2.3 O‘zbekistonda tarjima nazariyasining shakllanishi
Tarjima tarixi, tarjima nazariyasi va tarjima tanqidchiligi respublikamizda ancha yillardan beri taraqqiyot etib kelmoqda.Oۥzbekistonda tarjima tarixini yoritishda M.Rasuliy, Gۥ .Salomov, N.Komilov, J.Sharipov va boshqalarning oۥrni salmoqlidir.Tarjimashunoslik qiziq fanlardan biri boۥlganligi bois juda tez rivojlanib ketdi.Tarjimashunoslik sohasida dong‘i ketgan olimlardan biri Gۥ.Salomovdir.U tarjimashunoslik jumladan, tarjima tarixi boۥyicha ham jiddiy ilmiy izlanishlar olib boradi.Yana bir shunday ijodkorlardan biri bu Anvar Xojiaxmedovdir.U ”Rus klassik adabiyotidan qilingan ilk tarjimalar va ularni oۥzbek adabiyoti taraqqiyotidagi ahamiyati” nomli kandidatlik dissertatsiyasi yoqlagan.U yarim asrdan koۥproq vaqt ichida rus tilidan oۥzbek tiliga
qilingan tarjimalarni oۥrganib ular haqida qimmatli ma’lumot beradi.
Yusuf Poۥlatov 1963 yilda ”Oۥzbekistonda chet el adabiyoti va Mapasson novellalarining tarjima” si nomli kandidatlik dissertatsiyasini yoqladi.Ushbu dissertatsiya boshqalardan farq qilib, unda nafaqat rus tili, balki ingliz , fransuz va boshqa koۥplab tillardan toۥgۥrida toۥgۥri oۥzbek tilga tarjima qilish kerakligi ham ta’kidlab oۥtiladi.
Oۥzbek adabiyoti borgan sari chet el adabiyoti namunalarining tarjimalari bilan boyib bormoqda.Erkin Vohidov tarjima qilgan Gyotening ”Faust”, Abdulla Oripov tarjima qilgan Dantening ”Ilohiy komediya”, Rauf Parpi tarjima qilgan Nozim Hikmatning ”Inson manzaralari” Epopeyasini birinchi kitobidir.
Ulardan tashqari Firdavsiyning ”Shohnoma”si, Bayronning ”Don-Juan”i tarjimalari madaniy hayotimizga yanada quvonch bagۥishladi.
Oۥzbekistonda tarjima ming yillik tarixga ega.Bunda M.Ogahiyning ham tarjimonlik faoliyati katta ahamiyatga ega.XIX asrda yashab ijod etgan Ogahiy Nizomiy, S.Sheroziy, H.Dehlaviy,A. Jomiy kabi klassik ijodkorlarning ”Haft paykari”, ”Guliston”,”Shoh va gado”, ”Yusuf va Zulayho”,”Bahoriston” singari shohona asarlarini oۥzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.N.Komilov,Ogahiyning tarjimonlik faoliyatiga bagۥishlangan kandidatlik dissertatsiyasida uning tarjimachilik faoliyati va iqtidorini tarjimaga boۥlgan qarashlari va san’atni ochib beradi.Ogahiy 20 ta yirik asarni tarjima qilgan boۥlib, ulardan 18 tasi bizgacha etib kelgan.
She’r, poeziya, poema,romanlari bilan xalqimizni mehr – muhabbatini qozongan mashhur ajoyib adibu, zabardast shoir Oybek poema va she’riy romanlarni tarjima qilgan shoir – tarjimondir.Uning tarjimonlik faoliyati 20 yillarning oۥrtalarida boshlangan, kichik – kichik she’riy asarlarni, keyinchalik tarixiy kitoblarni, Gۥarbiy Evropa madaniyatidan kitoblarni tarjima qilib , katta tajriba orttiradi.Shoirning tarjima san’atida erishgan eng yuksak yutugۥi A.S.Pushkinning ”Evgeniy Onegin” she’riy romanning tarjimasi boۥlib, u bir necha marta qayta nashr etiladi.
Hozirgacha tarjimashunoslik yoۥlida tinmay mehnat qilib kelgan marhum olimimiz, yuqorida ta’kidlanib, nomi zikr etilgan tarjimashunos Gۥaybulla Salomov- oۥzbek tarjima nazariyasi va tarjima maktabi asoschisidir.U tarjima nazariyasi va tarixi borasida ulkan ishlarni amalga oshirdi.Fan yangi asrda gullab yashnayotganini koۥrgan Gۥ.Salomov tarjimaning oۥziga xos oۥrni borligini ta’kidlaydi.
Hamma davrda tarjima oۥziga xos ravishda rivojlangan, lekin bu XX asr oxiri va XXI asrning boshidagi tarjima boۥlgan yondashuv undanda balandroq boۥlganidan dalolat beradi.Gۥ.Salomov asosan madaniy va ilmiy aloqalar va tarjima, badiiy tarjima uslubidek tarjima tarixini ham keng yoritadi va oۥzi tatqiqotlar olib boradi.Bundan tashqari u she’riy tarjimada ham mazmun, shakl va iloji boۥlsa originallikni saqlab qolish kerakligini aytib oۥtadi.U butun umrini oۥzbek tarjimachiligi va tarjima tarixiga bagۥishlaydi.
Oۥzbekistonda tarjimachilik ishlari ham amaliy, ham nazariy jihatdan beqiyos darajada oۥsib bordi. Tarjima tarixi bobida J.Sharipov ham malakali ish olib borib ” Oۥzbekistonda tarjima tarixidan”
Va ”Badiiy tarjima va mohir tarjimonlar ”nomli kitobini chop ettirgandi.
Ming yillar davomida tarjima borasida koۥplab tarjimonlar Sharq asarlari va ularning tarjimalari bilan bizni estetik ma’naviyatimizni boyitishga xizmat qilishdi.
Tarjimashunoslik borasida ancha mehnat qilgan, butun umrini tarjimashunoslikka bagۥishlagan Gۥ.Salomov tarjima tarixini ham oۥrganib chiqib, tegishli xulosalar chiqarib, oۥzi ham tatqiqotlar olib bordi.U tarjimashunoslik fanlarini tasnifini berarkan, tarjimashunoslik fanini quyidagi qismlarga boۥlgan holda taraqqiy ettirish mumkin deydi:
1.Tarjima tarixi
2.Tarjima nazariyasi
3.Tarjima tanqidi
4.Sinxron tarjima
5.Avtomatik tarjima asoslari.
Gۥ.Salomov tarjima tarixini tanqid qilishda bir necha yoۥnalishlarni koۥrsatib oۥtadi. Uning tasnifiga koۥra u quyidagicha tus oladi.
1.Sohalar va janrlar boۥyicha.Bunga aniq gumanitar fanlar tarjimasi, tarjima va lugۥatshunoslik (ikki tillik va koۥp tillik lugۥatlar tuzish) kiradi.
2.Til printsiplari boۥyicha.Bunga masalan,arabcha-oۥzbekcha, forscha-oۥzbekcha kabilar boۥlishi mumkin hamda bilingvizm tarjima kiradi.
3.Tarixiy an’analar va mahalliy sharoitga oid tipik belgilar boۥyicha.Bunga misol tariqasida tarjima maktablarini olish, Toledo tarjima maktabi, Bagۥdod tarjima maktabi h.k.
4.Davrlar boۥyicha.Bunga masalan ,antik davr, oۥrta asrlar, eramizning I asridan to X asrigacha, yangi davr va h.k.larni belgilab olib tadqiq qilish mumkin.
Tarjima tarixini oۥrganganda, tarjimonning ijodiy faoliyati, va uning bosib oۥtgan yoۥli, ijtimoiy faoliyati va eng birinchi galda usuli, tarjima prinsipi, uslubi ham oۥrganilishi kerak. Bu borada Londonda chop etilgan”Tarjima, tarix, madaniyat” nomli Andrey Lefever qalamiga mansub kitob yaxshi oۥrnak boۥla oladi.Unda qadimgi davrdan boshlab paytga qadar yashab ijod etgan tarjimonlar hayoti, printsiplari, uslublari, fikrlari, qarashlari bayon etiladi. Ushbu kitobda muallif ajoyib tarzda tarjimonlar va ularning printsiplarini yoritib beradi. Kitob ingliz tilida yozilgan. Bizning mamlakatda ham bu borada keng ish olib borilmoqda. Respublikamiz mustaqillikkka erishgandan buyon tarjimashunoslik, xususan, tarjima tarixi fani sohasida koۥpgina izlanishlar olib borilmoqda, kitoblar maqolalar chop etilmoqda.O.Moۥminov va O.Sunnatovlar qalamiga mansub ” Tarjima tarixi” (Gۥarbiy Evropa va Oۥrta Osiyo)kitobi ham tarjima tarixining antik davridan hozirgi davrigacha boۥlgan davrni oۥz ichiga oladi.Unda shuningdek, tarjimonlar hayoti va prinsiplari ham yoritilgan.
N.Komilov ham tarjima tarixi borasida katta ishlar qilgan olim.U Ogahiyning tarjimonlik faoliyatini oۥrganib chiqadi, tahlil qiladi,yoritadi.N.Komilov Ogahiy hayotini va ijodini sinchiklab oۥrganib chiqarkan, uni ham adabiyotchi ham, tarixchi ham tarjimon ekanligini va uchchala sohada ham birdek qalam tebratgan xassos shoir , teran fikrli olim, mohir tarjimon deb yozadi.Tarjimachilik borasida Ogahiy ” Ravzatus – Safo”,”Nodirnoma”,”Zafarnoma”.”Zuddat ut hikoyat”,”Nasihatnomayi Kaykovus” va boshqa asarlarni yuksak mahorat bilan oۥzbek tiliga tarjima qiladi. Bundan tashqari N. Komilov Xorazm tarjima maktabi, uning namoyondalari va ularning ishlari haqida ham ish olib boradi. Xorazm tarjima maktabi tarjimonlari hayoti , turmush tarzi, tarjima printsiplarini izohlab yoritib beradi.
Gۥofur Gۥulom tarjimon sifatida ham madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoۥshdi .U 20 – yillardayoq badiiy tarjima kitobxonini buyuk shoir V.V.Maykovskiy ijodi bilan tanishtirdi. Gۥofur Gۥulom, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontev, N. Nekrasov kabi rus shoirlarining , Shayx Sa’diy, V. Shekspir, Sh. Rustaveli. T.Shevchenko, A.Loxutiy kabi klassiklarning , K. Simov, A. Tvardovskiy, M.Tursunzoda kabi zamonamiz vakillarining asarlarini oۥzbek kitobxoniga tuhfa etdi.Ayniqsa, oۥzbek tilida buyuk Shekspirning ”Otello”si va ”Qirol Lir”i Gۥofur Gۥulom tarjimasida juda katta shuhrat topdi.Bu oۥrinda Gۥofur Gۥulomning tarjimonlik mahoratini batafsil tahlil qilish qiyin.Bu maxsus tatqiqotlarning ob’ekti boۥladigan masala men boshqa bir narsaga diqqatni jalb qilmoqchiman – badiiy tarjima Gۥofur Gۥulom uchun xalqlarimiz oۥrtasidagi doۥstlikni mustahkamlash vositalaridan biri edi.Shuning uchun ham atoqli shoir oۥzbek xalqini qardosh xalqlar madaniyatidan va jahon adabiyoti durdonalaridan bahramand qilish ishida ham katta jonbozlik koۥrsatdi.
Hozirgi kundagi oۥzbek tiliga qilingan tarjimalar nafaqat jugۥrofiyaning kengligi, balki fani, uslubi, mavzu va gۥoyalari jihatidan rang- barangligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, Kabo Abining ” Yashik odam”(S.Rahmonov tarjimasi), Gabriel Garsiya Markesning ”Yolgۥizlikning yuz yili”( N.Qobul,A.Joۥraeyev tarj),M.Bulgakovning ”Usta va Margarita”(Q.Mirmuhamedob tarjimasi),Ch.Aytmatovning ”Qiyomat”(I.Gۥofurov tarjimasi), ”Asrga tatigulik kun”(A.Rashidov tarjimasi) romanlari ,kabi asarlar shular jumlasiga kiradi.
Ushbu tarjimalar nafaqat abadiy hayotimizda, balki umuman madaniy hayotimizda yuz bergan xayrli voqealar ekanini e’tirof etishimiz lozim.Bu yirik tarjimalarning har biri jiddiy tatqiqotlarga mavzu boۥlishga arziydi.
Jumladan , taniqli usta tarjimon Qodir Mirmuhammedov tomonidan oۥzbek tiliga o‘girilgan ” Usta va Margarita”deb ataluvchi rus adibi M.Bulgakovning qalamiga mansub falsafiy fantastik asari tarjimasi aynan shunday asarlardan biridir.
Tarjimonning bu asarni oۥrganishdagi mahorati shundaki, u asliyat matndagi nafaqat ma’no noziklarini, balki oۥzbek tilini uslubiy oۥziga xosligini hisobga olgan. Jumladan romandagi eng ideal va yorqin obraz,ma’naviy go‘zallik timsoli bo‘lmish Margaritta obrazi tarjimada Sharq tasavvurlaridagi ideal qahramon, goۥzal ayol idealdan anchagina farqlanadi.
Buning isbotini Margaritaga nisbatan qoۥllangan ведьма soۥzining tarjimasida koۥrsa boۥladi.
Ведьма soۥzi rus tilida salbiy ma’noga ega boۥlib , ins – jinslar bilan aloqada boۥlgan ayol, jodugar yoki koۥchma ma’noda yovuz,shallaqi xotin ma’nosini bildiradi.Rus-oۥzbek lugۥatlarida ведьма soۥzining jodugar xotin, yalmogۥiz kampir, alvasti. Ajina kampir kabi tarjimalari berilgan.Ammo Bulgakov romanida bu soۥzni ijobiy obrazga nisbatan qoۥllaganini hisobga olib Qodir Muhammedov uni o‘girmada ilk bor alvasti deb atab keyin soۥzni ijobiyroq ma’nodagi jodugar soۥzi bilan almashtiradi.
Umuman mutarjim oldida demologik personajlarning tasvirini o‘girishdek masala turganda u, avvalo, o‘zining milliy adabiyotidan, ona tili lug‘ati xazinasidan o‘zga adabiyotdagi personajga muvofiq nomni qidiradi.Muqoyasa vositasida eng maqbulini topishga urinadi.
Qodir Muhammedovning xizmati shundaki, tarjima Nabi Alimuhammedov va Erkin Vohidovlar tomonidan boshlab berilgan.Eng yaxshi an’analarni ijobiy davom ettirib , aslida o‘zbek adabiyotiga xos bo‘lgan demologik tasvirlarga chinakam o‘zbekona ruh singdirgan va go‘zal badiiy tasvir yaratgan.U tilning milliy tabiatini, ifoda xususiyatlarini chuqur his etibgina qolmay , ayni paytda uning yangi – imkoniyatlarini tarjima asnosida kashf etgan.(75-76 ???)
Romandagi asosiy personajning haqiqiy ismi ko‘rsatilmagan.U o‘zini usta deb ataydi.Ustaning chet tillarni bilishi diniy manbalar bilan tanishligi ham muallif asosiy qahramonning ismiga ustoz degan ma’noni kiritgan , degan xulosani chiqarish imkoniyatini beradi.Demak, mutarjim obrazning tarjima madaniyati an’nalardagi ideal obraz bilan mushtarakligini anglab, undagi anashu mushtaraklik obraz mohiyatini kitobxonga etkazishda muhim ahamiyat kasb etishini tushungan va shundan kelib chiqib ish koۥrgan , ya’ni sharqona odob, shunga yarasha xulq- atvor talab qilinadigan iboralarni ishlatgan.
XVIII asrda rus adabiyotida yaratilgan tarjimalarda asarni ruslarning ta’b- didiga ” moslashtirish” mayli hukm surar edi:Kitobda uchragan nomlar va horijiy turmush tarziga doir tushunchalar ruscha nomlar va rus milliy tushunchalarni aks ettiruvchi soۥzlar bilan almashtirildi.
Bunday usul barcha Gۥarbiy Evropa dablatlari adabiyotida , xususan, fransuz adabiyotida hukmron edi.
Mashhur rus romantik shoiri V.A.Jukovskiy (1783-1852) XIX asrning yirik tarjimonshunos shoirlaridan biri edi. U lotin, ingliz, fransuz, nemis va qadimgi rus tillaridan tarjima qilgan.O‘z tarjimalari bilan Gyote, Shiller, Byurgen, Tsedlits va boshqa shoirlarning ajoyib ballada va she’rini , Mur, Bayron,V.Skotning poemalarini rus tilida qayta tiklashga hamda ularni unutilmas tarixiy yodgorlik qilib qoldirishga muyassar boۥldi.1830-1840 yillarda V.A.Jukovskiy Merimening ” Mateo Falkone”. Lamot Fukenning ” Undina” pobestlarini, Perrova va aka – uka Grimmlarning ertaklarini o‘z tarjimalarida nasriy asosdan she’riy zaminga ko‘chirdi. V.A.Jukovskiy umrining oxirgi yillarida Gomerning ”Odisseya” dostonini to‘la tarjima qilib tugatishga musharraf bo‘ldi.Xuddi ana shu davrda u ”Nol va Domayanti” nomli yirik hind dostono Ryukkert qilgan nemischa tarjimadan rus tiliga ag‘dardi.
V.A.Jukovskiy 1848 yilda P.A.Pletnivga yozgan xatida shuhrat qozonish uchun emas, balki vatanga madaniy yodgorlik qoldirish maqasadida tarjima qilishini aytadi. Xuddi shu fikrni u Gomerning ”Odisseya” dostonini tarjimasiga kirish so‘z o‘rnida yozgan maqolasida ham takrorlaydi.”Hozircha mening asosiy maqsadim amalga oshdi, - deb yozadi u – Gomerning ilhom parisi keksa umrining ko‘pgina soatlarini zar bilan bezadi.Gomerning sodiq vakili bo‘lmish.... Ammo qanday qilib , Gomer tilini bilmagan holda, uning nomidan ruscha gapirish mumkin deb soۥrarsiz...”.Shundan so‘ng tarjimon bu ajoyib dostonni, yunon tilini bilmagan holda rus tilga o‘girganini hikoya qiladi.Chunonchi, u Dyusseldorfda yashagan vaqtida Gomer asarlarini sharhlash ishi bilan shug‘ullanuvchi qadimgi yunon tili va adabiyoti mutasaddisi bolgan professor Grasgof bilan tanishadi.Graskof butun dostonni asl nusxasida qo‘lida ko‘chirib, har bir yunoncha so‘zning ostiga uning nemischa ma’nosini yozib chiqadi va o‘z navbatida, har bir nemischa so‘zning ostiga yunoncha so‘zning grammatik ma’nosini qayd etadi.Buning natijasida”Odisseya” dostonini to‘la so‘zma- so‘z ma’nosi aks ettirilgan tarjimasi yaratiladi.
N.V.Gogol bu tarjima haqida gapirar ekan.Bu shunchaki tarjima emas , balki Gomerning qayta yaratilishi, tiklanishi, tirilishidir, deb baho bergan edi.
Bir asar ayni bir davrning o‘zida ham turlicha usul bilan, hatto boshqa – boshqa badiiy janrlarda tarjima qilingan bo‘lishi mumkin.Cunonchi, A.S.Pushkinning ”Baliqchi va baliq haqida ertak ”asari 1899 yil 24 iyulda ”Turkiston viloyatining gazeti”da avval nasriy, o‘sha yili she’riy tarjimada bosilib chiqdi.(Nasriy tarjima Ali Asqar ibn Bayram Ali Kalinen tomonidan tuzilgan ” Muallim uz – soniy” xrestomatiyasida ham o‘rin olgan).Shuningdek, A.S.Pushkinning ”Bog‘chasaroy fontani” ham avval nasriy, so‘ngra she’riy tarjimalarda nashr qilindi.
Rus asarini nasriy yo‘l bilan va aksincha, nasriy yo‘lda yozilgan asarni she’riy usulda tarjima qilish tarjimasi ko‘p uchraydi.Masalan, qadimgi yunon shoiri Fenelonning ” Ulissning o‘g‘li Telemaxning boshdan kechirganlari” (1699) nomli nasriy romanini rus shoiri V.Trediakovskiy ” Telemaxida”nomi ostida she’r bilan ag‘dargan. V.Trediakovskiy Fenelonning romanini ma’lum originaldan fransuz tiliga nasriy yo‘l bilan o‘girgan.Qahramonlik poemasi deb qabul qilinadi va klassizm printsiplariga asosan, o‘z oldiga Fenelon ”tarjimasi” osha ideal ”asl nusxaga erishish” maqsadini qo‘ygan.
Fenelon- Trediakovskiy ” Telemaxida”si,Lamot – Fuke – Jukovskiyning ”Undina”,Merime – Pushkinning ”G‘arbiy slavyanlarning qo‘shiqlari nomli” asarlari nasriy tekstlarni she’r bilan tarjima qilish namunasi bo‘la oladi.
Har bir tarjima asrini o‘sha tarjima yaratilgan davr bilan bog‘liq holda tarixiylik printsipi asosida o‘rganish lozim.Bunday qoidaga amal qilmaslik tarjima asarining sifatini, tarjimonning xizmatini va har bir davr tarjimachiligining asosiy tendentsiyalarini baholashda jiddiy xatoga yoki bir yo‘qlamalikka olib kelishi turgan gap.
Albatta, bundan yigirmanchi va o‘ttizinchi yillarda yaratilgan tarjimalarni tahlil qilganda yarim asr oldingi saviya mavqeidan turib ish ko‘rish kerak , degan xulosa chiqarish yaramaydi. Bu – tarixiylikni soxta tushunish bo‘lar edi.
Tarjima tarixini chuqur o‘rganish faqat umumiy madaniy yuksalish yoki muayyan milliy adabiyot tarixini o‘rganishdagina emas, balki o‘sha adabiyotning hozirgi taraqqiyot jarayoni ,xususiyati, adabiy voqealari koۥlamini tatqiq etish, rivojlantirish istiqbolini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega.
Filologiya fanlari doktori Jumaniyoz Sharipov Oۥzbekistonda tarjima tarixini oۥrganishda qizg‘in faoliyat ko‘rsatdi va o‘zbek tarjimachiligi tarixini keng miqyosda o‘rgandi, olimning ”O‘bekistonda tarjima tarixidan” monografiyasida nomlari unutilib ketgan yuzlab tarjimonlar, juda ko‘p tarjima asarlarining nomlari keltiriladi, ularning ayrimlari qisman tahlil qilinadi.Albatta, bu hali g‘oyat boy tarjima tariximizni o‘rganishdan iborat katta, murakkab ishning boshlanishidir xolos.Lekin anashu qutlug‘ ishni Jumaniyoz Sharipov ilk daf’a boshlab berganini qayt etmoq lozim.Agar u yaratgan monografiya faqat Oۥrta Osiyodagina emas balki ”Rus yozuvchilari tarjima haqida”(Русские писатели о переводе) nomli xrestomatiya kitobini nazardan soqit qilganda.Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida ham birinchi tajriba ekani e’tiborga olinsa adib amalga oshirgan tatqiqotning ahamiyati yanada oshadi.Keyingi yillarda Najmiddin Komilov, Vahob Rahmonov, Hamid Hamidov, Minira Karimova, Shavkat Karimov, Gۥulom Xo‘jaeyev,Salom Jabborov, Nematillo Otajonovlar yoqlagan kandidatlik va doktorlik dissertatsiyalari tarjima tarixini o‘rganishga qo‘shilgan hissadir.
XULOSA
Tarjima tarixiga oid manbalardan ko‘rinib turibdiki, tarjima tarixini o‘rganish borasida tadqiqot ishlari yetarli emas. Ota- bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalar, diniy ahloqiy, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik va dehqonchilikka oid minglab asarlar dunyoning boshqa tillariga turli davlatlarda tarjima qilinib, hozirgi kungacha jahon fan va madaniyatiga hissa qo‘shib kelmoqda. Bu nodir asarlarni jiddiy o‘rganib, bugungi kitobxonlarni ulardan bahramand etish lozim.
Ma’lumki ham Sharqda, ham G’arbda, yozma manbalarning ko‘p qismi tarjima asarlari tashkil etadi. Tarjimachilik an’analari, adabiy aloqalar tarix ham uzoq asrlarga borib taqaladi.
Tarjimon zimmasida jahon xalqlari yaratgan durdona asarlarni o‘z ona tiliga o‘girib, xalqini ulardan bahramand etish vazifasi turadi.
Tarjima asarlarni o‘rganish tarjimachilik tarixini tadqiq etish uchun ham muhim hisoblanadi. Chunki ijodning o‘ziga xos sohasi bo‘lgan tarjima tamoyillari, uslub va usullari zamonlar osha takommillashib borgan, an’analar shakllanib rivojlangan , o‘zaro bahramandlik, ta’sir va adabiy-badiiy aloqalar kuchaygan. Shuning uchun tarjima tarixining har bir davri, har bir asar tarjimasini alohida olib o‘rganish muhim ahimiyatga ega.
Jahon tarjima maktablaring tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, antik davrdan boshlab sharq tarjimonlari G‘arbda chop etilgan diniy, ilmiy, texnik, adabiy-badiiy asarlar tarjimalari bilan shug‘ullanganlar va o‘z zamonasiga mos tamoyil, uslub yo‘llardan foydalanganlar. G‘arb olimlari va o‘z navbatida Sharqning buyuk mutafakkirlari yaratgan talimotlari, ilmiy ixtirolari bilan o‘z xalqlarini tanishtirganlar va bu yutuqlardan foydalanganlar.
Sharq va G‘arbning ikki buyuk maktabi bo‘lmish, Toledo va Bag‘dod tarjima maktablarining o‘zaro aloqasi, tarixi, namayondalari prinsip va uslublarini o‘rganish orqali tarjima tarixini yanada chuqur bilishga harakat qilamiz.
Ikki maktab ham jahon fanining taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan. Olimlarning asl asarlari yo‘qolib ketgan, lekin mazkur asarlarning tarjimalari ushbu tarjima maktablari vakillari tomonidan saqlab qolingan. Turli tarixiy o‘zgarishlar sababli klassik yunon olimlarining ko‘p kitoblari yo‘qolgan, lekin ularning arab tilidagi tarjimalari, sharhlari saqlanib qolgan. Arab tilida yaratilgan O’rta Sharq va O’rta Osiyo mutafakkirlarining bir qancha qimmatli asarlarining Toledo tarjima maktabi tarjimonlari tomonidan lotin, yunon va keyinchalik boshqa G‘arbiy Yevropa tillariga tarjima qilingan qismi bizgacha yetib kelgan. Tarjima G‘arb bilan Sharq o‘rtasida qiyoslab bo‘lmaydigan oltin ko‘prik rolini o‘ynagan va ularning ma’daniyatini bog‘lab, boyitib borgan. VIIIasr oxiri va IX asr boshlarida Bag‘dodda bir guruh olimlar, tarjimonlar va qayta yozuvchilar paydo bo‘lgan.
Ilmiy adabiyotlarni o‘rganib shuni aytish mumkinki, jahon tarjima tarixida sharq tarjimonlarning hissasi katta salmoqqa ega. Xususan, Bag’dod tarjima maktabining badiiy, ilmiy – texnik tarjima usullari haqidagi fikrlari IX-X asrlarda yuzaga kelgan.
O’rta Osiyoda tashkil bo‘lgan Xorazm tarjima maktabi esa (x asr boshlari ) o‘z ananalariga ega bo‘lib, ko‘plab she’riy yo‘lda yozilgan tarixiy asarlarni nasriy yo‘l bilan turkiy tillarga tarjima qilgan.
Bugungi kunda O’zbekistonda tarjima tarixini o‘rganishga qiziqish bor. Bu sohada olimlar tomonidan ancha jiddiy tadqiqotlar amalga oshirilgan, jumladan, J.Sharipovning ”O‘zbekistonda tarjima tarixidan ” nomli ilmiy ishida tarjima asarlarining manbalarini aniqlash,tarjimonlar faoliyatiga oid ma’lumotlar berilgan. N.Komilov asarlarida esa Xorazm tarjimachiligi xususiyatini o‘rganib,shu asosda tarjima tarixining nazariy masalalarini yoritgan.
X .Homidov Firdavsiy ”Shoxnoma”sining, V.Rahmonov ”Dimna ” asarining, G.Ostonova esa o‘z nomzodlik dissertatsiyasida ”Ming bir kecha ” asarining o‘zbekcha tarjimalari qiyosiy tahlilini tadqiq etganlar.
Bu ilmiy risola va tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha turli davrlarda qilingan tarjimalarda qator tafovutlar mavjud.
Masalan ”Ming bir kecha ” asarining asr boshida qilingan tarjimasi asr o‘rtasidagi tarjimani qiyoslash natijasida badiiy tarjima va davr talabi,tarjima va ko‘p tillik munosabati,tarjima va adabiy til masalalariga yangi dalillar oydinlik kiritildi.
Ushbu tatqiqotda ko‘rsatilishicha , o‘zbek adabiy tilining shakllanish jarayoni asar tarjimonlariga ta’sir etgan va tarjimonlarning til taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi katta bo‘lgan.She’riy tarjimada qo‘llangan usullar shoirlar mahorati qirralari ochilgan.
Zamonaviy o‘zbek tarjimonlari faoliyati haqida ham ishning ikkinchi bobida fikr yuritiladi.O‘tgan asrning zabardast shoir va yozuvchilari badiiy asarlar yaratish bilan bir qatorda tarjima bilan ham shug‘ullanganlar.Bulardan A.Qahhorov, Oybek, G‘.G‘ulom,E.Vohidov.A.Oripov va ko‘plab boshqa olimlar nomlari keltirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |