Qarshi kurash choralari. Dalani o‘simlik qoldiqlaridan
tozalash, kuzda yerni chuqur (35-40 sm) haydash. Ko‘chatlarni
dalaga o‘tkazishdan oldin Bi-58 (yangi) preparatining 0,2% li
eritmasi bilan ishlov berish. Bu maqsadda talstar, karbofos, deltafos preparatlarining 0,1% li eritmasidan ham foydalanish mumkin. Ochiq dalaga ekilgan gulkaram shira bilan zararlansa fosfomid (1,5 l/ga), talstar (1 l/ga ), konfidor (0,3 l/ga), fufanon (1,5 l/ga), desis (0,5 l/ga), dalate (0,2 l/ga) kabi preparatlarni qo‘llash mumkin.
Gulkaram oq kapalagi. Kapalak qurtlarining sariq, ko‘kish chiziqlari bo‘lib, yon tomonida qora dog‘lari bo‘ladi. Qurtlari oxirgi yoshlarida 4 sm gacha yetadi. Gulkaram oq kapalagining qurtlari o‘simlik barglarini kemirib zarar keltiradi.
Kapalaklar otalanib 3-5 kun o‘tgach, o‘simlik barglarining orqa qismiga to‘p-to‘p qilib tuxum qo‘yadi. Tuxumlarining rangi och-sariq bo‘lib,
5-6 kun o‘tgach ulardan lichinkalar chiqadi. Qarshi kurash choralari. Dalani o‘simlik qoldiqlaridan tozalab chuqur haydash. O‘suv davrida buldok (0,4 l/ga), malation (0,6-1,2 l/ga) preparatlari bilan ishlov berish. Anapteles oq
kapalakni ko‘payishini oldini olib, unga qarshi kurashadigan
hasharotlardan biridir. Bitta ona anapteles hayoti davomida 2000 tagacha tuxum qo‘yib, 60-70 ta qurtni zararlashi mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki Gulkaram O‘zbekistonda aholi tomonidan keyingi 15- 20 yillarda yetishtirib iste’mol qilinayotgan yangi ekin. U barcha karam turlari ichida kishi organizmiga eng oson singadigan va g‘oyat foydali sabzavotdir. Hozirgi kunga kelib yilning hamma mavsumida xalqimizning ushbu
sabzavotga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda. Shuning uchun
gulkaram sabzavotkor xo‘jaliklar va shaxsiy tomorqalarda
ko‘plab yetishtirilmoqda. Shunga qaramasdan respublikamiz
sharoitiga mos mahalliy navlar va ularni yetishtirish
texnologiyasi bo‘yicha yetarlicha tavsiyalarning yo‘qligi uning
kam tarqalishi va hosildorligining past bo‘lishiga sabab
bo‘lmoqda. Respublikamizda Davlat reestriga 2020 yilda 21
ta nav va duragaylar kiritilgan bo‘lib, ularning hammasi
chet el seleksiyasiga mansub nav va duragaylar hisoblanadi.
Ko‘pgina rivojlangan AQSh, Fransiya, Germaniya, Italiya,
Gollandiya, Isroil, Yaponiya kabi mamlakatlarda ushbu
sabzavot ekini ko‘plab yetishtiriladi va iste’mol qilinadi.
Bunga asosiy sabab – gulkaram tarkibida inson salomatligi
va organizmining me’yorida rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
har xil vitaminlar, tez hazm bo‘luvchi uglevodlar, oqsil
moddalar, organik va mineral tuzlar, fermentlar hamda har
xil mikroelementlarning borligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |