Kirish I. Adabiyotlar tahlili


I.2. Gulkaramning morfologik va biologik xususiyatlari



Download 3,52 Mb.
bet3/12
Sana01.06.2022
Hajmi3,52 Mb.
#626304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
gULKARAM

I.2. Gulkaramning morfologik va biologik xususiyatlari
Gulkaram (Brassica cauliflora Lizg.) ikkita: simpleks (subsp. simplex) va aborti va (subsp.abortiva) kenja turlariga ajratilgan.
Simpleks kenja turiga eng oddiy formalar navlar kiradi. Bularning poyasi kamroq shoxlanadi. Bu kenja tur vakillari Janubiy va G‘arbiy Yevropa, AQSh mamlakatlarida keng tarqalgan. Aborti va kenja turi vakillari ko‘proq
shoxlanadi va pastki qismi juda o‘sib ketadi. Bu kenja tur vakillari oq sarg‘ish qattiq karambosh hosil qiladi. Gulkaramning mahsuldor organi boshi (to‘pguli)
hisoblanadi va u ko‘p karra shoxlangan qisqa gulpoyalar to‘plamidan iborat. Gulkaram to‘pguli ko‘plab gulpoyalari va pishib yetilmagan gullari bilan iste’molga yaroqli hisoblanadi. Gullash oldidan boshchasi ayrim bo‘laklarga
bo‘linadi yoki yemiriladi. Juda ko‘plab gulpoyalarning ayrimlaridangina gulnovdalar chiqadi va ularda urug‘ hosil bo‘ladi. Gulkaram bir yillik o‘simlik. Poyasi yo‘g‘on, silindrsimon shaklda va sertukdir. Uning pastki
barglari bandli, ustkilari esa bandsiz. Barg miqdori nav va parvarishga qarab o‘zgaradi. Ertagi navlar kambarg, kechkilari esa serbarg bo‘ladi. Gulkaram barglari oqbosh karam bargiga o‘xshash bo‘ladi. Faqat gulkaram barglari ensizroq, uzunroq bo‘ladi va tashqariga qarab o‘sadi. Karamboshini o‘rab turuvchi barglar kichik bo‘lib ichkariga qarab o‘sadi va karamboshini quyosh nurlaridan, issiqdan
va tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Kechpishar navlarda ichki barglar karamboshini ko‘proq o‘raydi. Gulkaramning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – hosilni yig‘ish davrida boshining vazni barglar vazniga uzviy bog‘liq bo‘ladi va o‘simlik umumiy vaznining taxminan 40% ni tashkil etadi. Modomiki bosh hosil bo‘lgach barglar vazni ortmas ekan, barglarning o‘sishdan to‘xtashi bosh vaznining ham
pasayishiga olib keladi. Namlik tanqisligi va 180S dan
yuqori haroratda boshlar 10-11 ta bargdan keyin hosil
bo‘ladi va ular mayda bo‘lib shakllanadi. Harorat +8...+12 0S
oralig‘ida bo‘lganda esa ular 18-20 ta bargdan keyin hosil
bo‘ladi va yirik bo‘lib shakllanadi. Gulkaramning boshlari yassi, yumaloq, yassi-yumaloq shaklda bo‘ladi. Nav va duragaylarda boshining diametri
10,2-19,2 sm, og‘irligi esa 520-1400 g gacha bo‘ladi. Barglarining
soni 12-14 ta, ularning eni 15-30 sm gacha bo‘lib, rangi och
Gulkaram yetishtirish yashil, yashil, to‘q yashil rangda bo‘ladi. Ildiz tizimi oqbosh karamnikiga o‘xshash bo‘ladi, lekin kuchsiz rivojlangan bo‘ladi. Shu sababli ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin sekin rivojlanadi. Gulkaram boshqa barcha karam turlari ichida yetishtirish sharoitlariga juda talabchan hisoblanadi. U sovuqqa
nisbatan chidamli ekin. Sovuq eng avval uning mahsuldor organi boshiga salbiy ta’sir etadi. Gulkaramning ko‘chatlari yoppasiga unib chiqqandan
boshlab toki urug‘lari yetilgunga qadar oradan o‘tadigan vaqt ekinning navlariga qarab 200-250 kunni, ko‘chatlari o‘tqazilgandan boshlari texnik pishib yetilguncha o‘tadigan vaqt 106-134 kunni tashkil etadi. Boshida 350 tadan 2000 tagacha novda bo‘ladi, shularning faqat 20-25% qismi gulnovdalar hosil qiladi. Bir tup o‘simlikda 5000 tagacha gul bo‘ladi. O‘simlikning gullashi 30-40 kun davom etadi. Agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tqazilganda va sharoit qulay bo‘lganda bir tup o‘simlik
20-30 g urug‘ beradi. 1000 dona urug‘ining vazni 3-4 g. Ular
unuvchanligini 3-5 yil davomida saqlab turadi.


Download 3,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish