik tarmoqlari foydalanishdan chiqariladi. Bu esa bir yilda 279,6 ming Gkal issiqlik energiyasini (yiliga 37,9 mln. metr kub tabiiy gaz) tejashga va foydalanish muddatini o’tab
bo’lgan issiqlik tarmoqlarining yo’qligi sababli iste'molchilar issiqlik ta'minotining mustahkamligini oshirishga imkon beradi.13


Ko’p xonadonli uy-joy fondini issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi.



Download 264,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish