Asalarilarning qorni. Ishchi va ona asalarilarning qorni tashqi ko’rinishidan bir-biridan farq qiladigan oltita, erkak arida esa yettita halqa yoki segmentdan tashkil topgan. Oltita asosiy halqadan tashqari, birinchi qorin halqasi (oraliq segment) ko’krak bo’limiga kirib turadi.
Shuning uchun ko’krak va qorinni ajratib turadigan bog’lagich aslida birinchi va ikkinchi qorin segmenti o’rtasidagi chegara hisoblanadi .
Qorinning orqa segmentlari tagida (sakkizinchi) rudimentar segment bo’lib, u ikkita plastinka va stigmalardan iborat. Qorinning har bir segmenti ikkita yarim ketgan halqadan tashkil topgan bo’lib, kattarog’i orqa yarim halqa yoki tergit, kichikrog’i sternit deb ataladi. Bu ikkita yarim halqalar ingichka xitin parda yordamida bir-biriga birikadi. Har bir qorin halqasi ham qo’shni halqa bilan shunday xitin parda yordamida bog’lanib turadi va o’z navbatida oldingi halqa ta-giga biroz kirgan bo’ladi. U qorinning eniga va bo’yiga kengayishiga imkon beradi. Qorin hajmining kattalashishi biologik ahamiyatga asalarilarning qornida asosan ovqat hazm qilish organlari joylashgan, erkak va ona arilarda asa qorinning ko’p qismini jinsiy a’zolar egallagan. Asalari jig’ildoni nektar, asal va suv bilan to’lganda, uning hajmi kattalashishi, qish bo’yi asalarining orqa ichagi chiqindi bilan to’lishi qornining kattalashishiga sabab bo’ladi. Endigina uyadan chiqqan ona arining qorni uzunchoq bo’lib ko’rinadi, chunki u metamorfozdan keyin darrov ichagini chikindidan bushatib ulgurmaydi.
Asalarilar qorni yordamida nafas olish harakatlarini bajaradi. Uchib kelib arixona oldiga qo’yilgan taxtaga qo’ngan asalarini kuzatganda buni ko’rish mumkin: uning qorin halqalari ichkariga, bir-birining tagiga kirib-chiqib turadi. Qorinning nafas olish harakatlari bir segmentning tergit va sternit muskullar qo’shni segmentning tergit va sternit muskullari bilan birikkanligi tufayli amalga oshadi. Oxirgi qorin segmentlari orasida nishi, anal teshigi va jinsiy teshik joylashgan. Tanacha birinchi qorin segmentining orqa qismi bilan ikkinchi qorin segmentining oldingi qismidan tuzilgan. qorinning tanacha yordamida ko’krak bo’limi bilan birikishi, tergit va sternitlarning bir-biri bilan birikish xususiyatlari asalari tanasining egiluvchan bo’lishi, bu esa ishchi asalarilar bajaradigan ko’p murakkab funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitdir.
Erkak asalari quyidagi elgilari bilan farq qiladi: qornining orqa tomonida yettinchi tergit yaqqol ko’rinib turadi (birinchi segmentni xisoblamaganda), chunki u ko’krak bo’limiga kiradi va bu segmentning sternitlari faqat biqin tomondan kichik plastinka shaklida ko’rinadi, sakkizinchi tergit kuchsiz xitinlashgan, yaxshi rivojlanmagan, lekin sterniti rivojlangan bo’lib, ikki juft plastinkasi bor. Bu plastinkalar orasida jinsiy teshik bor. Juftlashish vaqtida erkak asalarining qo’shilish organi shu ikki plastinka orasidan tashqariga ag’dariladi.
Ishchi asalarilar 3—6-sternitlarida (qorin yarim halqalarida) ikkitadan ingichka yuzasini yupqa plastinkaga o’xshagan mum qoplagan ochiq rangli xitin uchastka bulib, ular mum oynachalar deb ataladi, Mum oynachalarning tagida (ichki tomonida) shakli o’zgargan teri osti hujayralari bo’lib, ular mum ajratish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |