Bog'liq AB218 Qo\'ziboyev Shahriddin горка описание
Topshiriqn itranslyatsiya qilish. ФЗ, ФЗ1 bloklarida shakllangan marshrut topshiriqlari, topshiriq translatsiyasiyasi bloklari (I, II yoki III tiplaridagi) yordamida amalga oshiriladi.
Marshrut topshiriqlari bosh strelkadan boshlab va keyin marshrutning boshqa strelkalari bo’yicha ketma-ket translatsiyasiya qilinadi. Strelkadan strelkagacha topshiriq uzatishning ketm-ket usuli tarkiblarni tarqatishda otseplar katta bo’lmagan intervallar bilan oldinma ketin harakatlanishi bilan yo’naltiriladi. Har bir keyingi otsep uchun faqat oldindagi otsep bosib o’tgan va bo’shatgan strelkani o’tkazish mumkin. Bunday usul o’zining marshrutini otsep harakatini doimiy kuzatilgandagina va har bir otsepning marshrut topshirig’ining siljishi oldingi otsepni quvub o’tmaganda va uning orqa qismida harakatlangandagina mumkin. Uzluksiz kuzatish uchun strelkalarda va strelkalar orasida qisqa rels zanjirlari quriladi, ular yordamida ГАЦ uchun marshrut topshirig’i transliyatsiyasi tizimi amalga oshiriladi.
Transliyatsiya tizimiga TЗ topshiriq transliyatsiyasi bloklari kiradi, ular orqali marshrut topshirig’i bitta strelkadan boshqasiga bloklarning oldingi otsep topshirig’idan bo’sh bo’lganda uzatiladi. TЗ bloklari har bir strelkali va strelkasiz uchastkalarga o’rnatikadi va saralash tepaliginning tarqatish hududi rejasi bo’yicha o’zaro ulanadi. Blokning sxemasini shunday quriladiki unda faqat bitta topshiriq bo’lishi mumkin va ushbu blokka tegishli seksiyani otsep bosib o’tmaguncha blokda saqlanadi. Undan keyin blokdagi mashrut topshirig’i o’chadi va bo’sh qolgan blokka keyingi otsepning topshirig’i kelishi mumkin. Keltirilgan sxemada tarqatish hudududining bosh strelkalari uchun ТЗ bloklarini ulash ko’rsatilgan. Topshiriq ikkinchi tipdagi bloklar yordamida translyatsiya qilinadi, strelkalarning bevosita boshqaruvi esa IV tipdagi bloklar yordamida translyatsiya qilinadi.
Bloklar hajmi yetarlicha bo’lmagan hollarda mashrutning har bir seksiyasi uchun ikkinchi tipdagi blokdan ikkitasi parallel ulanadi. Bittasi yo’l topshirig’ining translyatsiyasi uchun, ikkinchisi puchok uchun.
Barcha bloklar ФЗ va ФЗ1 topshiriq shaklantirish bloklariga analog ravishda standart sxema bo’yicha terilgan. ФЗ va ФЗ1 bloklaridan mashrut topshirig’i jamlagich blok orqali РЗ va РЗ1 bloklariga kelib tushadi. Bosh strelkadan oldingi izolyatsiyalangan uchastkaga tegishli 91Б va 91Б1 topshiriq translyatsiyasi bloklariga uzatiladi.
Masalan, 14-mashrut bo’yicha harakatlanayotgan otsep uchun topshiriq translyatsiyasi tartibi quyidagicha: ФЗ, ФЗ1 bloklarida shaklangan topshiriq bilan jamlagich bloki orqali РЗ, РЗ1 bloklariga kelib tushadi va saqlanadi, bu bloklardan topshiriq bosh strelkadan oldingi 91БП izoplyatsiyalangan uchastkaga tegishli 91Б va 91Б1 bloklariga uzatiladi.
Topshiriqni uzatish uchun 91Б bloklarida yo’l nomerini qayd etgan holda, 91Б1 blokida 1П relesi puchok nomerini qayd etgan holda, 5С va 7С relelari ishga tushadi va o’zini qulflaydi.
Topshiriqni uzatish 91Б va 91Б1 bloklari bo’sh bo’lganda (З rellesi tokli holatda) va РЗ , РЗ1 bloklari band, bu bloklarning З relesi toksiz holatda bo’lganda mumkin. Translyatsiya bloklaridagi saralash relelarining o’zini qulflash zanjirida ПП relesing tutashgan orqa kontakti orqali 91БП uchastkasining bo’shligi nazorat qilinadi. Saralash relelari ishga tushishi bilan З relesini o’chiradi va blok bandligini bildiradi, orqa kontakti bilan mashrutga kiruvchi birinchi strelkaning 1(II) va 1-1(II) bloklariga topshiriqni uzatish zanjirini ulaydi. Topshiriq ushbu bloklar bo’sh bo’lganda uzatiladi (1(II) blokidagi З relesining frontal kontakti tutashgan).
1-II blokida 5С relelari 1-1(II) blokida 3С relesi ishga tushadi va o’zini-o’zi qulflaydi. Birinchi strelka bloklarida topshiriq qabul qilinganda 1-2(IV) bloki yordamida strelkani o’tkazish zanjiri shaklanadi.
1-I blokidagi 5С relesining ftrontal kontakti bilan uning takrorlagichi 1-II blokidagi П3С, П7С relesi ishga tushadi.
1-I blokidagi 3С relesining ftrontal kontakti bilan uning takrorlagichi 1-II blokidagi П2С, П6С relesi ishga tushadi.
Ushbu relening frontal kontakti bilan 61 strelkani pilus holatga o’tkazish uchun 1(СГ) blokining boshqaruv zanjiri ulanadi.
Bosh strelkaning boshqaruv zanjirlari otsep yaqinlashib kelayotgan puchok nomeri C relesi yordamida amalga oshiriladi. 1- va 2- puchoklarga otsep harakatlanish mashruti 5C , П3С, П7С relelari ishga tushganda minus holatga 5C, 7C va П4С, П8С relelari ishga tushganda plyus holatga o’tadi. Translyatsiya bloklaridagi topshiriq berilgan blokga tegishli seksiyani otsep bosib o’tgandan keyin o’chadi 91B rels zanjiriga otsep kirishi bilan 91ВП yo’l relesi ishga tushadi va uning frontal kontakti orqali 91Б(II) va 91Б1(II) bloklarida ПП relesi tokli holatga keladi. Bu relelar C relesi kontakti orqali o’zini qulflaydi. Rels zanjiri bo’shashi bilan 91Б1(II) yo’l relesi toksizlanadi va o’z yakorini tashlaydi, ПП va C relelari o’chadi. Har bir ПП tok ushlab turilishi hisobiga yakorini ushlab turadi, shuning hisobiga C relesi ta’minot manbasidan uziladi va o’zining qulflanish zanjirini uzadi. C relesining ulangan orqa kontakti orqali 91Б(II) blokidagi З relesi ishga tushadi va blokda mashrut topshirig’i yo’qligini belgilaydi va ushbu blokga keyingi otsep uchun topshiriq kiritish imkonini beradi.
Keyingi translyatsiya blokining har birida topshiriqni o’chirish tartibi otsepning mashrut bo’ylab harakati bo’yicha analogi takrorlanadi.
4CП rels zanjiriga otsep kirib kelish momentida topshiriq quyidagi umumiy zanjir bo’yicha 4МА, 4МА1 bloklariga uzatiladi:
Keyin zanjir tarmoqlanadi: biri 1-1(II) blokidagi 5C relesi frontal kontakti orqali o’tadi va 4МА1 (II) blokidagi 4C releni ishga tushiradi, boshqasi 1(II) blokidagi 5C relesi kontakti orqali 4MA(II) blokidagi 7C releni toklik qiladi. 4MA va 4MA1 bloklaridan boshlab Barcha bloklar yopiq shaklda ko’rsatilgan. 4MA va 4MA1 bloklardan topshiriq 2-strelkaning 2 va 2-1 bloklariga uzatiladi, agar bu bloklar boshligi va ularda З relesi toklik holati sharti bajarilsa. 2-1 blokining 1C puchkavoy relsining frontal kontakti bilan 2-strelkaning minus holatga o’tkazish uchun 2(СГ) strelkali blokining boshqaruv zanjiri ishga tushadi, strelka o’tkaziladi.
Topshiriqning keying siljisi 4СП rels zanjiriga otsep kirib kelguncha ushlanib turadi, otsep kшrib kelishi bilan topshiriq translyatsiya bloklari orqali keyingш strelkaga uzatiladi.
ТЗ bloklarini ishga tushirish sxemasi tarqatish hududi rejasi bo’yicha quriladi, topshiriqning harakat yo’nalishi harakatlanuvchi otsep oldidagi strelka holati bilan aniqlanadi. 1 – strelkaning minus holatida va ushbu strelkaning MK relesining tutashgan frontal kontakti bilan mashrut topshirig’i 1 – va 2 – puchoklarga, plyus holatida – 3- va 4- puchoklarga uzatiladi. Qolgan strelkalarda ham mashrut yo’nalishi shunday talanadi.
Mashrut topshirig’ini uzatish to’g’riligini ta’minlash uchun har bir keyingi strelka yaqinlashib kelyotgan otsepdan oldin to’liq o’tkazilishi kerak. Buning uchun, har bir keyingi otsepning mashrut topshirig’i oldinda ketayotgan otsepning orqa qismida harakatlanishi va uni quvib o’tmasligi kerak.
Agar orqadagi otsep bosib o’tish zonasining rels zanjirlaridan bittasida oldingisini quvib o’tsa, unda uning mashrut topshirig’i avtomatik o’chadi va u oldingi otsep mashruti bo’yicha harakatlanadi. Barcha keyingi otseplaring mashrut topshiriqlari saqlanib qoladi, translyatsiya sxemasi ishi buzilmaydi.
Bosh strelkaning topshiriq translyatsiyasi bloklari sxemasi bitta topshiriqni bekor qilish va uni harakatlanuvchi otsep strelka rels znjirini egallash vaqtigacha boshqasiga almashtirish imkonini beradi. Ikkinchi va uchinchi strelkalarni o’tkazish IV tipdagi blokni qo’llamasdan amalga oshiriladi, chunki puchoklar bitta C relesi qo’zg’alishiga shifrlangan. 61-68 strelkalaridan boshlab berilgan puchok yo’li uchun yo’l shifrlari translyatsiya qilinadi (bir ipli rejaga qarang).