I BOB. ILK TARJIMA MAKTABLARI TARIXI
1.1 Antik davr tarjima tarixi
Prezidentimiz Islom Karimov ”Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch ” asarida tarjima haqida shunday fikr bildiradilar:
” Har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o’z-o’zidan bo’sh joyda shakllanib qolmaydi.Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo’lishini hammamiz yaxshi bilamiz.
Sharq olamida, jumladan o‘zimizning O‘rta Osiyo sharoitida jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo‘llab – quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‘diradi.Shu ma’noda , xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo‘lsak boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan , nafaqat o‘zaro muomala,balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz.
Misol uchun, Tilimizdagi mehr-muhabbat,mehr-shafqat,qadr qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan va to’ldiradigan iboralarni olaylik.Qanchalik g’alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o’zi mushkul bir muammo”³.Biz bitiruv malakaviy ishimizda mana shu sermashaqqatli ish – tarjima haqida so‘z yuritamiz.
Tarjima tufayli xalqlar o‘rtasida madaniy va adabiy aloqalar tobora kengayadi, mustahkamlanadi.O‘tmishda O‘rta Osiyoda yunonlar, arablar uzoq davr mobaybida hukmronlik qilganliklari tufayli bir tomondan o‘zbek milliy madaniyati, adabiyoti va tilida ularning sezilarli ta’siri saqlanib qoldi.Ular o‘zlari bilan birga O‘rta Osiyoga yunon va arab fani va madaniyatini ham olib keldilar.Shuning uchun ham Sharq xalqlari shuurida yunon olimi Aristotel – Arasty, Ptolemey – Batlimys, Evkelid – Iqlidus g‘arb mamlakatlariga esa Beruniy – Ali Borona,Ibn al – Hayson, Algazem, Ibn Sino – Avicenna, al Farg‘oniy – Alfraganus bo‘lib kirib bordilar, singib ketdilar.Millatidan, tilidan, dinidan qat’iy nazar ular bir-biridan o‘rgangan va o‘zlashtirib olgan.
Eramizning I asrida Monarxiya tomonidan kiritilgan o‘zgarishlar natijasida juda ko‘p hodisalar ro‘y berdi.Bu davr Rim adabiyoti uchun gullab yashnash davriga qadam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmas.Chunki Rim imperiyasi kuchayib o‘zga yurtlarni ishg‘ol qilayotgandi.Bu davrda ham ko‘p ziyolilar etishib chiqdi.Ulardan biri Boettsiy bo‘lib ,antik davr havosidan nafas olgan edi. U grek tilidan ko‘pgina asarlarni tarjima qilgan.U asosan falsafaga qiziqqani uchun ko‘pgina falsafaga oid kitoblarni tarjima qilgan.
VI asrga kelib esa Xristian dini o‘ta muhim rol o‘ynadi.Davlat ishlari xristian dinini aralashuvisiz amalga oshirilmasdi.VII-VIII asrlarga kelib esa Evropa antik madaniyati ta’sirida yana rivojlana boshladi.Lotin tili esa hamon hukmron edi chunki,xristian dini asarlari, kitoblari shu tilda yozilgan yoki shu tilga o‘girilgandi.Cherkovlar, qiroatxonalar,kutubxonalar tashkil etilgandi.Bu dinning ta’siri o‘z kuchini tarjimaga ham o‘tkazmay qolmadi.Lotin tilida bitilgan kitoblarni o‘qish uchun esa lotin tilini bilish kerak edi.Ruhoniylar faqat parcha – parcha joylarni so‘zma – so‘z tarjima qilar va oddiy xalq bu tarjimalarni juda qadrlar edi.
Sekin asta Bibliya ham mallaliy aholi tillariga tarjima qilina boshlandi. Bu esa butun Evropa millatlari o‘rtasida ham keng ommalashdi. Tarjima qilinayotgan Bibliya parchalari so‘zma - so‘z printsipi asosida edi.Bu esa o‘z navbatida xudoning kalomi bo‘lgani uchun juda hurmat qilinardi.Boshqa tarafdan esa manoga putur yetayotganligini bilish qiyin edi.Ko‘pgina tarjimonlar sayqallanmagan tarjimani asl matn bilan ajrata olmasdilar.Bu esa o‘z navbatida ko‘p xatolar va tushunmovchiliklarga olib kelardi.
VII asrda Irlandiyalik monarxlar Italiyaga kelishardi. Ular o‘zlari bilan birgalikda ko‘p kitoblarni keltirishadi.Ular bu erga kelib Aristotel,Demosfen,Tsitsiron,Greysh,Virsli, Ovidiy va boshqalarning kitoblarini targ‘ibot qilishardi.
IX asrda Irlandiyalik Ruhoniy Eriguena tarjima bilan shug‘ullanadi.U grek tilini yaxshi bilardi va lekin u ham asarlarni tarjima qilishda so‘zma-so‘zma usuldan foydalangan.Bunga sabab ham bor – u ruhoniy bo‘lganidan xristian diniga mansub bo‘lgan kitoblarni tarjima qiladi.Albatta,xudoga hurmati balandligidan so‘zlar qanday bo‘lsa buzmayin, gunohga qolmayin deb so‘zma – so‘z tarjima qiladi.Uning bu tarjimalari ayrim hollarda yaxshi chiqqan.Chunki uning o‘zi tarjimaning sofligi uchun kurashgan.Biroq bu so‘zma – so‘z tarjima usuli uzoq saqlanib qolmagan.
Diniy matnlarga bo‘lgan munosabat uzoq vaqt saqlanib qolgan.X asrda Alfrik butun umrini din yo‘liga bag‘ishlagan insonlardan biri edi.Lotin tilini juda puxta o‘rgangan Alfrik ”Eski nasihat” (Old Testament) dan ”Genezis”(Genesis) ni inglizchaga tarjima qilgan.U so‘zma-so‘z tarjima qilmaydi, balki qayta hikoya qilish yo‘lini tanlaydi.
Bu hol keyingi asrlarda davom etib o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Grek tilidan lotin tiliga tarjima qilish XI srda ham susaymaydi.Plato, Aristotel kabi buyuk qadim grek faylasuflariyu olimlarining zoologiya ,metafizika, adabiyot, tarix, siyosat, biologiya,logika,etika,she’riyat, diniy asarlari tarjima qilindi.
1167 yilda Oksford universitetining tashkil topishi olamshumul yangilik bo‘ldi.Unga asos solganlar chuqur ta’lim berish, ajdodlar qoldirgan boy meros, qo‘lga kiritilgan tajriba va albatta grek va lotinchada bitilgan asarlarni o‘rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib belgilashdi.
Ikkinchi olamshumul voqea Toledo tarjima maktabini ochilishi bo‘ldi.Uning asoschilari bo‘lmish Raymondlar (Toledo va Chestli) yuksak sazovorga ega bo‘lishdi. Bu o‘ziga xos buyuk maktab edi.Tarjima hamisha g‘arb bilan sharq o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qilgan.Butun Evropa ilm-fan,texnika va madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar
XII va XIII asrlarda Germaniyada ham juda ko‘p tarixiy voqealar sodir bo‘ldi.Bu davrda yangi janr- ritsar asarlarini yaratish keng tus oldi.Bunga yana lotin tili asos sifatida xizmat qiladi.Shuncha yil o‘tganiga qaramay grek va lotin tillarining ta’siri Evropada kuchli bo‘lgan.Bu davrda juda ko‘p antik davrda bitilgan asarlar tarjima qilindi. Tarjima qilinarkan, albatta , antik ruhda yaratishda harakat qilindi. Bu holat asta- sekin Fransiya, so‘ngra Italiyaga o‘ta boshladi.Fransiyada ham qadim avtorlar asarlarini tarjima qilish, xususan adabiyotdan keng quloch yoydi.Masalan, Oberiy,de Brayn lotin tilida ”Eliton”ni Syudo Kalisfin ”Aleksandr tarixi”ni fransuz tiliga tarjima qilishdi.
Bu davrda grek tilidan lotin tiliga asarlarni o‘girish avj oldi.
XIII asrda yashab ijod qilgan faylasuflardan biri R.Bekon tarjima haqida shunday deydi:”Men o‘z ona tilimga chet tilidek butun uni go‘zalligini saqlanadigan holda tarjima qila olmayma.Chunki har bir til o‘zining xususiyatiga ega.Ana shu xususiyatlarni tarjimada saqlab qolish qiyin”.
Antik davr ta’siri XIV asrda yashab ijod etgan J.Chousser,Bakachcho, Elizabetta Nassau, Eleoner Austrian kabi buyuk tarjimonlarni chetlab o‘tmaydi. J.Chousser Borjiy asarlarni tarjima qilarkan, ko‘proq qayta hikoya qilish yo‘lini tanlaydi. Elizabetta Nassau, Eleoner Austrian ayol bo‘lishlariga qaramay tarjima bilan shug‘ullanadilar.Ular erkin tarjimonlik yo‘lini tanlaydi.
XV asrda ham o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi.Ayniqsa bu asrning oxiriga kelib antik yozuvchilar asarlariga qiziqish tobora ortib boradi.Tsitsiron, Ovidey, Livi, Seneki, Gresi va boshqalarning asarlari tarjima qilinadi.Ko‘pgina ishlar tarjima qilinishi bilan birga bosilib chiqadi.1470 yolda Professor Yan de La Pier bosmaxona tashkil etib (Sarbonada) qadim avtorlar (Tsitsiron, Sallystiy, Valeriy) asarlarini bosib chiqaradi.
XVI asr o‘z nomi bilan buyuk o‘zgarishlar nomi bo‘ldi.Bu asrda drama keng rivojlandi, buni o‘ziga xos ”Drama uyg‘onish davri” desa ham bo‘ladi.Ajdodlardan meros qolgan bu narsa buyuk Shekspirni yaratadi.Keyinchalik ingliz tarjimoni Uayt sonnetlarini tarjima qiladi.Uning safdoshlari bo‘lmish Sarrey ham sonnetlar yozishga kirishadi.Tajriba nuqtai nazaridan Virgilning ”Ineida” she’rini tarjima qiladi.U qilgan she’riy tarjima uyg‘onish davri ingliz dramasi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Antik davr avtorlari asarlarini tarjima qilish XVI asrda keng ommalashib ketdi.
XVII-XVIII asrlarda tarjima tajribasi fransuz klassizmi sababli Rim an’nalariga yondoshgan, bunda chet tilidagi matn tarjimada hukmron sinfning g‘oyaviy maqsadlari uchun xizmat qilgan va uning ta’biriga xos kelgan. Fransuz ma’naviyatparvarlari Deni Didro o‘zining ”Yaxshilik qiluvchilar va qadr-qimmat haqida esse” asarida ingliz faylasufi Shefbari kitoblarini tarjimasi xususida gapirganda kitobni yopib tarjimani boshlaganliklari haqida eslatib o‘tgan.Antik davr voqeasi adiblaru, yozuvchilarni, tarixchilaru tilmochlarni o‘ziga rom etib qo‘ygandi.
XIX asrning birinchi yarmida Evropada romantizm maktabi paydo bo‘ldi.Bu maktabning o‘tmishiga,yani badiiy ijod sohasiga bo‘lgan qiziqishi tahsinga sazovordir.Ushbu maktab romantiklari tarjima faoliyatlarida aniq tarixiy haqiqatni bayon etishganliklari bilan mashhur bo‘lganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmida Fransiyada Germaniyadan tarjima qilish borasidagi sust ish olib borilayotgandi.Hattoki, ingliz realizmi unga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmadi, hali hamon tarjimaga bo‘lgan e’tibor jadallashmayotgandi.
XX asrda ham ko‘p e’tibor tarjimaga qaratildi.Bu asr o‘ziga xos tarjima asri bo‘ldi.Bu asr oxiriga kelib ingliz olimlari A.Daf, A.Malle, L.Nyumark, Naydo va boshqalar tarjima tarixini o‘rganisharkan, albatta, o‘tmishga nazar solmasdan o‘ta olmasdilar.Ularda P.Nyumar ”Approaches to Translation” kitobida tarjima haqida yozarkan, o‘tmish tarjimashunosligi o‘z ta’sirini hozirgi davr tarjimashunosligiga o‘tkazganligini ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |