MUNDARIJA
KIRISH
|
……………………………………………………………………………………
|
5
|
I BOB.
|
UY-JOY FONDIGA XIZMAT KO’RSATISHDA ENERGIYA TEJAMKORLIKNI OSHIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI………………………………………..
|
|
|
11
|
1.1.
|
Uy-joy fondini tashkil etish asoslari……………………………
|
11
|
1.2.
|
Uy-joy fondiga xizmat ko’rsatishda energiya tejamkorlikka ta’sir etuvchi omillar…………………………………………………..
|
17
|
1.3.
|
Energiya tejamkor uylar yaratishda inovatsion texnologiyalardan foydalanish yo’llari………………………………………………
|
26
|
II BOB.
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO’RSATISH VAZIRLIGINING UY - JOY
FONDIGA XIZMAT KO’RSATISH HOLATI TAHLILI…..
|
|
|
35
|
2.1.
|
O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi faoliyatining umumiy tavsifi……………………………
|
35
|
2.2.
|
Respublikada uy-joy fondiga xizmat ko’rsatish holati tahlili……
|
41
|
2.3.
|
Respublikada uy-joy fondiga xizmat ko’rsatishda energiya tejamkorlikka ta’sir etuvchi omillar tahlili……………………….
|
49
|
III BOB.
|
UY-JOY FONDIGA XIZMAT KO’RSATISHDA ENERGIYA TEJAMKORLIKNI OSHIRISH YO’LLARI….
|
|
|
56
|
3.1.
|
Uy-joy fondiga xizmat ko’rsatishda xorij tajribalaridan foydalanish yo’llari………………………………………………
|
56
|
3.2.
|
Respublikada Uy-joy fondiga xizmat ko’rsatishda energiya tejamkorlikni oshirish yo’llari………………………………
|
61
|
|
ENERGIYA TEJAMKORLIK - UY-JOY FONDIGA HIZMAT KO’RSATISHDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUXOFAZASI TASHKIL
ETISH…………………………………………………………..
|
67
|
|
XULOSA………………………………………………………...
|
71
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….
|
73
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonda kommunal xizmat ko’rsatish sohasini boshqarish orqali uy-joy fondlarini obodonlashtirish, aholini markazlashgan issiqlik, suv, gaz va hokazolar bilan ta’minlash jarayonlari bugungi kunning dolzarb ijtimoiy- iqtisodiy masalalaridan hisoblanadi. Kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari orasida turar-joyga boʻlgan ehtiyoj eng birinchi va asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Zero, turar-joyga nisbatan ehtiyoji qondirilmasdan turib inson xotirjam hayot kechirish va oʻzini erkin his qilish imkoniyatiga ega boʻlmaydi.
Fuqarolarning turar-joyga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlar hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha koʻrinish va mazmun kasb etganligini ta’kidlab oʻtish joiz. Zero, bozor munosabatlari sharoitiga kelib, kishilardagi boqimandalik tuygʻusi barham topa boshlashi bilan birgalikda, davlatga tegishli boʻlgan turar-joy binolarining katta qismi xususiylashtirildi. Shu bilan birga, xususiy mulkchilikka keng e’tibor berilishi munosabati bilan turar-joylarni xususiylashtirish, yakka tartibda uy-joy qurish, davlatga tegishli boʻlmagan turli tashkilotlarning turar-joylarni qurishi va ularni sotishi kabi aholini uy-joyga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash yoʻllari paydo boʻldi.
Uy-joy sohasidagi birinchi islohot sifatida davlat uy-joy fondi xususiylashtirilgach, kommunal uy-joy fondining huquqiy maqomini belgilash, davlatga tegishli boʻlgan uy-joy ob’ektlari doirasini aniqlash va uy-joy fondining ushbu turida yashashi mumkin boʻlgan fuqarolar bilan huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida 1994 yil 28 iyunda Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisida»gi nizomi tasdiqlandi. Unda kommunal uy-joy fondi uylari kimlarga berilishi, berish tartibi, ushbu uy-joylarda yashovchilar bilan tuziladigan uy-joy ijarasi shartnomasi, kommunal uy-joy fondi uylarini hisobga olish va taqsimlash kabi uy-joy munosabatlari uchun muhim boʻlgan qoidalar ifodasini topdi.1
1 1994-yil 28 iyundagi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi kommunal uy joy fondi to’grisida”gi nizomi
Uy-joy kodeksi mamlakat mustaqillikka erishganidan buyon uy-joy sohasida qabul qilingan qonun hujjatlarini bir tizimga solish va ularni muayyan uygʻunlikka keltirish hamda sohada vujudga kelgan munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda eng muhim manba sifatida qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF- 5017-sonli Farmoni hamda 2017 yil 18 apreldagi «Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ- 2900-sonli Qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Uy- joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining tashkil etilishi respublika uy-joy fonidini boshqarish tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarni yangi bosqichini boshlab berdi.
Turli mulk shakllari ichida turar-joy ob’ektlari oʻzining ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, alohida oʻrin tutadi. Inson umrining koʻp qismini oʻz yashash uyida oʻtkazadi, farzandlarini tarbiyalaydi. Boshqacha aytganda, turar- joylar odamlarning birlamchi, moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy maskandir. Uy-joyga egalik qilish, uni saqlash va tasarruf etish boʻyicha uy-joy mulkdorlaridan yetarlicha bilim va koʻnikmalar talab etiladi.
Uy-joy fondi tushunchasiga Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 7- moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: “Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar-joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar-joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat boʻlgan fond.2 Uy joy fondiga hizmat ko’rsatishda energiya tejamkor uylar bunyod etishimiz kerak.
Darhaqiqat, uy-joy qurilishi qonunchilik bazasini shakllantirmasdan turib, sobiq totalitar tuzum paytida amalda boʻlgan qonunchilik va ishni tashkil etish ma’muriy-buyruqbozlik tizimi asosida aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash mumkin yemas edi. Binobarin, mustaqillik qoʻlga kiritilgan davrlarda
2 Oʻzbеkiston Rеspublikasi Uy-joy Kodеksining 7-moddasida
amalda boʻlgan uy-joy qonunchiligi sovet davrida mavjud boʻlgan davlat mulkining gegemonligidan kelib chiqib uy-joy munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan edi. Xususiy mulkchilikning qat’iyan taqiqlanganligi, mamlakatda mavjud uy-joylarning asosiy qismi davlat mulki ekanligi oʻsha davrlarda amalda boʻlgan Uy-joy kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan ta’minlangan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1 martdagi 114- sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni uy-joy sohasidagi islohotlarni ta’minlashda quyidagi muhim vazifalarni bajardi:
Ushbu qonun hujjatlari davlat qoʻlida toʻplanib qolgan mol-mulklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish davr talabi ekanligini va bu “tadbirni” faqatgina huquqiy asoslarga tayangan holda muayyan izchil mexanizm asosida amalga oshirish lozimligini koʻrsatib berdi.
Inson hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan eng muhim manbalardan biri hisoblangan uy-joy faqatgina shaxsning xususiy mulki boʻlgandagina u xotirjam yashashi va mehnat qilishi, eng muhimi sobiq totalitar tuzumda hukm surgan boqimandalik kayfiyatidan xalos boʻlishi mumkinligi mazkur qonun hujjatlari orqali isbotlandi. Zero, uy-joyni sovet davridagi kabi ma’muriy tartibda, uzoq yillar navbat kutib, kimlargadir pora berib emas, ixtiyoriylik va kelishuv asosida, uy-joy muammosini hal etish bilan oʻzaro aloqadorlikda, haq evaziga va tekinga berish xususiyatining uygʻunlashtirilgan holatda amalga oshirilishida, fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoyalashi asosida, oshkoralik, ijtimoiy adolatga rioya etilgan holatda (“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 3- moddasi) olinishi kishilar oʻrtasidagi boqimandalik va ishonchsizlik kayfiyatini barham topishida oʻziga xos turtki boʻldi.
Uy-joy qurilishi sohasidagi zamonaviy tendensiyalardan biri - rejalashtirish va yondashuvlarning qulayligi atrof-muhitning chiroyligi va Energiya samaradorligi bilan uyg’unlashtiriladigan binolarni loyihalash va qurishdir.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (bundan buyon “xususiylashtirish” deb yuritiladi) deganda fuqarolarga ularning ixtiyoriga qarab davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylarini (uylarining bir qismini) sotish, shu jumladan imtiyozli asosda sotish yoki tekinga mulk qilib berish tushuniladi.
Davlat uy-joy fondi mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining to’liq xo’jalik tasarrufida yoki operativ boshqaruvidagi uy-joy fondidir.3
Turli ekspertlarning bahosiga ko’ra, dunyodagi asosiy Energiya manbalari (neft, gaz va ko’mir) zaxiralari 100 yilgacha saqlanib qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda energiya iste’molining deyarli yarmi turar-joy binolarida joylashgan. Shu sababli, resurslarni tejashning asosiy usullaridan biri binolarning energiya samaradorligini oshirishdan iborat. Innovasion deb atalmish yangi qurilish - bu qurilishda innovasion yo’nalish bo’lib, ko’p davlatlarda energiyani tejaydigan uylar hali ham keng tarqalmagan. Energiyani tejaydigan uylar issiqlik energiyasidan past iste’moli bilan tavsiflanadi. Binoning ishlashi davomida moliyaviy xarajatlarni kamaytiradigan noyob me’moriy va qurilish yechimlari amalga oshiriladi. Loyihalar zamonaviy izolyasiya materiallaridan foydalanishni ta’minlaydi, quyoshning tabiiy energiyasidan foydalanadigan binoning tarkibiy qismini optimallashtirishga imkon beradi. Energiya tejamli uy loyihalari nafaqat chiroyli va qulay, balki zamonaviy va arzon narxlarda xizmat qilishni xohlaganlar uchun ideal tanlovdir. Bu esa o’z ichiga faqat energiyani tejash bilan emas, balki yangilanib turadigan manbalardan - quyosh, yer va suvdan ham faol ravishda ishlab chiqaradigan uylarni o’z ichiga oladi. Energiya tejamkor uylar modernizasiyaning barcha talablariga javob beradi. Kundalik foydalanish qulayligini atrof muhitga ehtiyotkorlikni ta’minlaydi.
3 O’zbekiston Respublikasi Davlat uy joy fondini hususiylashtirish to’g’risidagi https://lex.uz/docs/-98430 1-moddasi
Energiya tejamkor uyni loyihalashning asosiy prinsipi binolarni muhrlanishini va muqobil energiya manbaalarini qo’llash orqali issiqlik va shamollatish tizimlarini ishlatmasdan qulay ichki haroratni saqlashdan iborat.
Bunday uylarni tasniflash mezonlari energiya iste’moli hisoblanadi:
Agar yiliga kosmik isitish xarajatlari kamida 90 kVt / m2 dan kam bo’lsa, uy energiya jihatidan samarador hisoblanadi; kamida 45 kVt / m2 - passiv; kamida 15 kVt/ m2 - nol energiya iste’moli (isitish uchun hech narsa sarf qilinmaydi, lekin issiq suvni tayyorlash uchun energiya zarur).
Shunga qaramay, sohada yechimini kutayotgan o’ziga xos muammmolar ham talaygina. Ular, asosan, energiya tejamkorlik-uy-joy fondiga xizmat ko’rsatishning nazariy jihatlari, uy-joy fondlari eskirgani, boshqaruvchi kompaniyalar aholi oldidagi majburiyatlarini deyarli bajarmasligi, joriy va kapital ta’mirlashlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasligi, avariya holatidagi uy-joylardan aholini vaqtida ko’chirmaslik kabi masalalardan iboratdir. Boz ustiga, iste’molchilar va elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv yetkazib beruvchilar hamda boshqa kommunal xizmatlar ko’rsatuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini o’rganib chiqib, taraflarning eng huquqliligi masalasiga alohida e’tibor qaratish, soha faoliyatiga taalluqli joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy xujjatlarga o’zgartirishlar kiritish zaruriyati paydo bo’lmoqda.
Ijtimoiy to’lovlarni olishda qog’ozbozlik holatlari bekor qilinadi – idoralar
«yagona darcha» tamoyili bo’yicha ishlaydi va fuqarolardan talab etiladigan hujjatlar soni kamayadi. Masalan, pensiyani pasport taqdim etgan holda rasmiylashtirish mumkin bo’ladi. Ijtimoiy sug’urta to’g’risida va ijtimoiy tadbirkorlik asoslari to’g’risidagi qonunlar qabul qilininishi haqida O’zbekiston Prezidenti 2020 yilning 24 yanvar kuni mamlakatimiz Parlamentiga har yilgi murojaatnomasi bilan chiqishlari orqali bayon qildilar4.
4 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 24.01.2020 yil www.norma.uz axborot markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |