Ek 89B Mobil olamning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lmish Samsung mobil va elektronika sohasida gigant kompaniyaga aylanib ulgurgani hech kimga sir emas. 1938-yilda lee byung-chull tomonidan asos solingan kompaniya mana shu davrga qadar katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, shuningdek, butun dunyo bozorlariga innovatsiyalarni olib kirgani holda ulkan burilishlarga sabab bo‘ldi. Samsung haqida yana bir jihat ahamiyatlidir: Dubayda qad rostlagan dunyodagi eng baland bino sanaluvchi Burj Xalifa osmono‘pari aynan Samsung'ning qurilish bilan shug‘ullanuvchi "qizaloq kompaniya"si tomonidan qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |