Kirish I bob. Klassitsizm – XVII asr fransuz madaniyatining asosiy yо‘nalishi


Madam de Lafayet “Malika de Klyov” romanining poetik xususiyatlari



Download 192,25 Kb.
bet6/8
Sana31.05.2023
Hajmi192,25 Kb.
#946865
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jalol kurs ishi

2.2. Madam de Lafayet “Malika de Klyov” romanining poetik xususiyatlari
Mari-Madlen de Lafayet qalamiga mansub “Malika de Klyov”6 romani 1678 yilda chiqdi. Garchi klassitsizm о‘zining qat’iy qoidalari bilan barcha adabiy shakllardan eng erkin, qat’iy qoidalardan xoli roman janriga mos kelmaydigan deb hisoblanganligiga qaramasdan, XVII asr nafaqat dramaturgiya asri, balki epik turining xilma-xil va rang-barang namunalari bilan alohida ajralib turadi. Buning ustiga, roman realizm san’atning xususiyatlari aniq namoyon bо‘lgan sohaga aylandi. Darhaqiqat, “Malika de Klyov”, о‘zining noyobligiga qaramasdan, - “haqiqiy fransuz romani”7dir, uning tajribasiga XIX va XX asrlar realist yozuvchilari “ijtimoiy roman yaratuvchilari tajribasiga nisbatan aslo kam bо‘lmagan darajada”8 tayanadilar. Bu, shubhasiz durdona asar, fransuz tahliliy prozaning boshlang‘ich manbasidir.
Romanda erli knyaginya de Klyovning gersog de Nemurga bо‘lgan muhabbati, ehtiros va burch о‘rtasidagi kurash, bu kurashda burch yengib chiqqani haqida hikoya qilinadi. Romanning aksar qismi qahramonlarning fikr-mulohazalari, hatti-harakati, о‘y-xayol, sо‘zlarining batafsil va xolisona tahliliga ajratilgan. Voqealar dinamik tarzda rivojlanishi nisbatan kam.
Quyida keltirilgan parchada onasi vafot etganligi sababli shahardan tashqaridagi uyda uzoq vaqt turgan va, nihoyat, о‘z uyiga qaytib kelgan knyaginya de Klyovga msye de Nemurning tashrifi haqida hikoya qilinadi. U ketishi bilanoq, yosh ayol ehtirosli muhabbatdan himoyalanishning eng tо‘g‘ri yо‘li – bu sevgilisidan о‘zini olib qochish, u bilan uchrashishdan bо‘yin tovlash degan xulosaga keladi. Msye de Nemur esa uni har doim uzoqdanmi, yaqindanmi, kо‘rib turish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solardi.
…Les jours suivants, le voi et les reines allèrent voir M-me de Clèves. M. de Nemours, qui avait attendu son retour avec une ex trême impatience et qui sou haitait ardemment de lui pouvoir parler sans temoins, attendit pour allev chez elle l’heure que tout le monde en sortirait et qu’apparemment il ne reviendrait plus personne. Jl réussit dans son dessein et il arriva comme les derutères visites en sortaient.
Cette princesse était sur son lit il faisait choud, et la vue de M. de Nemour acheva de lui donner une rougeur qui ne diminuait passa beauté. Il s’assit vis-à-vis d’elle cette crainte et cette timidité que donnent les viritables passions. Il demeure quelque temps pouvoir parler. M. me de Cléves n’était pas moins interdite, de sorte qu’ils gardèrent assez longtemps le silence. Enfin M. de Nemout prit la parole et lui fit des compliments suv son affliction; M. me de Clèves, étant bien aise de continuer la conversation sur ce sujet, parla assez longtemps de la perte qu’elle avait faite; en enfin, elle dit que, quand le temps aurait diminué la violence de sa douleur, il lui demeurerait toujours une si forte impression que son humeur en serait changée.

  • Les grandes afflictions et les passions violentes, repartit M.de Nemours, font des grands changements dans l’esprit; et pour moi, je ne me reconnais pas depuis que je suis revenue de Flandre Beaucoup de gens ont remarqué ce changement, et même M. me la Dauphine m’en parlait encore hier.

  • Il est wai, repartit M.me de Clèves, qu’elle l’a remarqué, et je crois lui en avoir ouî dire quell que chose.

  • Zen e suis pas fâché, madame, répliqua M. de Nemours, qu’elle s’en soit aperçue; mais je voudrais qu’elle ne fût pas seule à s’en apercevoir. Jl y a des personnes à qui on n’ose donner d’autres marques de la passion qu’on a pour elles que par les choses qui ne les regardent point; et, n’osant leur faire pavaitre qu’on les aime on voudrait du moins qu’elles vissent que l’on ne veut être aimé de personne. L’on voudrait qu’elles sussent qu’il ny a point de beauté, dans quelque rang qu’elle pût être, que l’on ne regardât avec indifference, et qu’il ny a point de couronne que l’on voulût acheter au prix de ne les voir jamais. Les femmes jugent d’ordinaire de la passion qu’on a pour elles, continua – t-il, par le soin qu’on prend de lour plaire et de les chercher; mais ce n’est pas une chose difficile pour peu qu’elles soient aimables; ce qui est diffecile, c’est de ne s’abandonner pas au ploisir de les suivre; c’est de les éviter, par la peur de laisser paraître au public, et quasi à elles-mêmes, les sentiments l’on a pour elles. Et ce qui marque encore mieux un veritable attachement, c’est de devenir entievement oppose à ce que l’on était, et de n’avoir plus d’ambition, ni de plaisir, après avoir été toute sa vie occupé de l’un de l’autre.

M.me de Clèves entendait aisément la part qu’elle avait à ces paroles. Jl lui semblait qu’elle devait y ripondre et ne les pas souffrir. Jl lui semblait aussi qu’elle ne devait pas les entendre, ni témoignev qu’elle les prît pour elle. Elle croyait devoir parler et croyait ne devoir rien dire. Le discourse de M.de Nemours lui plasait et l’offesait quasi également; elle y voyait la confermation de tout ce que lui avait fait penser M.me la Dauphine; elle y trouvait quell que chose de gallant et de respect tueux, mais aussi quellque chose de hardi et de trop intelligible. L’inclination qu’elle avait pour ce prince lui donnait un truble dont elle n’était pas maîtresse. Les paroles les plus obscures d’un home qui plait donnent plus d’agitation que des déclavations ouvertes d’un home qui ne plait pas. Elle demeurait donc sans ré
Tahlilga moyillik – klassitsizm tamoyillariga asoslangan uslubning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Bu yerda hamma narsa har taraflama diqqat bilan chuqur tahlildan о‘tkaziladi, xoh u qahramonning mushohadalari bо‘lsin, xoh u irratsional о‘y-hayollari bо‘lsin; alhosil, ular tartibga solinishishi, о‘ziga xos tizimga keltirilishi muqarrardir. Shu tariqa inson aql-idrokining, ongining irratsionallikdan ustunligi, qolaversa, irratsionallikning inson aqliga, zehniga tom ma’noda bо‘ysunishi qaror topadi. Keltirilgan matnda fikr umumiylikdan xususiylikkacha harakatlanadi, natijada sintez bilan yakunlanish uchun (Dekart nazdidagi haqiqatni bilish modeli). Shu sababdan ham har bir fikr, mulohaza, katta yoki kichikligidan farqli о‘laroq, har doim tugallangan holda namoyon bо‘ladi.
Msye de Nemurning madam de Klyovga buyurgan tashrifi sahnasi yopiq kompozitsiyaga ega. U bosh qahramonlarning sukunat saqlashlaridan boshlanadi, bu sahnadan keyin teza va sintez ham yakunlanadi, о‘rtada esa bosh qahramonlarning о‘zlarini tiyish, his-tuyg‘ulariga erk bermaslik, о‘zlarini vazmin tutishning batafsil tushuntirish, izohlash (tahlil) mavjud. Bosh qahramonlar uchrashuvining oqibatlari haqida hikoya qilib beruvchi qolgan matn uchun ham shu xos. Birinchi abzatsda madam de Klyov msye de Nemur uni kо‘rib qolishi mumkin bо‘lgan joylarga bormaslikni qaror qiladi. Ikkinchi abzats – antiteza: de Nemur madam de Klyovni uchratishi amri mahol bо‘lgan joylarga bormaslikka qaror qiladi. Uchinchi abzats – antisintez: ular bir-biri kо‘rib qolishadi. Oxiri abzats – sintez: elle exécuta enfin la résolution qu’elle avait prise.
Abzatslar shuningdek sodir bо‘lganlik va tugalanganlik ma’nosiga ega. Garchi romanning ayrim qismlari “bir butun yaxlit holdagi ma’no bilan bevosita aloqador bо‘lganlardagina tо‘liq ma’noga ega bо‘lsalar ham, har bir abzats о‘zining nozik sayqal berilgan qirralari bilan yarqirab turadi, bu esa badiiy san’atning mustaqil asaridek qabul qilinishi mumkin”9. Masalan De Nemur nuqti aynan shunday aniq kompozitsiyaga ega. U maksimal darajada umumlashtirilgan: Les grandes afflictions et les passion violentes font de grands changements dans l'esprit, fikrdan boshlanadi; undan keyin ushbu umumiy mazmunni konkretlashtiruvchi mantiqiy izchillik mufassal bayon qilinadi. Yakunlovchi jumla – sintez, ya’niinsonda kuchli his-tuyg‘u yoki ruhiy azob ta’sirida rо‘y beruvchi о‘zgarishlar haqidagi boshlang‘ich fikrga qaytish: devenir entièrement opposé à ce que l’on était.
Fikrning tugalligi alohida gapga ham xosdir. Bu yerda ham umumiylikdan xususiylikka harakat kuzatiladi: C'était une entreprise difficile, dont elle connaissait déjà les peines ; elle savait que le seul moyen dy réussir était d’éviter la présence de ce prince ; et, cjmme son deuil lui donnait lieu d’étre plus retirée que de coutume, elle se servit de ce prétexte pour n’aller plus dans les lieux où il la pouvait voir.
Gap umumlashtiruvchi tezadan boshlanadi (bu mashaqqatli ish, xavfli tashabbus edi); mazkur teza ikkinchi qismda tо‘liq ochiladi (gersog de Nemurdan qochish); uchinchi qismda esa teza konkretlashtiriladi (gersog de Nemur madam de Klyovni kо‘rib qolishi mumkin bо‘lgan joylarga bormaslik).
Shu kabi period10larning makonga oid chegaralari juda katta. Klassik asarga xos bо‘lgan jumla har doim mufassal yoritilgan, keng yoyilgan, aniqroq qilib aytganda, ergash gaplarga tо‘la bо‘ladi. Masalan, beshinchi abzatsning ikkinchi jumlasida (Il y a des personnes...) ikkita bosh va oltita ergash gap, undan keyingisida esa (L'on vondrait...) bitta bosh va oltita ergash gap mavjud. Yuqorida keltirilgan period (unchalik katta bо‘lmagan) – ergashgan kо‘shma gap, har bir gapning ichida esa ergash bog‘lanishi mavjud; bu yerda ergash nisbiy gap (dont elle...) ham, tо‘ldiruvchi ergash gap (que le seul moyen ...) ham, hol ergash gap (où il la pouvait voir...) ham mavjuddir.
Ergash gaplarning aksar qismi nisbiy gaplarga tegishlidir. Aynan ular informatsiya tо‘laligini amalga oshiradi – klassitsizmga xos bо‘lgan hikoya qilish uslubida hamma narsa mukammal yoritilishi, aniq-ravshan, tushunarli bо‘lishi shart. Masalan, beshinchi abzatsdagi à qui on n'ose donner d'autres marques de la passion ergash nisbiy gapdan sо‘ng boshqasi: qu'on a pour elles keladi, uni tushirib qoldirish ham mumkin (muhabbat qimga qaratilganligi о‘z-о‘zidan ayon). ... dans quelque rang qu'elle pùt étre nisbiy gap orqali aniqlashtirilgan qu'il n'y a point de beauté tо‘ldiruvchi ergash gap uchun ham shu hol tegishlidir.
“Aniqlashtiruvchi” ergash gaplar ayrim hollarda shunday kengayadiki, jumla gо‘yo labirintga о‘xshab ketadi, ushbu labirint orqali muallif yoki qahramonlarning fikri harakatlanadi (biroq, tan olish kerakki, hech qachon о‘rtadagi bog‘lanishni yо‘qotmasdan): Ce prince trouva le moyen de lui faire entendre par des discours qui ne semblaient que généreux, mais qu’elle entendait néenmoins parce qu’ils aviaent du rapport à ce qu’il lui avait dit chez elle, qu’il allait à la chasse pour réver... Bu yerda faire entendre fe’l va unga tegishli bо‘lgan tо‘ldiruvchi ergash gap qu’il allait à la chasse… orasida discours tushunchasini mufassal ta’riflab beruvchi tо‘rtta boshqa “oydinlashtiruvchi” gap mavjud.
Ratsionalizm tamoyillariga asoslangan sintaksis, tabiiyki, sababiyat va oqibat munosabatlarni vujudga keltiradi. Roman matni sabab va oqibat ergash gap, shuningdek ularning ekvivalentlari – infinitiv va sifatdosh oborotlarga tо‘la: et n'osant leur faire paraire qu'on les aime, on voudrait…, c’est de les éviter, par le peur de laisser paraitre..., Les actions de ce prince s’accordaient trop bien avec ses paroles pour laisser quelque doute à cette princesse. Bundan tashqari, sababiyat va oqibat munosabatlari kontekst (nutq yoki asarning tugal fikr anglatuvchi parchasi) orqali ham ifoda etilishi mumkin (tengma-teng qо‘yilishi orqali): Ce prince vit bien qu'elle le fuyait (sabab), et en fut sensiblement touché (oqibat).
Sintaksisning ratsionalligi de Lafayet prozasiga xos bо‘lgan boshqa xususiyatida ham namoyon bо‘ladi; masalan, asar bosh g‘oyasi taqozo etgan binar (ikki teng komponent) likda. Msye de Nemurning muhabbatda eng qiyini - sevgilisidan о‘zini olib qochish haqidagi sо‘zlari (ce qui est difficile, ... c’est de les éviter), madam de Klyovning о‘y-xayollarida takrorlanadi (c’était une entreprise difficile ... le seul moyen dy réussir était d’éviter la présence du prince). Msye de Nemurning yengil betobligi – hech kimga kо‘rinmay yurishlikka bahonadir (Unt légère maladie lui servit de prétexte…); madam de Klyov uyiga borish mumkin emasligiga ham shu bahona ishlatiladi (sur le prétexte d’étre encore faible).
Aynan о‘xshashlikni taqqoslaylik – bosh qahramon ahdlarining tafovuti: n'aller plus dans les lieux où il le pouvait voir—éviter d’aller dans tous les lieux où il savait bien que M-m de Clèves ne serait pas.
Parallelizm va simmetriya (ratsionalizm tamoyillariga asoslangan tilning о‘ziga xos belgisi) hikoya qilish uslubini mukammal, uyg‘un, izchil tarzda о‘zaro moslab, deyarli har bir gap konstruksiyasini tuzadi. Bu yerda bosh va ergash gaplarning baravar miqdori ham; tasdiq va salbiy gaplarning tengma-teng qо‘yilishi ham (ce n’est pas une chose difficile – ce qui est difficile); uyushiq bо‘lak (xoh u sinonim, xoh u antonim bо‘lsin) larning juftligi: avec cette crainte et cette timidité; les grandes afflictions et les passions vioklantes; n'avoir plus d'ambition ni de plaisir ham mavjud. Butun boshli oltinchi abzats shu asosda qurilgan. Bu yerda har bir gap, xuddi “Iskandariya she’ri”dek, sezura11 orqali bо‘lingan:
elle devait y répondre /et ne pas les soufrir
elle ne devait pas les entendre/ ni témoigner qu’elle les prit pour elle
elle croyait devoir parler/ et croyait ne devoir rien dire.
Ma’noviy (semantik) va strukturaviy aniqlik tufayli shu kabi fikr (jumla) larning bir qismi sentensiya (pand-nasihat, ibrat) ga shakliga kiradi: Les paroles les plus obscures d'un homme qui plait donnent plus d'agitation que des déclarations ouvertes d'un homme qui ne plait pas. Shu tariqa tilning aforizmlardan iborat bо‘lganligi asoslidir – u hikoya qilish uslubining fikr-mulohaza va his-tuyg‘ularni obyektivlashtirish (mujassamlantirish, gavdalantirish, ifodalash) ga qaratilganlik bilan vujudga kelgan.
Shunday qilib, irratsionalizm (gо‘yo qonun-qoidalardan holi, aql-idrok bilan bilib bо‘lmaydigan) va alogizm (mantiqsizlik, mantiqni inkor etuvchi) ga asoslangan kechinmalar, his-tuyg‘ular tartibga solinganligi ratsional (aql-idrokka asoslangan) sintaksis doirasida amalga oshiriladi. Alogik (, mantiqsiz, aqlga tо‘g‘ri kelmaydigan) ibtido (ehtiros) gо‘yo kitobxon nigohidan yashiringandek. Kechinma, his-tuyg‘uning о‘zi gо‘yo yо‘qdek – u mushohadaga asoslangan tahlil bilan neytrallashtirilgandek. Ammo ushbu kechinma, his-tuyg‘u bavosita (biror vosita orqali) ifodalangan. U teskari ma’no orqali, unga qarshi harakat qiluvchi kuchlar vositasida tasvirlanadi, yuzaga chiqariladi. U sintaksisning qat’iy qoidalari bilan saykallashtirilgan, yanada aniqroq qilib aytganda, sintaksis qoidalari – bu obrо‘-e’tibor, or-nomus, izzat-hurmat qonunlari ifoda etilishining vositasidir. Bu о‘ziga xos yopik qurilma, u ichidan portlaydi. Qanchalik ehtiros, his-tuyg‘u, ruhiy kechinmalar kuchli bо‘lsa, qurilma shunchalik qattiq bо‘ladi.
Aynan shu yerdan tizim har bir elemetining ma’nosi har xilligi kelib chiqqan. Binar (ikki komponentli) strukturalarning simmetriya va о‘zaro uyg‘unligi (monandligi, hamohanligi), aql-idrokka asoslangan, mantiqan tartibga solinganlikning namunasi bо‘la turib, bir vaqtning о‘zida fojiali chorasizlik, konfliktning hal etib bо‘lmasligi g‘oyasini ifoda etadi, chunki burch va tuyg‘u bir xil kimmatga ega bо‘lib chiqadi.
Klassik tilning asosiy xususiyati bshlmish tafsilotlargacha aniqlik, tugallik – bir vaqtning о‘zida murakkab ruhiy kechinmalar manzarasini tasvirlaydi. Ergash gaplarning benihoyat kо‘pligi, turli bog‘lovchi (de sorte que, aussi que, à peine que, dont, comme, où, quand va hokazo) lardan о‘z о‘rnida foydalanish, istak maylidagi fe’llarning kо‘pligi, sintaktik bog‘lanishlar polifoniyasi – bularning hammasi о‘zaro aloqadorlikda va о‘zaro harakatda bо‘luvchi his-tuyg‘ular serqirraligining namunasidir.
Ratsionalistik uslub о‘ziga xos lug‘atni taqozo etadi. Unga mavhumlik, umumlashmalar kо‘pligi xosdir. Unda abstrakt otlar, shuningdek jins bildiruvchi tushunchalar kо‘pchilikni tashkil qiladi, masalan, onasi vafot etishi sababli dard-alam – “dilsiyohlik, xafalik” (affliction); sevgi-muhabbat – “mayl”, “yaxshi kо‘rish”, “mehribonlik”, “sadoqat” - (incliption, attachement); bor vujudni qamrab oluvchi ehtiros bilan kurash – “mashaqqatli ish, xavfli tashabbus” - (une entreprise difficile). Klassik til metonimiya (majoziy ma’no) larga boy: les visiteurs emas, balki les visites, une belle femme emas, balki une beauté. Abstraksiya vazifasini shuningdek metonimik perifraza (tahlil belgisi) lar bajaradi, ular muayyan tushunchani izohlab, uning aniqligini, konkret ma’nosini deyarli yо‘q qilib tashlaydi, tushunarsiz, noaniq holga keltirib qо‘yadi (opposé à ce que l’on était).
Yuqorida keltirilgan va tahlildan о‘tkazilgan matnda fe’llar 230-ta, otlar ikki baravar kam, sifatlar esa bor yо‘g‘i 28-tani tashkil qiladi. Demak, de Lafayet prozasida fe’llarning ustunligi haqida bemalol gapirish mumkin. Fe’llar kо‘pligi (je crois lui avoir oui dire quelque chose) hikoya qilish uslubini bir vaqtning о‘zida mantiqiy ravishda tuzadi va dinamizm (harakat, о‘zgarish, voqealar rivojlanishi sur’ati) ini oshiradi. Umuman olganda, fe’llar fransuz tilining lug‘aviy tarkibiga tegishli: étre (30), avoir (15), faire (9), pouvoir (8), voir (8), donner (7), shuningdek parler, dire, s’aseoire, regarder, laisser, chercher, arriver, revenir va boshqalar. Ushbu fe’llar matnda abstrakt otlar bilan sо‘z birikmalarini hosil qilib (uyg‘unlashib), о‘zining konkret emas, balki kо‘chma ma’nosini namoyon qiladi:
avoir—avoir la passion, des sentiments, l’inclination, de l’indifférence ; avoir part à, avoir de rapport à ;
faire—faire de complements, de grands changement, toute l’impression, des parties ; faire une extréme violence ;
donner—donner une rougeur, cette crainte, cette timidité, un trouble ; donner des marques de, donner lieu à ;
prendre—prendre la parole, le soin, la résolution.
Bundan tashqari, ètre fe’li, abstrakt otlar bilan uyg‘unlashib, ularga mos ravishda kо‘shilib, asosan, muayyan holatni anglatadi (ètre en liberté de réver, ètre dans une tristesse profonde), shuningdek yo ajratuvchi (ce qui est difficile, c’est), yo perifrastik oborotlarni (dans divertissements où était toute la cour) yaqqol namoyon qiladi.
Gap faqat muhabbatdan azoblanish haqida ketuvchi parchada souffrir fe’li bor yо‘g‘i bir marta, u ham bо‘lsa “chidamoq, bardosh bermoq” ma’nosida (ne pas les souffrir / les paroles/), réver fe’li esa – bir xil vaziyatda ikki marta (Quand elle fut en liberté de réver..., ...il allait à la chasse pour réver...) ishlatilgan. Fikrimizni davom ettirsak, aimer fe’li uch marta uyraydi, lekin har bir holda uning ma’nosi inkor etuvchi yuklamalar bilan “neytrallashtiraladi”: …et n’osant leur faire paraitre qu’on les aime , on voudrait du moins qu’elles vissent que l’on ne veut étre aimé de personne ; Elle ne se flatta plus de l’espérence de ne le pas aimer...
Aslini olganda, otlarga birikkan sifatlar juda ham kam, bor yо‘g‘i 15-ta; buning ustiga ulardan uchtasi: extrème, difficile, véritable ikki marta, grand esa – besh marta takrorlanadi. Boshqa sifatlar (ular 6-ta: seule, interdite, aimable, malade, faible, facile) tarkibli kesimning turlangan qismiga taalluqlidir, qolgan tо‘rttasi quelque chose bilan birga bog‘langan holda nominativ (atov) funsiyasini bajaradi: quelque chose de galant et de respectueux, mais aussi quelque chose de hardi et de trop intelligible.
Otlarga birikkan sifatlar obrazli epitetlar qatoriga kirmaydi. Ular muayyan jumlaning informativ ma’nosi uchun zaruriy bо‘lgan mantiqiy ta’rifning mohiyatini tashkil qiladi: ours suivents, dernières visites, légère maladie, déclarations ouvertes, mauvais présage va hokazo. Matnda uchrovchi nisbiy ergash gaplar stilistik jihatdan belgilangan aniqlovchi sifatida namoyon bо‘ladi: avec cette crainte et cette timidité que donnent les véritables passions ; un trouble dont elle n’était pas maitresse ; toute l’impression qu’il pouvait souhaiter. Ushbu mufassal bayon qilingan, tо‘la ochilgan aniqlovchi sо‘zlarda tushuncha batafsil yoritiladi, va bir vaqtning о‘zida abstrakt (mavhum) holga aylanadi. Alomat subyektiv (xususiy) sifatini yо‘qotadi va obyektiv (umumiy) darajdaga о‘tib ketadi.
Asosiy baholovchi tavsif beau, belle, beauté sо‘zlariga tushadi. Romanda personajlarning aniq tasviri yо‘q, ularning ustki kiyimlari, liboslari, tashki kо‘rinishlari, qiyofalari, qolaversa ular istiqomat qiluvchi uylarning ichki va tashqi qiyofasi, badiiy bezalgan va jihozlangan kо‘rinishi haqida hech qanday ma’lumot yо‘q. Ular “gо‘zal, chiroyli” bо‘lganligi ma’lum xolos. “Gо‘zallik, chiroylik” matnda ha deb takrorlanaveradigan sifatlarning orttirma darajasi, masalan, il ny point de beauté que kabi oborotlarda, yoki “nodir”, “tanho”, “haqiqiy”, “absolyut” ma’noga ega sо‘zlar: un veritable attachement, une extrème violence, entièrement persuadé, le seul moyen, toute l’impression, dans aucun des divertissement etc. orqali о‘z ifodasini topadi. Garchi shunga о‘xshash ta’rifu tavsiflar “yagona, kamyob” ma’nosiga ega bо‘lsalar ham, ular, aslini olganda, ta’sirchalikdan, hayajonlilikdan mahrumdirlar, chunki muayyan predmet yoki hodisani bekami-kust, mukammal, sodir bо‘lgan, “tozalangan”, “steril” holatda kо‘rsatadi. Va bu bejiz emas. Ideallik - XVII asr san’atida ustunlik qiluvchi tamoyildir. Rus adabiyotshunos olimi D.D.Oblomiyevskiy fikricha: “Klassitsizm asarlari qadr-qimmatining meyori - badiiy obrazning maksimal darajada real obrazga yaqinligida emas... Klassitsizmda, birinchi navbatda, hayotda mavjud narsani tasvirlash yoki aks ettirish, uning kamchiliklarini fosh etish tamoyili emas, yoki xuddi realizmdagi kabi uni inkor etish, keskin tanqid qilish ham emas, aksincha, pozitiv (haqiqiy) tasvirlash g‘oyasi, obraz tamoyili, ideallikka intilish muhim ahamiyat kasb etadi”12.
Shunday qilib, romanning lug‘aviy boyligi na obrazli muqoyasa (о‘xshatma) lar, na epitet va metaforalarga ega. Sо‘zlar faqat stilistik belgiga ega. Ustiga ustak, ular ushbu stilistik belgi doirasidan chiqib ketishga, har qanday ifodalilik, ma’nodorlikni xaspо‘shlab qо‘yishga harakat qilishadi; taqqoslang: aimer о‘rniga plaire, amour о‘rniga inclination; tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri nomlash о‘rniga – perifraza yoki perifrastik iboralar, teskari ma’nodan turib tushuntirish: une rougeur qui ne diminuait pas sa beauté; M-me de Clèves n’était pas moins interdite; son silence, dont il n’aurait peut-étre pas tiré de mauvais présages13.
Ammo, bu til tartibsiz, obrazsiz, ma’nosiz degani emas. Mari-Madlen de Lafayet prozasining obrazliligi mazmun ekspressivligi va hikoya qilishning “ifodasizligi”, “harakatsizligi” о‘rtasida mavjud bо‘lgan о‘zaro ta’sir, о‘zaro harakat hisobiga yuzaga keladi. Xuddi ratsionalistik sintaksis kabi, sо‘z his-tuyg‘u, ehtiros ifoda etilishni bir muncha tо‘xtatib, bilintirmay turadi. Eng muhimi, matn dinamikasi aynan shundan rivojlanadi; aniqrog‘i, matnning eksplitsit emas, balki implitsit tarzda tо‘yintirilganligi paydo bо‘ladi.
Eksplitsit (aniq, ochiq ifodalangan) va implitsit (ifodalanmagan, nazarda tutilgan) hodisalarning tо‘qnashuvi va uzviy aloqadorligi, о‘zining umumiy kо‘rinishida asosiy g‘oyani, eng muhim fikrni ifodalovchi sо‘z - leytmotivlarda namoyon bо‘ladi. Aynan ularda asarning asosiy g‘oyasi mujassamlashtirilgan. Eng avvalo bu - (violence) i embrassas14 sо‘zlari; violent (violence) sо‘zida ikki: “kuchli, hayajonli, shiddatli, jilovlab bо‘lmas” va “taaddi, zо‘ravonlik” ma’nolari birga mavjud bо‘ladi va kurashadi. Ayrim hollarda kontekst (tagma’no) da ushbu ma’nolarning faqat bittasi namoyon bо‘ladi: ce fut toutefois en se faisant une extrème violence. Lekin kо‘p hollarda u ikki ma’nolidir, ya’ni bir vaqtning о‘zida “kuchli hayajon” g‘oyasi va “zо‘ravonlik” g‘oyasini ifoda etadi: diminuer la violence de sa douleur; les passions violentes. Bundan tashqari, embarras sо‘zida ham ikki: “qiynalish, siqilish, tо‘sqinlik” va “sarosima, xijolat” ma’nolari yashiringan. Yuqorida keltirilgan parcha ushbu ot sо‘zi uchramaydi, biroq uning ekvivalenti: interdit - “taqiqlangan, mamnu” va “xijolatda, hayratda qolgan” mavjud. Har bir shunday sо‘z – ikki olam mikroshakli: ichki, “Men” (insonning о‘z-о‘zini anglashi, insoniy shaxsiyatning ruhiy markazi) dan boshlanuvchi, ya’ni subyektiv olam va tashki, ya’ni obyektiv olam mikroshaklidir. Leytmotiv sо‘zlarga, shuningdek, laisser, faire fe’llarini kо‘shib qо‘yish lozim; ular kо‘pincha boshqa fe’llar bilan birikmalar hosil qiladi: faire paraitre, laisser paretre, faire panser, faire entendre. Eng muhimi, ularda ham о‘sha-о‘sha ichki va tashqi dunyo tо‘qnashuvi kechadi, о‘sha-о‘sha ijozat va taqiq g‘oyasi mujassam etadi. E’tiborga molik jihati shundaki, mais bog‘lovchisi (quolque bilan birga) romanning muhim sо‘zlaridan sanaladi, aynan shu sо‘z tufayli hikoya qilish uslubida “his-tuyg‘u va fikr rivojlanishining ikki yо‘li hosil bо‘ladi, ularning kuchayishi va pasayishi kuzatiladi, ularning azaliy qarshi kurashi davom etadi”15.
Aql-idrokka, mantiqqa asoslangan sintaksis bilan mazmun-mohiyat о‘zaro aloqadorligi, bir-biriga qarma-qarshi, mutlaqo zid fikrlar bildirilishi, sо‘z ichida ma’nolarning tо‘qnashuvi bilan birgalikda natijada hikoya qilish uslubini dialog asosida qurilishga olib keladi. A.V.Chicherin fikricha, roman g‘oyasi asosida aynan dialog, ya’ni Mari-Madlen de Lafayet tomonidan “Laroshfukoning skepititsizmi tub mohiyatini tashkil etuvchi azaliy va abadiy sabotsizlik, beqarorlik, о‘zgaruvchanlik, ikkilanish, hardamxayollik falsafasini”16 qabul qilaolmasligi yotibdi. Boshidan qabul qilingan dialogga, begona falsafiy konsepsiya bilan bahslashishga bо‘lgan yо‘nalganlik asarning barcha, ya’ni asarning bosh mavzusi – jilovlab bо‘lmas ehtiros, yengib bо‘lmas muhabbat va shu kuchli g‘is-tuyg‘u oldida о‘zini tiyib olish, uning ta’siriga berilmaslik, unga bardosh berish о‘rtasida shiddatli tо‘qnashuv, bahslashuv, tortishuvdan boshlab to bir sо‘z ichida ikki ma’nolarning dialog asosidagi tо‘qnashuvgacha bо‘lgan qatlamlarini belgilab, qolaversa, aniq ta’riflab beradi.
Hikoya qilish uslubining dialog asosida qurilishi romanning janrga oid xususiyatlari bilan ham izohlanadi. Rus adabiyotshunosi V.G.Grib fikricha, “Malika de Klyov” romani muallifi, “Kornel va Rasin amaliyotidan kelib chiqqan holda, romanga drama tuzilishini ilk bor tatbiq qiladi”17. Roman negizida dramatik, ya’ni dramaga oid bо‘lgan kolliziya18ning о‘z-о‘zidan ochilishi tamoyili yotibdi. Mari-Madlen de Lafayet qahramonlarning psixologiyasiga ekskurs19lar qilmaydi, bu yerda “psixologiya voqea rivoji va dialog bilan uyg‘unlashib ketadi... Xuddi pyesadagi kabi, romanda dialog va qahramonlarning hatti-harakatlari asosiy mazmunni tashkil qiladi, muhim ahamiyat kasb etadi20, ya’ni dinamika (jо‘shqin voqealarga, о‘zgarishlarga intilish) “shak-shubhasiz tasviriy-epik mazmundan ustun turadi”21.
Haqiqatdan ham, romanning syujet chizig‘i doimiy sо‘rishtiruv yoki qahramonlarning har doim birovga yoki boshqalarga savol berishlari tarzida rivojlanadi, ustiga ustak, nafaqat dialog shaklida, balki monolog, bilvosita kо‘chirma gap, о‘zlashtirma gap, shuningdek muallifning hikoya qilishiga qо‘shilgan kо‘chirma gap shaklida ham namoyon bо‘ladi. Aynan shundan verba dicendi va о‘zini о‘zi kuzatish, о‘z-о‘zi bilan gapirish, chuqur о‘y-hayolga chо‘mish, о‘zini о‘zi ayblash, о‘zini о‘zi aldash, puch xayollarga berilish, о‘zini о‘zi oqlash, tarki dunyo qilish, о‘ziga о‘zi yuqori yoki past baho berish, о‘zini qurbon qilishga tayyorgarlik, manmanlik, о‘zini о‘zi kamsitish va hokazolarning kо‘pligi. Masalan, personajlar nutqidan oldingi abazatsda: parler, prendre la parole, faire des complements, continuer la conversation, parler, dire; personajlar nutqidan keyingi abazatsda esa: ses paroles, répondre, entendre, parler, dire, le discours, les paroles, des déclarations, sans répondre, finir la conversation kuzatamiz.
Psixologiyaning voqea rivoji va dialog bilan uyg‘unlashuvi, yaxlit holda namoyon bо‘lishi badiiy diskursning о‘ziga xos shakli yuzaga kelishiga sabab bо‘ladi. Ushbu diskursga tarkibiy qismlari sezilar-sezilmas darajada parchalanganligi xosdir. Mari-Madlen de Lafayet prozasining shu xususiyatiga A.V.Chicherin “У истоков французского романа” nomli ishida alohida urg‘u beradi. Rus adabiyotshunosi fikricha, romanda voqealar rivoji “kitobxon uchun sezilmaydi”, u his-tuyg‘ularni tasvirlash yoki qahramonlarning о‘y-fikrlarini ifodalashga о‘tib ketadi. Nutqning barcha turlari: dialog, monolog, kо‘chirma gap, о‘zlashtirma gap, muallif nutqi birlashib, uyg‘unlashib ketadi. “Tashqi ajratuvchi (tinish) belgilar, qо‘shtirnoq, tire, qavslarning deyarli butunlay yо‘qligi, qolaversa abzatslarning о‘zi ham muallif nutqidan ichki monologa о‘tishni anglatmaydi, romanning ikkita personajining nutqini bо‘lmaydi”22.
Taqqoslab qо‘raylik: Il se mit à repasser toutes les actions de Mme de Clèves depuis qu’il en était amoureux; quelle rigueur et modeste elle avait toujours eue pour lui, quoiquelle l’aimat. Car, enfin, elle m’aime, disait—il ; elle m’aime, je n’en saurais douter23. Nutqning turli jihatlari sintezida A.V.Chicherin “psixologik refleksiyani aks ettiruvchi nozik va nafis rang, ohang, anvoi turlarning boyligini”24 hamda matnda nutqning namoyon bо‘lish uslubini, qolaversa inson ichki hayoti murakkabligi, undagi kurashayotgan ziddiyatlarni, ions xatti-harakatlarning qarama-qarshiligini kо‘radi. Aynan badiiy nutq sintezida klassitsizmga xos bо‘lgan uslub birligi, Mari-Madlen de Lafayet romanini “uch yuz yil oldina paydo bо‘lgan va shu kungacha barhayot bо‘lgan fransuz prozaning haqiqiy durdona asariga aylantiruvchi”25 poetikasi mujassamlashgan.
XULOSA
1. XVII asr boshida fransuz adabiyoti yangi davrga qadam bosdi, bu davrning о‘ziga xos xususiyati – tadrijiy rivojlanib kelayotgan yangi uslub – klassitsizmning vujudga kelishidir.
2. XVII asr fransuz klassitsizmi faqat fransuz Renessans davri adabiyotining mantiqiy davomi bо‘libgina qolmasdan, balki uning о‘ziga xos antitezasi bо‘lib chiqdi: u absolyutizmga, ya’ni cheklanmagan monarxiya tuzumiga asoslangan davlat madaniyatiga taalluqli bо‘lgan adabiyot о‘z taraqqiyoti yо‘lida yangi bosqichna о‘tganligidan darak berdi.
3. Klassitsizmni har taraflama ta’riflovchi belgi quyidagilar:
- ratsionalizm, ya’ni badiiy asarlarni shaxsiy his-tuyg‘ularni chetga surgan holda, aql-idrokka asoslanib yaratishga intilish;
- antik san’at namunalariga taqlid qilish;
- meyorni saqlash, abadiy va poydor qoida va qonunlarni mustahkam о‘rnatilishi, xususan dramaturgiya uchun bu “uch birlik” – voqea rivoji, zamon va makon birligi;
- asarlarni yaratishda majburiy ravishda qat’iy о‘ratilgan qoidalarga rioya qilish, ya’ni qahramonni faqat davlat ahamiyatiga ega bо‘lgan vazifani yoki insoniy burchini bajarayotgan holda tasvirlash, qahramonlarni keskin ravishda ijoyubiy va salbiy personajlarga bо‘lish, asar barcha qismlarning bir-biriga mutanosib joylanishi, asar kompozitsiyasi izchilligi, mantiqligi va yug‘unligi;
- tilga doir sohada soflik va aniqlik talablariga tо‘liq rioya qilish, uch uslub nazariyasi tamoyillariga tо‘g‘ri keladigan hikmatli sо‘z va iboralardan iborat, barcha ayon va tushunarli og‘zaki va yozma nutq ideal hisoblanishi va qо‘llanilishi;
- aristokratizm, ya’ni jamiyatning oliy tabaqalariga xos bо‘lgan did va talablarga moslashib ish tutish;
- janrlarni past va baland, yuqori va quyi darajalariga qarab о‘rnatish, bu yerda antik dunyo san’at va adabiyot janlari ustun qо‘yilgan va eng muhim hisoblangan; janrlarni “jiddiy (sermazmun)”, “yuksak (serma’no)”, ya’ni tragediya, epopeya, roman, elegiya, idilliya va “past (yuzaki)”, “kо‘ngil ochar” (be’mani), ya’ni komediya, masal, kichik hajviy she’r janrlarga bо‘lish.
4. Hikoya qilish uslubining dialog asosida qurilishi romanning janrga oid xususiyatlari bilan ham izohlanadi. Mari-Madlen de Lafayet qahramonlarning psixologiyasiga ekskurslar qilmaydi, bu yerda “psixologiya voqea rivoji va dialog bilan uyg‘unlashib ketadi... Xuddi pyesadagi kabi, romanda dialog va qahramonlarning xatti-harakatlari asosiy mazmunni tashkil qiladi, muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni dinamika (jо‘shqin voqealarga, о‘zgarishlarga intilish) “shak-shubhasiz tasviriy-epik mazmundan ustun turadi”.
5. Romanning syujet chizig‘i doimiy sо‘rishtiruv yoki qahramonlarning har doim birovga yoki boshqalarga savol berishlari tarzida rivojlanadi, ustiga ustak, nafaqat dialog shaklida, balki monolog, bilvosita kо‘chirma gap, о‘zlashtirma gap, shuningdek muallifning hikoya qilishiga qо‘shilgan kо‘chirma gap shaklida ham namoyon bо‘ladi. Aynan shundan verba dicendi va о‘zini о‘zi kuzatish, о‘z-о‘zi bilan gapirish, chuqur о‘y-hayolga chо‘mish, о‘zini о‘zi ayblash, о‘zini о‘zi aldash, puch xayollarga berilish, о‘zini о‘zi oqlash, tarki dunyo qilish, о‘ziga о‘zi yuqori yoki past baho berish, о‘zini qurbon qilishga tayyorgarlik, manmanlik, о‘zini о‘zi kamsitish va hokazolarning kо‘pligi. Masalan, personajlar nutqidan oldingi abazatsda: parler, prendre la parole, faire des complements, continuer la conversation, parler, dire; personajlar nutqidan keyingi abazatsda esa: ses paroles, répondre, entendre, parler, dire, le discours, les paroles, des déclarations, sans répondre, finir la conversation kuzatamiz.



Download 192,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish