MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………..….
I.ADABIYOTLAR TAHLILI……………………………………………..…….
I.1. Gulkaramning kelib chiqishi, tarqalishi va botanik tasnifi…………….…
I.2. Gulkaramning morfologik va biologik xususiyatlari…………………..…..…..
I.3. Gulkaram seleksiyasining yutuqlari va yo’nalishlari……………………..…...
II.Gulkaram yetishtirish texnalogiyasining o’ziga xos xususiyatlari………….
II.1. Gulkaramning ekish muddati sxemasi va urug’ olish uchun gulkaram urug’chiligini tashkil etish………………………………………………………..
II.2. Gulkaram yetishtirishga tavsiya etiladigan navlar va ularning tasnifi………..
II.3. Gulkaramning kasalliklari xamda zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari………………………………………………………………………….…
XULOSALAR……………………………………………………………………..
TAKLIFLAR………………………………………………………………………
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………
I.1. Gulkaramning kelib chiqishi, tarqalishi va botanik tasnifi
Gulkaram qimmatli va qadimdan yetishtirib kelinayotgan
sabzavot ekinlaridan biridir. Uning dastlabki shakllari Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi qator Yevropa mamlakatlarida yetishtirib kelingan. Ushbu ekin turi XVII asrga kelib madaniy ekin sifatida Germaniya, Gollandiya,
Daniyada, XVIII asrning oxirlariga kelib esa Rossiyada
yetishtirila boshlagan. Gulkaram (Brassica oleracea convar. botrytis (L.) Alef.
var. botrytis L.) O‘rtaer dengizi sharqiy hududlarida uchraydigan Brassica cretica Lam. turidan kelib chiqqanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Gulkaramning turli xil formalarining shakllanishi birlamchi markazi Italiya
hisoblanadi va u yerdan Fransiya, Angliya va Yevropaning
boshqa mamlakatlariga kirib borgan. XVII asrda qishloq
xo‘jaligi ekini sifatida Germaniya, Gollandiya, Daniyada yetishtirilgan va 18 asr oxirida Rossiyada yetishtirila boshlangan. O‘zbekistonda u keyingi 30 yilda yetishtirila boshlangan va so‘nggi 5-10 yilda uning maydoni kengayib
bormoqda.
Dunyo miqyosida 400000 ga maydonda gulkaram
yetishtirilib, uning asosiy qismi Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya va Hindiston kabi mamlakatlar zimmasiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi paytda dunyo bo‘yicha gulkaram yetishtirish 4,3-4,5 mln tonnani tashkil etmoqda.
Hozirgi sharoitda iste’molchining sabzavot mahsulotlarining sifati va tarkibining qimmatliligiga bo‘lgan talabi kundan kunga ortib bormoqda. Shuning uchun
sabzavot ekinlarining kasallik va zararkunandalarga chidamli, yuqori hosil beradigan, ayniqsa oziqaboplik va texnologik sifati yuqori bo‘lgan nav va duragaylarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish dolzarb
hisoblanadi.
Gulkaram O‘zbekistonda aholi tomonidan keyingi 15- 20 yillarda yetishtirib iste’mol qilinayotgan yangi ekin. U barcha karam turlari ichida kishi organizmiga eng oson singadigan va g‘oyat foydali sabzavotdir. Hozirgi kunga
kelib yilning hamma mavsumida xalqimizning ushbu
sabzavotga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda. Shuning uchun
gulkaram sabzavotkor xo‘jaliklar va shaxsiy tomorqalarda
ko‘plab yetishtirilmoqda. Shunga qaramasdan respublikamiz
sharoitiga mos mahalliy navlar va ularni yetishtirish
texnologiyasi bo‘yicha yetarlicha tavsiyalarning yo‘qligi uning
kam tarqalishi va hosildorligining past bo‘lishiga sabab
bo‘lmoqda. Respublikamizda Davlat reestriga 2020 yilda 21
ta nav va duragaylar kiritilgan bo‘lib, ularning hammasi
chet el seleksiyasiga mansub nav va duragaylar hisoblanadi.
Ko‘pgina rivojlangan AQSh, Fransiya, Germaniya, Italiya,
Gollandiya, Isroil, Yaponiya kabi mamlakatlarda ushbu
sabzavot ekini ko‘plab yetishtiriladi va iste’mol qilinadi.
Bunga asosiy sabab – gulkaram tarkibida inson salomatligi
va organizmining me’yorida rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
har xil vitaminlar, tez hazm bo‘luvchi uglevodlar, oqsil
moddalar, organik va mineral tuzlar, fermentlar hamda har
xil mikroelementlarning borligidir. Gulkaram tarkibida ko‘plab qimmatli moddalarni to‘plashi va oziqabopligi jihatidan oqbosh karamdan ustun
turadi. Yaqin kelajakda xalqimizning ushbu ekin mahsulotiga
Gulkaram yetishtirish bo‘lgan talabini to‘liq qondirish uchun uni 100-120 ming tonna miqdorida yetishtirish lozim bo‘ladi. Gulkaram yetishtirish agrotexnikasi va uning urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha respublikamizda ma’lum ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Shunga qaramasdan gulkaramning respublikamiz
sharoitiga mos mahalliy nav va duragaylari yo‘q va
urug‘chiligi ilmiy asosda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan.
Yetishtirilayotgan duragaylar urug‘i chet ellardan valyuta hisobiga olib kelinmoqda.
Olib borilgan tadqiqotlar va havaskor sabzavotkorlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston sharoitida ham gulkaramdan yuqori hosil olish, shu ekinning seleksiyasi va urug‘chiligi bilan shug‘ullanish uchun imkoniyatlar keng
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |