Asalarilarning nish a’zolari.
Qorinning eng oxirgi halqasi tagida joylashgan; o’rta qism, ya’ni chanacha va u bilan harakatchan birikkan ikkita stilet, chanachaning ikki tomonidan joylashgan uchta xitin plastinka, ikkita - katta Hamda kichik zaxar bezidan tashqil topgan. Chanacha xitindan tuzilgan, old tomoni kengroq, orqa tomoni torroq bo’ladi. Uning oldidan ikki tomonga qarab ingichka xitin shoxchalar- chanachaning yarim doira o’simtalari yo’nalgan. Ona arining nishidagi chanacha egik shaklda bo’lib, uning ostida uzunasiga ketgan tarnovcha bor. Stiletlar ingichka ignasimon xitin tayoqchalar bo’lib, uchida kertikchalari bor. Ishchi asalarilarda 10 ta, ona arida 5 ta kertikcha bo’ladi. Ari chaqqan vaqtda stiletlar chanacha tashqarisiga chiqib sanchiladi.
Chanachaning pastki qismida maxsus do’nglik bo’lib, unga qarama-qarshi joylashgan stiletning ustki yuzasida kesma bor. Stiletlar shu kesmalari yordamida chanachaning do’ngligi bilan birikadi, natijada ular faqat chanacha bo’ylab uzunasiga harakatlana oladi. Chanachaning ikki tomoniga joylashgan birinchi juft xitin plastikalar uzunchoq plastinka deb ataladi. Ular chanachaning shoxchalari bilan harakatsiz xolda birikkan bulib, uchida tuk bilan qoplangan nozik o’simtalar bor, bu nishning changalidir. U orqali asalari nishi tekkan narsadan seziladigan ta’sir-larni qabul qiladi. Ba’zan nish changali g’ilof deb ham ataladi. Ikkinchi juft uchburchak plastinkalarning yuqorigi uchi stiletlar bilan va pasti uchinchi juft kvadrat plastinkalar bilan birikkan. Nish chanachasi zahar bezlari bilan bog’liq, bo’ladi. Katta zaxar bezi — uzun ipsimon va ikkiga ajralgan naychali qismdan va kengaygan joy — zaxar to’planadigan rezervuardan iborat. Ipsimon qismda zaharli sekret ishlab chiqariladi. Ari chaqmaguncha bu zahar rezervuarda saqlanadi. Ishchi asalari katta zaxar bezining uzunligi 9— 20 mm, ona ariniki 30—49 mm bo’ladi. Kichik zaxar bezi kalta naycha bo’lib, chanachaning asosiga ochiladi. Nish a’zoning ishi kuyidagicha: kvadrat plastinkalar bilan bog’langan muskullar nerv ta’sirlanishi orqali kvadrat plastinkalarni va ular bilan bog’liq Bo’lgan uchburchak plastinkalarni, ular esa uz navbatida stiletlarni harakatga keltiradi va nish chanacha bo’ylab surilib borib sanchiladi. Zaxar bezlarining sekreti chanachaning pastki kismidagi tarnovcha orqali jaroxatga tushadi. Asalarilar odam yoki boshqa sut emizuvchilarga, ba’zi hayvonlarga nishini sanchgan vaqtda stiletlar orqaga qaratilgan kertigi tufayli jarohatga sanchilib qoladi va asalari uni chiqarib ololmaydi. Natijada nish uzilib qoladi va ari biroz vaqtdan keyin nobud bo’ladi.
Asalari zaxarining hidi boshqa asalarilarni hayajonlantiradi. Shuning uchun ular chaqishidan saqlanish maqsadida yuzga sim to’r tutish, asalarilar bilan osoyishta muomala qilish, asalarichi xodim shaxsiy gigiena va sanitariya qoida-lariga rioya qilishi kerak. Shamolli va bulutli kunlarda asalarilar uyasini qurish tavsiya etilmaydi.
Adabiyotdan ma’lum bo’lishicha, asalari zaxari revmatizm va boshqa ba’zi kasalliklarni davolashda yaxshi natija bergan. Asalari zaxari — apitoksin (lotincha apis — asalari, grekcha toksikon — zaxar degan suzlardan olingan) meditsi-nada qo’llaniladi. dorixonalarda apitoksin preparata ampula va moy xolida sotiladi. Rossiya Sog’liqni saqlash ministrligi Ilmiy kengashi 1959 yili asalari zaxarini ba’zi kasalliklarni davolashda qo’llash haqidagi doimiy instrukstiyani tasdiqlagan.(1-rasm).
1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |