Kurs ishining ilmiy yangiligi. Kurs ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XVII asr fransuz romani janr va uslubining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi;
fransuz klassitsizm prozasida roman janrining tutgan o‘rni va uslubiy tamoyillari tadqiq qilinadi;
fransuz klassitsizm romanida qo‘llanilgan ratsionalistik uslub va ratsionalistik sintaksis o‘rni tahlil qilinadi;
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishi fransuz adabiyoti tarixining muhim qismi hisoblangan XVII asrlarda roman janrining shakllanishi, uning poeziya va dramaturgiya bilan hamnafas rivojlanishi, o‘z uslubiy xususiyatlarga ega bolishi omillarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq qilishga bagishlangan bolib, Kurs ishi mohiyati va mazmunidan kelib chiqqan holda undan oliy oquv yurtlarida "Jahon adabiyoti" va "Fransuz adabiyoti tarixi" kurslarini oqitishda, referatlar yozishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishining umumiy tavsifi, kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bolib, jami 40 sahifani tashkil etadi.
I BOB. KLASSITSIZM XVII ASR FRANSUZ MADANIYATINING ASOSIY YONALISHI
1.1. Fransuz klassitsizm adabiyoti va uning yonalishlari
XVII asr boshida fransuz adabiyoti yangi davrga qadam bosdi, bu davrning о‘ziga xos xususiyati – tadrijiy rivojlanib kelayotgan yangi uslub – klassitsizm1ning vujudga kelishidir.
Klassitsizm (lot. classicus - namunali) – ilk bor XVI asr italyan madaniyatida paydo bо‘lib, rivojlanishining eng yuqori chо‘qqisiga XVIII asr Fransiyada chiqqan Yevropa san’ati va madaniyatidagi yirik yо‘nalishlardan biridir. Bu yо‘nalish ma’lum darajada barcha Yevropa adabiyotlariga xos bо‘lib, ayrimlarida XIX asr birinchi choragigacha о‘z о‘rnini va ahamiyatini saqladi. Antik dunyo san’ati va madaniyatini munosib ravishda eng yuksak, mukammal timsol tariqasida qabul qilgan, unga taqlid qilish asosiy qoida deb e’tirof etgan klassitsizm о‘z rivojlanish yо‘lini antik adabiyot aqidalariga qarab aniqlagandi. Klassitsizmning nazariy negizini, eng avvalo, poetikaning antik nazariyasi yaratdi va, birinchi navbatda, buyuk faylasuf va mutafakkir Aristotelning “Poetika”si; uning nazariy asoslarini fransuz “Pleyada” (XVII asr) si о‘zida ajoyib tarzda mujassamlantirdi. Klassitsizm о‘zining umumnazariy dasturlarini ishlab chiqishda, ayniqsa janr va uslub sohasida ratsionalizm falsafasiga tayandi, о‘zining tamoyillarini shakllantirishda esa XVII asr fransuz shoiri va adabiy tanqidchi Jan Shaplen (Jean Chapelain, 1595-1674) ning “Poetika” (Poétique, 1638) muhim ahamiyat kasb etdi, lekin eng asosiy manba bо‘lib Nikolya Bualo (Nicolas Boileau, 1636-1711) ning “Poeziya san’ati” (L’art poétique, 1674) deb nomlangan nazariy traktati xizmat qildi.
Klassitsizmni har taraflama ta’riflovchi belgi quyidagilar:
- ratsionalizm, ya’ni badiiy asarlarni shaxsiy his-tuyg‘ularni chetga surgan holda, aql-idrokka asoslanib yaratishga intilish;
- antik san’at namunalariga taqlid qilish;
- meyorni saqlash, abadiy va poydor qoida va qonunlarni mustahkam о‘rnatilishi, xususan dramaturgiya uchun bu “uch birlik” – voqea rivoji, zamon va makon birligi;
- asarlarni yaratishda majburiy ravishda qat’iy о‘ratilgan qoidalarga rioya qilish, ya’ni qahramonni faqat davlat ahamiyatiga ega bо‘lgan vazifani yoki insoniy burchini bajarayotgan holda tasvirlash, qahramonlarni keskin ravishda ijoyubiy va salbiy personajlarga bо‘lish, asar barcha qismlarning bir-biriga mutanosib joylanishi, asar kompozitsiyasi izchilligi, mantiqligi va yug‘unligi;
- tilga doir sohada soflik va aniqlik talablariga tо‘liq rioya qilish, uch uslub nazariyasi tamoyillariga tо‘g‘ri keladigan hikmatli sо‘z va iboralardan iborat, barcha ayon va tushunarli og‘zaki va yozma nutq ideal hisoblanishi va qо‘llanilishi;
- aristokratizm, ya’ni jamiyatning oliy tabaqalariga xos bо‘lgan did va talablarga moslashib ish tutish;
- janrlarni past va baland, yuqori va quyi darajalariga qarab о‘rnatish, bu yerda antik dunyo san’at va adabiyot janlari ustun qо‘yilgan va eng muhim hisoblangan; janrlarni “jiddiy (sermazmun)”, “yuksak (serma’no)”, ya’ni tragediya, epopeya, roman, elegiya, idilliya va “past (yuzaki)”, “kо‘ngil ochar” (be’mani), ya’ni komediya, masal, kichik hajviy she’r janrlarga bо‘lish.
Klassitsizm tarafdorlari badiiy adabiyotning eng asosiy vazifasi – bu insonni tarbiyalash, ammo pand-nasihat, tanbeh о‘kish yо‘li bilan emas, balki san’atdan haqiqiy zavqlanish, rohatlanish, huzurlanish orqali deb hisoblaganlar.
Klassitsizm, XVII asr – XIX asr boshida Yevropa san’ati va adabiyotida hukmronlik qilgan uslub va yо‘nalishlardan biri bо‘lib, antik dunyo merosini xuddi hamma narsani о‘lchovlaydigan meyor va ideal timsolidek qabul qildi. Aslida, klassitsizm XVII asrda Fransiyada tо‘liq shakllanib yetildi, XVIII asrga kelib esa ma’rifatparvarlik davri, Uyg‘onish davri, Renessans davri bilan chambarchas bog‘landi. Ratsionalizm falsafasi g‘oyalariga, butun dunyo obyektiv aql-idrok qonuniyatlariga asoslanganligi haqida ilmiy tushunchalarga, gо‘zal va kо‘rkam tabiat haqidagi tasavvurlarga tayanib, klassitsizm g‘oyat ulkan ijtimoiy mazmundorlik va ma’nodorlikni, qahramonona va yuksak manaviy-axloqiy ideallarni ifodalashga, izchil mantiqiy, sof yorqin va hamohang uygunli obrazlarni mustahkam hamjihatliligiga (birligiga) intildi. Sanatning yuksak etika (odob-axloq) goyalariga, tarbiyaviy dasturlarga monand klassitsizm estetikasi janrlar tabaqasini о‘rnatdi – “yuksak” (tragediya, epopeya, oda, tarix, mifologiya va hokazo) va “past” (komediya, hajviya, masal va hokazo). Mashhur fransuz dramaturglari – “Buyuk uchlik” namoyandalari: Pyer Kornel (Pierre Corneille, 1606-1684), Jan-Batist Rasin (Jean-Baptiste Racine, 1639-1699), Molyer (Jean Baptiste Poquelin, dit Molière; 1622-1673) yaratgan tragediya va komediyalari, buyuk marifatparvar faylasuf, shoir va nasrnavis Volter (François Marie Arouet; dit Voltaire, 1694-1778) shoh asarlari, Nikolya Bualoning Poeziya sanati, poema va hajviyalari, mashhur fransuz masalnavis Jan de Lafonten (Jean de La Fontaine, 1621-1695) zarbulmasallari, Fransua de Laroshfuko (François de La Rochefoucauld, 1613-1680) va Jan de Labryuyer (Jean de La Bruyère, 1645-1696) prozasi fransuz klassitsizm adabiyotida zalvorli о‘rin egalladi. Ushbu buyuk ma’rifatparvar faylasuf va mutafakkirlar, jahonshumul mashhurlikka ega adiblar yaratgan durdona asarlarda odob-axloqqa oid ziddiyatlar, intilishlar va manfaatlar tо‘qnashuvi, muayyan adabiy obrazni о‘ziga xos shaklda meyorni saqlab gavdalantirish yetakchilik qiladi, ularga tantanavorlik va shukuhlik, turg‘un holatda bо‘rttirib tasvirlangan voqea va obrazlar tizimi, bir maromda va bir vaznda hikoya qilish xosdir. Shuningdek, qahramonona mazmun va mardonavor xatti-harakat, uslubning kо‘tarinkiligi, nutqning mantiqiy aniqligi va ohangdoshligi, shaklning yuksak mahorat bilan puxta ishlanganligi, syujetlarning izchil va mantiqan rivojlanishi, kompozitsiyaga taalluqli tarkibiy qismlarning baravar holda joylanishi, bir-biriga mos ravishda tuzilishi klassitsizm ruhida yaratilgan asarlarning о‘ziga xos xususiyatidir.
XVII asr – Fransiya davlatini yagona bir markazga birlashtirish davridir. Tarixchilar ta’kidlashicha, Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida absolyutizm, ya’ni cheklanmagan monarxiya, oliy hokimiyat qirolning qо‘lida bо‘lgan davlat tuzumi madaniylashtirishning markazi, milliy birlikka asos soluvchi manba sifatida namoyon bо‘ldi. Bu jihatdan u tarixan taraqqiy xarakterga ega2.
Klassitsizm “Fransiya davlati va fransuz millatining ijtimoiy yuksalishi chо‘qqisida” paydo bо‘ldi3. XVII asr – fransuz milliy madaniyatida yorqin davridir. Muhtasham va chiroyli arxitektura ansambllari barpo etildi (Versal), rangtasvir san’ati qaror topdi (Pussen, Lorren), fransuz teatriga asos solindi (Kornel, Rasin, Molyer), fransuz adabiyotining yorqin asarlari yozildi (Lafonten, Lafayet) va hokazo.
Demak, klassitsizmning adabiy talimoti va nazariyasi aql-idrokka tayangan tafakkurni ifoda etishning ikki shaklida namoyon bо‘ldi; birinchi tezis idealizm4ga asoslanib, voqelikni izchil va mantiqiy mavhumlashtirilishini ta’minlaydi, butun borliqni hissiy mazmunga boy, jо‘shqin his-tuyg‘uga tо‘la materialga qarama-qarshi turgan azaliy va abadiy, о‘zgarmaydigan va benuqson shakllarda ifoda qilishga intiladi. Ushbu tamoyilga mos ravishda klassitsizm poetikasi hissiy mazmunga boy, jо‘shqin his-tuyg‘uga tо‘la voqelikni tasvirlash chog‘ida individual о‘ziga xos xususiyatlardan chetga chiqishga, predmetlarning tur bildiruvchi belgilarini emas, balki faqat jins bildiruvchi belgilarini aks ettirishga va nihoyat, hissiyotlilik hisobiga mantiqiy tarafni ilgari surishga davat qildi. Ikkinchi tezis klassitsizm tarafdorlarining ijodiy uslubiga ayrim materializm5 goyalarini olib kirdi, realizm6 alomatlarini baxsh etdi. Klassitsizm namoyandalari voqelikni mavhumlashtirgan bо‘lsalarda, har holda о‘z davri real hayotining о‘ziga xos bо‘lgan obyektiv qonuniyatlarini bilib olishga va aks ettirishga intilganlar. Biroq ularning real voqelikka nisbatan qiziqishlari kо‘pincha inson ichki hayoti bilan cheklangan, odatda e’tiborsiz qoldirilgan moddiy dunyoga farqli ravishda insonga xos bо‘lgan his-tuyg‘u, zavq-shavq va ehtiroslar olami bilan qanoatlangan. Inson psixikasi, ya’ni inson ongida obyektiv voqealarning aks ettirilishidan hosil bо‘lgan ruhiy kechinmalar majmui tahlili sohasida, insoniy xarakterlar va his-tuyg‘ular о‘rganish sohasida klassitsizm tarafdorlari adabiyotga ancha yangi narsalar olib kirdilar, umuman olganda ular badiiy adabiyotga realizm ruhidagi yirik yutuqlarni olib kirdilar. Aniqroq qilib aytganda, faqatgina moddiy hayot shart-sharoitlari, kundalik turmush, turli narsalar va har xil odamlarning tashqi kо‘rinishi va qiyofasini namoyish qilish bilan chegaralangan realizmni bir tomonlama, soddalashtirilgan holda tushunishni bartaraf etishda aynan klassitsizm kо‘maklashdi.
Klassitsizm nafosat va gо‘zallik ideali sifatida tartib va uyg‘unlikni faraz qiladi. Ushbu idealni u antik dunyo san’ati va madaniyatida kо‘radi; aynan shu yerdan Yunoniston va Rim tarixidan yohud mifologiyasidan olingan syujetlarni о‘zlashtirish, ularga asoslanishkelib chiqqan. Haqiqiy, asl narsalarning hammasi gо‘zal va nafis deb ta’kidlab, klassitsizm nazariyotchilari hartomonlama haqiqatlikni, saralangan va yaxshilangan borliqni nazarda tutadilar, xoh u tabiat manzarasi, xoh u inson ruhi tabiati bо‘lsin (le généreau de Descartes).
Klassitsizm kо‘rib chiqayotgan, о‘rganayotgan va yechimini topayotgan muammolar inson hayotining har bir jabhasini qamrab olgan holda, ular о‘z davrining jiddiy va dolzarb muammolari bо‘lib, makon va zamonga taalluqsiz, kosmopolitizm, ya’ni “Kishi dunyo fuqarosidir” degan olijanob va balandparvoz shior ostida vatanparvarlikni, xalqlarning о‘z milliy suvereniteti va mustaqilligini, milliy san’ati va madaniyatini inkor etuvchi nazariyasiga va mafkurasiga asoslangan xarakterga ega. Klassitsizm predmeti – nafosat va gо‘zallik, yuksaklik va olijanoblikdir, uning qahramoni esa oliyhimmat his-tuyg‘ular, mardjonavor xatti-harakatlar, о‘zining yuksak burchiga sadokatli, ulug‘vor va matonatli, irodasi kuchli kishidir. U о‘z ong-shuurini boshqara oladigan, his-tuyg‘ularini va ehtiroslarini jilovlab olishga qodir, о‘z xatti-harakatlarini davlat va jamiyat manfaatlariga muvofiq birlashtira oladigan, teran fikrlovchi va his qila oluvchi kishidir. Asosan harakatda emas, balki qahramon mulohazalarida, uning fikru-xayollari va tasavvuri, muhabbati va vatan oldidagi burchining dramatik tarzda tо‘qnashuvida qurilgan klassitsizm ruhida yaratilgan asarlarning о‘ziga xos strukturasi aynan shundan kelib chiqqan. Klassitsizm san’ati va adabiyoti aqllilik va bama’nilik, olijanoblik va yuksaklikdan saboq berib, tarbiyaviy funksiyani о‘z zimmasiga oladi.
Yuksak darajadagi mazmun muqarra ravishda yuksak uslubni taqozo etadi. Klassitsizmning har bir asari ratsionalizmga asoslangan tamoyillar (simmetriya, uyg‘unlik, ohangdoshlik, о‘zaro moslik, tartiblilik) bilan tо‘yintirilgan. Majburiy va zaruriy qoidalar tizimi ustun turadi, ulardan eng asosiysi – qat’iy birlikdir. N. Bualo о‘zining “Poeziya san’ati” (L’art poétique, 1674) nomli asarida janr va uslub iyerarxiyasini tuzib chiqadi, dramaning turlariga qoidalar majmuasini: personajlarning cheklangan soni, qat’iy tarzda besh aktdan iborat bо‘lish, iskandariya she’riga tо‘liq rioya qilish, uch birlik (makon, zamon, voqea rivoji) uslub yaxlitligi yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |