1.2 G‘ARB MAMLAKATLARI TARJIMA TARIXI
Tarjimonlik kasbi juda sermashaqqat faoliyat bo‘lib, davlatlar, ularning madaniyati, adabiyoti, urf-odatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun xizmat qiladi.Tarjimon mehnati orqali u yoki bu tilda yaratilgan buyuk asarlar dunyoga tarqaladi, ommalashadi.Xalqlar o‘rtasidagi muloqotning bu turi orqali ”Ming bir kecha”, ”Shohnoma”, ”Qobusnoma”, ”Gamlet”,”Romeo va Juletta”, ”Layli va Majnun”, ”Farhod va Shirin” va boshqa behisob adabiy, ilmiy durdonalar dunyo xalqlari mulkiga aylandi.
Fan va madaniyat taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, tarjima yordamida fikr almashish uzoq o‘tmishga borib taqaladi.Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida katta-katta tarjima oqimlari, tarjima maktablari yuzaga kelgan.Xususan, R.Toldeyskiyning g‘arbiy Evropa tarjima maktabi (XII asr), Rossiya tarjima jamiyati (XVIII asr), Bag‘doddagi Baytal hikma (Bilimlar uyi), Al- Ma’mun maktabi, Arab tarjima maktabi (XVII asr), Xorazm tarjima maktabi (XIX asr) shular jumlasidandir.(O. Mo‘minov, tarjima tarixi T.1999).
Armanistonda esa V asrdan boshlab to hozirgacha har yili ”Tarjima kuni” o‘tkazib kelinadi.P.I.Kapanov
o‘z asarida tarjimonni jahon madaniyatida kishilarning ittifoq tuzib, birlashishlariga xizmat qiluvchi, xalqlarning umumbashariy va badiiy barkamol vakilidir deb aytadi.
”Tarjima” so‘zi avvaldan sharq tavsif, bayon qilish tushuntirish ma’nolarida qo‘llanib kelingan.Badiiy tarjima esa, matnni bir tildan ikkinchi tilga shunchaki o‘girish emas balki uni qayta ”yaratish” demakdir.Shuning uchun tarjimani – ijod, tarjimonni ijodkor desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbek tarjimachiligining ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biri G‘.Salom o‘z asarlarida shunday bir dalillarni keltiradi (G‘aybulloh-as Salom 10-b.) .
Hindiston safarining birida olimdan qaysi tilda ijod qilishini so‘raydilar.U o‘zbek tilida yozishini aytganda, demak faqat vatandoshlarigina o‘qiy olishini aytishadi.Shunda olim uning asarini rus va boshqa tillarga tarjima qilinganini aytib, tarjima, tarjimonlik faoliyati juda yaxshi yo‘lga qöyilganligini ta’kidlab o‘tadi.
Shundan so‘ng o‘zbek adibi Hamid Olimjon, Samad Qurg‘un, G‘ofur G‘ulom, Berdi Kerboboyev,
Oybek kabi mashhur yozuvchi va shoirlarning asarlari qanday va qancha tillarga tarjima qilinganligini tushuntirib beradi.
Bir necha ming yillar mobaynida yaratilgan mislsiz madaniyat, adabiyot, ilm-fan obidalarni umumxalq mulkiga aylantirish muammosi azal-azaldan, barcha zamonlarda ijodiyotning orzusi bo‘lib kelgan va bu tarjimaga ehtiyoj tug‘diradi.
Bunda ikki maqsad ko‘zda tutiladi.Biri- jahondagi boshqa millatlarning tillarida bayon etilgan kitoblarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish; ikkinchisi – o‘z tilida yaratilgan kitoblarni dunyodagi bo‘lak xalqlar o‘rtasida tarqatishdan iborat. (G‘Salomov ) .Insoniyat turli tillarda so‘zlashar ekan tarjima hamma davrlarda ham muhim ahamiyat kasb etgan va shunday bo‘lib qoladi.Shuning uchun ham tarjima tarixi uzoq yillardan beri olimlarni qiziqtirib keladi, lekin tarjima tarixining qator muammolari hal etilmagan.
Buyuk Britaniy Birlashgan Qurolligida tarjima tarixi 4 bosqichga bo‘linishi mumkin:
1.Qadim davrlardan to XII asrgacha bo‘lgan davr.
2.XIII-XVII asrlarni o‘z ichiga oladi.
3. XVIII- XIX asrlar.
4.XX- XXI asr boshlari.
1 – qadimgi bosqichning asosiy xususiyati xristian dinining tarqalishi bilan bog‘liq va bu davrda g‘arbda lotin tili asosiy xalqaro til vazifasini o‘tagan.
G‘arbda tarjima tarixining rivoji haqida gapirganda ingliz tili mutaxassisi, albatta, Buyuk Britaniya tarjima tarixi bilan birinchi navbatda qiziqadi.
Bu haqda gapirib, O.Mo‘minov Buyuk Britaniya Birlashgan Qurolligi tarjima tarixini 4 davrga bo‘ladi:
1.Qadim davrdan to XII asrgacha bo‘lgan davr.
2.XIII-XVIII asrgacha.
3. XVIII- XIX asrgacha.
4.XX asr .
Ushbu fikrga qo‘shilgan holda yangi XXI asr tarjima tarixi ham yangi beshinchi davrga qadam qo‘yganligi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganish lozimligini aytib o‘tish kerak deb o‘ylaymiz. Avvalo, bugungi kun fan – texnikasining taraqqiyoti yangi axborot texnologiyalarning hayotning turli sohalariga, shu jumladan chet tili ta’limi, xususan tarjima faoliyatiga ham kirib kelayotganini hisobga olsak ushbu davr ham o‘ziga xos xususiyatlariga ega.Sanab o‘tilgan davrlarni ko‘rib chiqamiz.Turli g‘arb mamlakatlarida bo‘lgani kabi Buyuk Britaniyada ham tarjima tarixining 1 – ilk bosqichi xristian dinining tarqalishi va muqaddas kitob Bibliyaning turli tillarga tarjima qilinishi bilan bog‘liq. Bunga lotin tili xalqaro til mavqeini egallagan davr hisoblanadi.
II asrdan boshlab Bibliya turli g‘arb tillariga, shu jumladan ingliz tiliga ham tarjima qilingan.Qator olimlarning ta’kidlashicha, (G‘.Salomov, O.Mo‘minov,V.Fedorov va boshqalar).Bibliyaning Evropa xalqlari tillariga tarjima qilinishi ushbu tillarning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan.O‘sha davr tarjimachiligining xususiyatlaridan biri lotin tilidagi mantlarni tarjima qilishda har bir so‘z tagiga tarjima qilinayotgan holdagi tarjimasi berib borilgan.
Bunday so‘zma – so‘z tarjima usulida , albatta, kamchiliklar bo‘lgan,leksik, sintaktik xatolar va tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.Natijada erkin tarjima qo‘llanilgan.
Turli g‘arb tillariga tarjima qilingan Bibliya xar xil usullarda , xar xil tarjimonlar tomonidan tarjima qilingan.G‘arb tarjimonlari asosan grek va lotin tilidagi yozuvlarni o‘rganish va tarjima qilishga katta ahamiyat qaratganlar.
Uyg‘onish davri Buyuk Britaniyada davlat arbobi, G‘arbiy Saksoniya qiroli Alfred uyg‘onish davri nodir asarlarini lotin tilidan ingliz tiliningUesseks dialektiga tarjima qilgan.
Uning tarjimachilik faoliyati 886-893 yillariga to‘g‘ri keladi.
Sharqning buyuk asarlari badiiy mulkini Evropa tillariga tarjima qilish uzoq tarixga ega.Sharq madaniyatiga qiziqish g‘arbda IX asr boshlariga to‘g‘ri keladi.Arab xalifaligiga qarashli bo‘lga Ispaniyaning janubiy hududlari sharq madaniyatini g‘arbga tanishtirish uchun qulay sharoitga ega edi, chunki o‘sha davrda Evropa insoniyat taraqqiyotining barcha sohalarida Sharqdan orqada edi.Bu davrda ko‘plab kuchli tarjimonlar arab tillarida qilingan olamshumul tatqiqotlarni lotin tiliga tarjima qilish orqali Sharq madaniyati, fani, san’ati, urf – odatlari bilan Evropaliklarni bahramand eta olganlar.
Sharqning G‘arbga bunday ta’siri natijasida yangi falsafiy oqimlar, nutq erkinligi yuzaga keldi.
Uyg‘onish davri tarjimachiligida ikki katta uslub so‘zma – so‘z tarjima va erkin tarjima mavjud bo‘lib , ular o‘rtasida doimo kurash bo‘lgan.
O‘sha davrda Britaniyada ham sharq madaniyatiga, badiiy asarlariga qiziqish kuchaygan bo‘lib, bir necha asrlar mobaynida Markaziy Osiyo inglizlar e’tiborini, qiziqishini o‘ziga jalb etib kelgan.Buyuk Ipak Yo‘lida joylashgan Samarqand ingliz yozuvchi va shoirlarini sevimli mavzulardan biriga aylangan.O‘rta Osiyoning mashhur allomalari Al-Farobiy, Ibn Sino, Ahmad- Al Farg‘oniy
kabi buyuk siymolar asarlarini arab tilidan o‘sha davr ingliz tilga tarjima qilganlar.
Keyinroq, XVI asrga kelib ingliz adabiyotida sharq ta’sirida Shekspirning ustozi K.Marlo tomonidan”Great Temurlane” ”Buyuk Temur” (1587) dramasi, sharq ruhida yoziladi. Bu davrda Sharqda ham G‘arbda ham Amir Temur haqida bir qancha rivoyatlar afsonalar va hikoyalar yozilgan.”Skiflar shohi” kitobi XVI asrda lotin tilida chop etilgan. Bulardan tashqari ”Temur tuzuklari ” asari bir qancha chet tillariga tarjima qilingan va G‘arbda mashhur bo‘lgan.Bu kitob ingliz tiliga 1830 yilda,Urdu tiliga 1845 yilda ,rus tiliga esa 1894 yilda tarjima qilingan.Turkiy tilda bitilgan bu asrning bir nusxasi Yaman davlatida saqlanib kelingan va o‘zbek tiliga 1991 yilda tarjima qilingan.
Ingliz sayyohlari, tijoratchilari Sharq mamlakatlari bilan Rossiya orqali aloqada bo‘lganlar.Qadimiy Movaraunnahr,Samarqand va Buxora xalqlari aloqalar markazlari edi.J.Jersiy, A.Jeniksok Buxiro va Urganchga Moskva orqali kelib savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatishga harakat qilganlar.Bunday aloqalar natijasida qator so‘zlar bir tildan ikkinchi tilga ko‘chgan.XVII asr o‘rtalarida Buyuk Britaniyaning Kembridj va Oksford universitetlarida Sharq markazlari ochilib unga arab, turk, fors tillari o‘rgatilgan.
Bu esa jahon tarixida, xususan, tarjima tarixida, tillarning rivojlanishida katta inqilobiy bir davrni o‘z ichiga oladi.
Tarjimashunoslikning tarixi bilan shug‘ullanish borasida yozilgan manbalar bilan tanishib chiqib shuni aytish mumkinki, tarjima tarixi, ayniqsa Sharq tarjima tarixi to‘la to‘kis o‘rganilgan deyish mumkin.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullangan o‘zbek olimi G‘.Salomov o‘z ilmiy asarlarida bu haqda gapirib, qator rus olimlari nomini tilga oladi, xususan M.M.Rojanskayaning ”O‘rta asr Sharqi mexanika” asarini chuqur tahlil qiladi va bu asarning ahamiyatini ko‘rsatib o‘tadi.(G‘.Salomov.Tarjima nazariyasi asoslar.Toshkent”O‘qituvchi”-1983,14-15 b.)
Mexanika fanini o‘rta asrlardagi taraqqiyotini o‘rganishda O‘rta va Yaqin Sharq olimlari mexanika fani taraqqiyotida qo‘lga kiritgan olamshumul yutuqlar qanday sodir bo‘lganini ochib bergan.
Ushbu kitobda bir tomondan mexanika fanining ibtidoiy davrdan to o‘rta asrgacha bosib o‘tgan yo‘lini tasvirlagan bo‘lsa, ikkinchi tomonda qadimgi yunon olimlari Arximed, Aristotel, Ptolomey, Geron, Eviklet, Gipparx, Geroklit, Kalipp, Meneley o‘rgangan.Asosiy e’tibor o‘z asarlarini arab tilida yozgan Abu Husan Ali ibn Said Abdurahmon ibn Bnus ,Abu Abdulla al-Xorazmiy, Ibn Abu Usaydia, Abu Ali ibn Sino,Ar Roziy,Ibn Yoqut, ar – Rumiy, Ali-qushchi, Al- Koshi,Ulig‘bek, Umar Hayyom, al- Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy ,ibn – Iroq singari juda ko‘p olimlarning matematika ,mexanika, astronomiya, meditsinaga oid ilmiy tatqiqotlari atroflicha o‘rganib chiqiladi.Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy hukmronligi shu darajaga etgan ediki, millati, dini, yashagan yurtidan qat’iy nazar, ular bir-birlarini yaxshi tushunar, bir-birlariga begona emas edilar.
Bu yerda tarjima bilan bog‘liq bir xususiyat borki, ayrim ilmiy va badiiy asarlar bir xalq ixtiyoridagina qolmasdan, balki jahondagi ko‘pgina mamlakatlarga o‘tishi ,boshqa xalqlarning tillarida tarqalishida tarjima asosiy vositachining vazifasini o‘taydi.Shu bilan birga ilmiy va badiiy g‘oyalar, obrazlar, fikrlar, yangicha qarashlarning tarqalishi, rasm bo‘lishida ham tarjima goh bevosita goho bilvosita xizmat qiladi.M.M Rojanskaya o‘z asarlarida yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, tarjima orqali xalqlar bir- birlari bilan fikrlashganlar,adiblar bir-birlari bilan muloqotda bo‘lganlar.Hamma zamonlarda hoh adabiy ,hoh ilmiy, hoh siyosiy asarlar tarjimasi bo‘lsan xalq u yaratgan madaniyat, fan, adabiyot va san’at bundan naf ko‘rgan.
”Biroq shuni qayt etmoq lozimki, mabodo tarjima faqat biron yangi kitobning boshqa tilda paydo bo‘lishi maqsadidagina xizmat qilsa va shu bilan tugasa, bu jonsiz bolaning tug‘ilishiga o‘xshash bir narsa bo‘lib qolar edi.
Aslida esa tarjima tufayli o‘zga tilda bino etilgan fan yoki adabiyot obidasi boshqa muhitga tushardi, bo‘lak tilda yashay boshlaydi, o‘zga xalq manfaatlariga xizmat qilardi” deb yozadi G‘.Salomov (G‘.Salomov, Tarjima nazariyasi asoslari.T, 1983, 18-b).
Tarjima tarixiga to‘xtalar ekan muallif jahon madaniyati tarixida ikkita buyuk tarjima maktabi bo‘lganini yozadi.Biri – qadimgi yunon olimlari yaratgan asarlarini arab tiliga tarjima qilgan Bag‘dod tarjima maktabi, ikkinchi – arab tilida yaratilgan boy ilmiy adabiyotni G‘arbiy Eyropa tillariga tarjima qilish bilan shug‘ullangan Toledo tarjima maktabi (Ispaniya).Har ikkala tarjima maktabi ham jahon fani taraqqiyotida misli ko‘rilmagan buyuk rol o‘ynagan.Ko‘p hollarda hatto olimlar yaratgan asarlarning asl nusxalari bejiz yo‘qolib ketganda ham , ular ana shu ikki tarjima markazining namoyondalari tomonidan qilingan tarjimalar saqlanib qolgan.Xususan, Yaqin va O‘rta Sharq, O‘rta Osiyo arab tilida ijod qilgan mutafakkirlarning ham allaqancha noyob ishlari Toledo maktabi tarjimonlarining xizmati tufayli lotin va yunon , keyingi paytlarda esa boshqa G‘arbiy Evropa xalqlari tillariga qilingan tarjimalarda bizgacha yetib kelgan.Tarjima Sharq bilan G‘arb madaniyatini bog‘lagan, boyitgan va mislsiz oltin ko‘prik vazifasini bajargan.
Buyuk Sharq xalqlari ilmiy adabiy merosini evropa tillariga tarjima qilish uzoq tarixga ega bo‘lib, IX asr boshlanadi.Etti asr davomida arab xalifaligi qo‘l ostida bo‘lgan Ispaniyada bunday imkoniyat katta bo‘lgan.O‘rta yer dengizi havzasidagi barcha musulmon va xristian davlatlari bu madaniy, ma’naviy va ilmiy boyliklardan bahramand bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lganlar.O‘sha davrda Evropa Sharqdan iqtisodiy va madaniy jihatdan orqada edi.Shuning uchun ko‘plab tolibi ilmlar Sharq mamlakatlarining Bog‘dod, Kufa, Kardova, Damashq, Misr shaharlari madrasalariga arab tili va boshqa ilmlarni o‘rgatish uchun borganlar.Ular arab tilidagi asarlarni lotin tiliga tarjima qila boshlaganlar.Ispaniyada arabchadan tarjima qilish XII-XIX asrlarda eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan.Baloniya, Sarbona va Tsiviliya shaharlarida o‘nlab mohir tarjimonlar doimiy ravishda matematika ,geografiya, meditsina, falsafa, badiiy asarlarni arab tilidan Evropa tillariga tarjima qilar edilar.
Arab tilida ijod qilgan buyuk allomalarimiz Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Berubiy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ma’ar Balxiy, Abu Bakr,Ar Roziy, Ulug‘beklarning kitoblari ilmiy asarlari Ispaniya, Fransiya,Italiya, Angliya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan va o‘rganilgan. Badiiy adabiyot namunalaridan ”Ming bir kecha”, ”To‘tinoma”, ”Sindbodnoma”,”Kalila va Dimna” va boshqa ko‘plab asarlar tarjima qilingan.Ularning Evropa davlatlari adabiyotining rivojlanishiga ijobiy ta‘siri juda katta bo‘lgan.(O. Mo‘minov. O.Sunnatov, T.-1999).
Tarjimashunos,adabiyotshunoslarning fikricha uyg‘onish davri namoyondalari Dante,Bakochcho, Yu.Tsezar, Petrarka, Kvalkante kabi mashhur mutafakkirlarning ijodida Sharq adabiyoti ta’siri juda kuchli bo‘lgan.
Sharqning G‘arbga ta’siri ostida yangicha falsafiy oqimlar yuzaga kelgan.Shunday qilib, uyg‘onish davri Sharqning ilmiy rivoji, madaniy boyliklari, insoniyat madaniyati tarixida G‘arbiy Evropa ta’sir davri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu davt tarjima tarixida tarjmonlikning ikki katta tamoyilligi rioya qilingan; birinchisi – so‘zma – so‘z tarjima; ikinchisi esa erkin tarjima. Buning uchun qadimgi lotin va grek tillarini yaxshi bilish lozim edi, tarjima sifatiga tanqidiy qarashlar yuzaga kela boshladi.Natijada so‘zma – so‘z va erkin tarjima nazariyasi va amaliyotini qo‘llovchilar o‘rtasida kurash borar edi.
O‘sha davrada Angliyada klassik adabiyotlarni tarjima qilish kuchaydi.Uyg‘onish davri namoyandalari, Proptestantizm va yangi aristokratiya buning uchun barcha shart sharoitlarni yaratib berdi.Markaziy Osiyo ilm – fani bilan tarjima orqali tanishish uzoq davom etdi.Ingliz olimi Sem Rasselning yozishicha Markaziy Osiyo bir necha asrlar davomida inglizlar e’tiborini tortib kelgan.Samarqand ko‘pgina ingliz yozuvchi va shoirlarining sevimli mavzusiga aylangan edi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, XII asrdan boshlab, arab tilini chuqur o‘rganish maqsadida ko‘plab inglizlar ham arab mamlakatlarining Bag‘dod, Kufa, Kardova, Damashq madraslarida o‘qiganlar va Farobiy. Ibn Sino, Ar - Roziy kabi allomalar asarlarini tarjima qilganlar.Uning zamondoshlari Daniel, Marli, Robert Chesterlar ham Buxoro, Bag‘dod Damashqda o‘qiganlaridan keyin ko‘plab asarlarni tarjima qilib o‘z mamlakatlariga olib ketganlar(yuqorda 1.1 Bu haqda batafsil berilgan).
Shunday qilib Sharq tarjima maktablari namoyondalari Evropa tillariga ko‘plab asarlarni tarjima qilib , buning natijasida fan, texnika, madaniyat, adabiyot sohasodagi yutuqlarni g‘arbga ommalashuviga, xalqlar o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatishga erishganlar hamda jahon siviliziyasida Sharqning munosib o‘rni bo‘lganligini isbotlab berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |