Saralash tepaligining ikki ipli rejasi
Tarqatish hududi yo’llaring ikki ipli rejasi (2-rasm) saralash parkining ikkinchi puchogining 31-36 yo’llari uchun ko’rsatilgan. 1:200 masshtabda tuzilgan ushbu rejada bir ipli rejadagi elementlar ko’rsatilgan.
Qo’shimcha quyidagilar ko’rsatilgan:
Havo kollektorlari o’rnatilish joyi ko’rsatilgan vagon sekinlashtirgichlari tipi strelkali va strelkalar aro izolyatsiyalangan uchastkalarni hosil qilish uchun izolyatsiyalovchi tutashmalar joylashuvi, tarqatush hududidagi barcha strelkalarning strelkali uchastkalar nomerlanishi va magnit pedallari, rels zanjirlari ta’minot yo’l transformatorlarining yo’l qutilarining joylashuvi sekinlashtirgichlar chegaralaridagi rels zanjirlarining belgilanishi.
Vagon sekinlashtirgichlaring nomerlanishi bir ipli rejada ko’rsatilgan (1-rasmga qarang ). Birinchi tormoz pozitsiyasida vagon sekinlashtirgichlari bir qiymatli raqamlar bilan (1,2,3,4), ikkinchisida - ikki qiymatli (41, 42), uchinchisida – uch qiymatli raqamlar bilan nomerlanadi (611-621, 631-641, 651-661, 671-681)
bunda birinchi ikkita raqam yo’l nomeriga, uchichisi esa – tarqatish yo’nalishi bo’yicha sekinlashtirgich o’rnatilgan joyiga to’g’ri keladi.
3. Rels zanjiri sxemasi
Saralash parkida normal ajratilgan rels zanjirlari keng qo`llaniladi. Bu rels zanjirlari normal berk rels zanjirlaridan o`zining tezkorligi bilan farqlanadi. Himoya qurilmalari bilan to`ldirilgan rels zanjiring prinsipial sxemasi 10-rasmda keltirilgan. Rels zanjiring ishlashi quyidagicha: Rels liniyasining bo`sh holatida PT ning ikkinchi g`altagi rels liniyasining kirish qarshiligi (Zvx) bilan yuklangan bo`ladi. Ballastning normativ solishtirma qarshiligini hisobga olganda rels liniyasining kirish qarshiligi 3 Omdan kam bo`lmaydi. Shu vaqtda PT ning birinchi g`altagidan shunday tok oqib o`tadiki, bunda Rp da kuchlanish qiymati juda kichik bo`ladi. Natijada filtr (F) chiqishida – I relesining tashlab yuborish kuchlanishidan kichik kuchlanish shakllanadi. Shuning uchun I relesi qo`zg`almagan va СП relesi orqali elektr toki oqib o`tadi. Bu holat rels zanjirining bo`shligiga to`g`ri keladdi.
Rels liniyasiga g`ildirak juftligi kirib kelganda rels liniyasi kirish qarshiligi Zvx=3Om ga parallel tarzda Rshn=0.5Om ulanadi. Bundan ПT ning birinchi g`altagida tok tushuvining ortishiga olib keladi. F kirishida (Rp) kuchlanish tushuvi shu darajada ko`tariladiki, natijada И relesi qo`zg`aladi. И relesi old kontakti orqali СП relesining o`chirilishi yo`l bandligini belgilaydi. Agar rels liniyasiga g`ildirak juftligi kirib kelganda И relesi ishga tushmasa, g’ildirak juftligi pedallarni bosib o’tganganda 1ПД, 2ПД pedal relesi ishga tushadi. Bu rele o’zining takrorlagichlari (ОПСП va ПОПСП) ni ishga tushirishi natijasida СП relesini o’chiradi va rels zanjiri bandligi qayd etiladi.
Berilgan topshiriq bo’yicha keltirilgan rels zanjiri sxemasi oxirgi ikki ikkita tarqatish yo’lidagi strelkalarning rels zanjirlari uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |