2.1 rasm. Ko’p xonadonli uy-joy fondini issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi. 2018 yilda qo’shimcha 1283 ko’p qavatli uylar issiqlik energiyasi bilan ta’minlangan.
2019 yilda qo’shimcha 454 ta ko’p qavatli uylar (42 013 ta aholi) issiqlik energiyasi bilan ta’minlandi
2020 yilda qo’shimcha ravishda 144 ta ko’p xonadonli uylar issiqlik bilan ta’minlandi
2021 yilga 444 ta ko’p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
13https://kun.uz/uz/74352900?q=%2F74352900 Uy-joy, kommunal xo’jaligi sohasida uy-joy fondini boshqarish tizimi binolardan foydalanishni samarali tashkil etish masalasi kommunal xizmatlar uchun to’lov miqdorini kamaytirish, uy xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, resurslardan oqilona foydalanish va uy-joy mulkdorlarining moliyaviy mablag’laridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda uy-joy fondining amaldagi boshqarish sifati tahlil qilinganda, bir qator kamchiliklarni uchratish mumkin. Buning asosiy sabablari sifatida, bir tomondan, mulkdorlarning uy-joy fondini boshqarishga doir qonunchilik va tartiblarni yetarli darajada bilmasliklari boʼlsa, ikkinchi tomondan mulkdorlarning uy joylari boshqaruvdagi ishtiroklarining passivligi yoki ayrim hollarda unda ishtirok etishni xohlamasliklarini keltirib oʼtish mumkin. Mazkur PZ- 20170929173 raqamli “Oʼzbekistonda uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)” amaliy grant doirasida mamlakatda uy-joy fondini boshqarishda eng koʼp tarqalgan va keng koʼlamda faoliyat yuritayotgan va kommunal xizmatlar koʼrsatayotgan tuzilma sifatida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini oʼrganish boʼyicha ijtimoiy soʼrovnoma oʼtkazildi Mazkur ijtimoiy soʼrovnoma Toshkent shahrining 11 ta tumanida ixtiyoriy tarzda ishtirok etishni xoxlagan aholi, yaʼni asosan koʼp qavatli uylarda istiqomat qiladigan xususiy mulkdorlardan 300 nafar respondent ishtirok etdi. Oʼtkazilgan tadqiqotdan koʼzlangan asosiy maqsad – aholi, yaʼni uy-joy mulkdorlarining oʼz uy-joylarini boshqarish maqsadida ixtiyoriylik asosida tuziladigan tashkilotning tashkil etish tartibi va faoliyatning asosiy yoʼnalishlari borasidagi fikrlarini oʼrganish hisoblanadi.
Shuni taʼkidlash oʼrinliki, boshqaruv shaklidan qatʼiy nazar, toʼgʼri va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish tamoyillari uy-joy fondini boshqarishning asosini tashkil etadi. Shuningdek, yuqorida taʼkidlanganidek, har bir turar joyni boshqarish uning oʼziga xosligidan kelib chiqib tanlanishi hamda ular uchun alohida rivojlantirish dasturlari va rejalari ishlab chiqilishi lozim. Bu esa zamonaviy uy-joy fondi boshqaruvchilaridan yuqori bilim va tajriba talab etadi. Xususan, ular oʼz vakolatlari doirasida nafaqat muhandislik-texnik faoliyatni amalga oshirishlari,
balki oʼzlarining xizmat obʼekti aʼzolari bilan yaqin aloqada boʼlishlari, bajargan ishlari sifatini uzoqroq taʼminlanishi maqsadida mulkdorlarni turar joylarni saqlash bilan bogʼliq toʼgʼri va ehtiyotkorona munosabatda boʼlishga chaqirishlari lozim. Yuqorida koʼrsatib oʼtilgan holatni bartaraf etish va kelgusida uyjoy fondini boshqarish sifatini oshirish maqsadida: uy-joy fondini boshqarishni tashkil etish boʼyicha davlat organlarining funktsiyalari va amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
- mulkdorlarning boshqaruv faoliyatiga bevosita ishtirok etishlarini taʼminlash boʼyicha yoʼriqnomalar ishlab chiqish va ularning amalga toʼliq ishlashiga erishish mexanizmini yoʼlga qoʼyish;
mulkdorlar oʼrtasida shirkatlarning tashkiliy-huquqiy mavqei, asosiy faoliyat yoʼnalishlari, mulkdorlar va shirkatlarning oʼzaro hamkorligi zaruriyati boʼyicha targʼibot-tashviqot ishlarini tizimli ravishda olib borish;
uy-joy fondini sifatli boshqarishni taʼminlash maqsadida soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirishga moʼljallangan innovatsion-investitsion loyihalarni amaliyotga joriy etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa shu kabilarni taklif etish mumkin. Shu bilan birga, mazkur holat yuzasidan uy-joy mulkdorlari bilan suhbat-intervьyu qilinganda, ularning koʼpchiligi uy-joy fondi boshqaruvchilarining ham oʼz faoliyatlarini yetarli darajada tashkil etmaganliklari, aholi oʼrtasida oʼz mulklarini saqlash va asrash boʼyicha targʼibot-tushuntirish ishlarini olib bormasliklari, oʼz moliyaviy-xoʼjalik faoliyatlaridagi shaffoflikni taʼminlamasliklari, ayrim hollarda mulkdorlar tomonidan yigʼilgan badallardan maqsadsiz foydalanish hollari va hokazolarni sanab oʼtdilar. Bu kabi holatlar, oʼz navbatida amaliyotda mulkdorlar va ularning mulklarini boshqaruvchilar oʼrtasida ishonchsizlik va eʼtiborsizlik munosabatlarining shakllanishiga olib kelmoqda.