O’rta rus zoti marzaziy O’rta Yevropodan kelib chiqqan Evolyutsiyasi nisbatan sovuq iqlimli sharoitda o’tgan , shu tufayli bu zot asalarilari sovuqqa bardoshli bo’lishi bilan farq qiladi. Uning bu xususiyati tabiy tanlash yo’li bilan tashkil topgan . O’rta rus asalari boshqa zotlarga nisbatan ba’zi kasalliklarga (nozemotos, yevropa cherish kasalligi , podeviytoksikozga) chidamliligdir. Asalari oilalarining bahorgi rivojlanishi Kavkaz va ukraina asalariga nisbatan birmuncha kechroq boshlanadi va kech tamom bo’ladi.Asalari oilasinign jadal rivojlanish davrida qulay sharoitda ona arilar bir necha kunduzda 2000 va undan ko’proq tuxum qo’yad Kavkaz sariq asalarisi . Bu zot Zakavkaz’e respublikalarida va shimoliy Kavkazda ko’paytiriladi. Yumshoq, iliq iqlimli sharpitga moslashgan. Shimoliy tumanlarda qishlovdan yamon o’tadi. Oilaga ajralib ketishga ishtiyoqi zo’r, asal o’g’irlaydi, jahldor emas. Asani qora, nam “tamg’a” bilan shuvab qo’yadi. Ona arisi sertuxum emas, lekin kavkaz tog’ kulrang zotidan ancha yuqori turadi. Tana-sining rangida sariqlik ko’proq. Xartumining uzunligi 6,5 mm dan 6,9 mm gacha, uchinchi tergitining shartli uzunligi 4,7 mm. Urug’langan ona arining massasi o’rtacha 200 mg gat eng.
Ukraina cho’l zoti. Ukrainaning cho’l va janubiy hududlarida tarqalgan. Qishga anchachidamli. Bir qator kasalliklarga Kavkaz asalariga nisbatan bardosh bera oladi va ancha chidamli. Yig’ilgan asaldan nisbatan kuchli foydalana oladi. Ona ari oilasi kuchli rivojlanayotgan vaqtda sutkasiga 1900 tagacha tuxum qo’yadi.
Asalarilar oilaga ajralishga ishtiyoqli, lekin o’rta rus zotlariga nisbatan kamroq va ajralish holatidan ishchi holatiga asosan o’ta oladi. Asal tamg’achasi asosan oq (“quruq”). Tajovvuzkorligi kuchsiz, o’rta rus zotiga nisbatan tanasi oqish kulrang. Xartum uzunligi 6,3-6,6mm, uchinchi tergitining shartli uzunligi o’rtacha 4,9mm, urug’langan ona arining massasi 200mg atrofida bo’ladi.
Kraina asalarisi. Bu asalarining dastlabgi yashash joyi Al’pning janubi-sharq hududlarida, Yugoslaviya va Avstraliya bo’lgan, hazirgi vaqtda butun duyo mamlakatlarining ko’pchiligida, shu qatorda, bizning mamlakatimizda ham keng tarqalgan. Ular bir belgilari bilan Karpat asalarilariga yaqin bo’lsa boshqa belgilari bilan Kavkaz tog’ qo’ng’ir asalarilariga yaqin. Kavkaz zotiga nisbayan qishga ancha chidamli, lekin O’rta rus asalarilariga nisbatan ancha chidamsizroq, tinchliksevar.Padeviy taksikoz kasalligiga boshqa zotlarga nisbatan juda chidamli, nozemotoz va Yevropa chirishiga esa Kavkaz zotlaridan chidamli, O’rta rusga nisbatan chidamsizroq.
Oilaning bahorgi taraqqiyoti ancha vaqtli boshlanadi, jadal o’tadi, vaqtli tugaydi, shu sababli krayina asalarilari tabiatda vaqtli yig’ilgan asalni boshqa asalarilarga nisbatan unumliroq yig’ib oladi. Ona arilari juda sertuxum, bahorgi jadal rivojlanish davrida sutkasiga 2000 tuxum qo’yadi. Agarda bahorgi rivojlanishining oxirida yaylovda ozgina bo’lsa ham asal yig’ishga imkon bo’lsa asalarilar amalda oilaga ajralmaydi, ajralganda ham juda kam bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |