Guliston favlat universiteti sitrqi bo`lim 2-mutaxassislik 2msb1-21 guruh talabasi mamatkulova sharbonining mikrobiologiya va virusologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 1,94 Mb.
Sana18.07.2022
Hajmi1,94 Mb.
#819335
Bog'liq
Immunitet ta\'limoti to\'g\'risida

GULISTON FAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO`LIM 2-MUTAXASSISLIK 2MSB1-21 GURUH TALABASINING MIKROBIOLOGIYA VA VIRUSOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Immunitet to’g’risidagi ta’limot


Fan o`qituvchisi: Abdurasulova S
Bajardi: Botirova Nargiza
Mavzu: Immunitet to’g’risida ma’lumot
REJA:
1. Immunitet nima?;
2.Immunitet faktorlari va mexanizmlari; 4.Agglyutinatsiya reaksiyasi;
Yuqumli kasalliklarning ba’zi xili bilan kasallanib, tuzalgan odam shu kasalliklarga berilmaydigan bo’lib qolishi allaqachon ma’lum bo’lgan edi. Masalan, bir marta qizamiq bilan og’rigan bola ikkinchi marta bu kasallik bilan kasallanmaydi. Odam organizmining kasallik tug’diruvchi mikroblarga berilmasligi immunitet deyiladi. Immunitet fiziologik himoya reaktsiyalarining murakkab kompleksidan iborat. Immunologiya fannni rivojlantirishda Lui Paster,I. I. Mechnikov, Ru, Bering, L. S. Tsenkovskiy, G. N. Gabrichevskiy, Borde, Erlix va boshqalar o’z xissalarini qo’shganlar. Immunitet turlari va shakllarining turli klassifikatsiyasi ma’lum. Shulardan eng oddiy klassifikatsiyaga muvofiq: tabiiy imunitet (buning tug’ma turga alokador turi va hayot davomida orttirilgan turi ma’lum) va sun’iy immunitet (buni vaktsinatsiyadan keyin paydo bo’ladigan aktiv immunitet va organizmga shifobaxsh zardoblar yoki gamma globulinlar yuborilganidan keyin hosil bo’ladigan passiv immunitet) dir. Tabiiy immunitet. Bu immunitetnnng tug’ma turi, kasallikka berilmaslikni vujudga keltiradi. U organizmning biologik xusuyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, odamlar qoramol o’lati, tovuq vabosi va boshqa kasalliklar bilan kasallanmaydi. Tug’ma immunitetda hujayralarda ro’y beradigan bioximiyaviy jarayonlar katta ahamiyatga ega. Odam yuqumli kasallik bilan kasallanib bo’lganidan so’ng uning organizmida immunitet paydo bo’ladi, bu hayotda orttirilgan turidir. Immunitetning bu turi nasldan naslga o’tmaydi. Masalan, odam bir marta ko’k-yo’tal, qizamiq, tulyaremiya bilan kasallanganidan keyin hosil bo’lgan immunitet umr bo’yi saqlanadi. Lekin ba’zi bir kasalliklardan keyin hosil bo’lgan immunitet uzoq muddatli bo’lmaydi va organizm bir necha marta og’rishi mumkin.
Masalan, A tipdagi virusdan paydo bo’lgan grippdan so’ng immunitet 1-2 yil, V tipdagi virusdan paydo bo’lgan 218 grippdan so’ng 3-6 yil davom etadi. Gripp virusining shtammlarining ko’pligi, ularni doimo o’zgarib turishi bir shtamga xosil bo’lgan immunitet boshqa shtamdan saqlay olmaydi. Gripp virusidagi neyraminidazani va gemagglyutinini 10 dan ortiq varinatlari bo’lib, biriga H1N1 varianti H2N2 variantidan saqlay olmaydi. Chaqaloqlarning passiv immuniteti, ona organizmidagi yo’ldosh orqali qorindagi bolaga yoki ona suti orqali chaqaloqqa antitelalar o’tadi. Bunday immunitet qisqa muddatli bo’ladi, lekin uning ahamiyati nihoyatda katta, chunki, u 6 oy mobaynida organizmni mikrob yuqishidan himoya qilib turadi. Sun’iy immunitet. Yuqumli kasallik paydo bo’lmasligi uchun bu immunntet organizmda sun’iy yo’l bilan yaratiladi. Sun’iy immunitetning aktiv va passiv formalari bor. Aktiv formasi odam organizmiga nobud qilingan yoki zaiflashtirilgan vaktsina yuborish bilan hosil qilinadi. Zaiflashtirilgan tirik mikroblardan iborat vaktsinalar ishlatilganda immunitet 3-5 yil, nobud qilnngan mikroblar vaktsinasi ishlatilganda, bir yilgacha davom etadi. Sun’iy immunitetning passiv formasi odam organizmiga immunoantitelalar yuborilganda hosil bo’ladi. Antitelalar kasallangan hayvonlarning qon zardobidan olinadi. Passiv sun’iy immunitet bir oy atrofida saqlanadi, so’ngra antitelalar emiriladi va organizmdan chiqarib tashlanadi. Mahalliy immunitet ham bo’lib, uni A. M. Bezredka aniqlagan. Bu, turli organ va to’qimalarda qo’zg’atuvchiga berilmaslikning mahalliy xili. Masalan, vaktsina ichirilsa, kasallik boshlanmaydi, chunki ingichka ichakning shilliq pardasi vabo vibrioniga berilmaydigan bo’lib qoladi.
Odamni kasalliklarga berilmaydigan qilib qo’yadigan himoya faktorlari spetsifik, ya’ni ma’lum 219 bir qo’zg’atuvchiga qaratilgan va nospetsifik, ya’ni odam va ko’pgina hayvonlarga xos bo’lishi mumkin. Nospetsifik faktorlar xilma-xil mikroorganizmlarga qarshi himoyani amalga oshiradi. Odam va hayvon organizmida patogen mikroblar kirishiga to’sqinlik qiladigan yoki ularni nobud qiladigan tabiiy himoya vositalari bor. Bularga teri, shilliq pardalar, limfa, ichak va oshqozon shirasi, lizotsim fermenti, o’t, safro va boshqalar misol bo’ladi. Teri organizmga ko’pgina mikroblarning kirishiga yo’l qo’ymaydigan to’siq bo’lib xizmat qiladi. Undan ajralib turadigan ter va yog’ bezlar tarkibida bo’lgan sut va yog’ kislotalarning salbiy ta’siridir, teriga tushgan mikroblar 30 minutdan so’ng nobud bo’ladi. Agar teri iflos bo’lsa, uning bakteritsidlik xossalari susayib ketadi, shuning uchun terini doim toza holda saqlash muhim ahamiyatga ega. Burun, halqum, nafas yo’llari, ichak, siydik-tanosil yo’llari va ko’z konyunktivlarining shilliq pardasi yanada kuchli himoya xossalarnga ega. Bu shilimshiq, ko’z yoshi, so’lak, hazm bezlari ishlab chiqaradigan sekretlar tarkibida ko’pgina mikroblarga salbiy ta’sir etuvchi alohida moddalar bo’ladi. Ana shunday moddalardan biri lizotsimdir, u ko’pgina saprofit mikroblarga, patogen mikroblarga ta’sir etadi va ularni eritib yuborish xususiyatiga ega. Nafas yo’llari shilliq pardasining epiteliysi organizmga kirgan patogen bakteriyalarni ushlab qoladi va tashqariga chiqaradi. Eng mayda zarrachalar o’pka alveolalariga etib boradi va bu erda fagotsitlar tomonidan tutib qolinadi, undan limfa tugunlariga o’tkaziladi va zararsizlantiriladi.
I. I. Mechnikov fagotsitoz nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Bu nazariyaning ma’nosi, quyidagilardan iborat: organizmga tashqi muhitdan kirgan mikroorganizmlarni myozoderma hujayralari hazm kilib yuboradi. Donador leykotsitlar, limfotsitlar, monotsitlar va plazmatik hujayralar fagotsitlarga misol bo’ladi. 220 Qo’pgina yukumli kasalliklar vaqtida, bemorning qon zardobida spetsifik antitelalar hosil bo’ladi, ularni ma’lum antigen orqali bilish mumkin. Immunitet reaktsiyalari spetsifik va nihoyatda sezgir bo’lib, diagnostikada keng qo’llaniladi. Immunitet reaktsiyalari agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, komplementni bog’lash reaktsiyalaridir. Immunitet reaktsiyalari antigen bilan antitelaning spetsifik ravishda o’zaro ta’sir etishiga asoslangan. Ma’lum antigenlar yordamida bemor yoki tekshirilayotgan odamning qon zardobida antitelalar bor-yo’qligini aniqlash mumkin.
Agglyutinatsiya reaktsiyasi antitelalar (agglyutininlar)ning yaxlit mikrob hujayralari yoki boshqa hujayralar bilan spetsifik ravishda o’zaro ta’sir etishiga asoslangan. Shunday o’zaro ta’sir natijasida cho’kmaga tushadigan aglomerat zarralar hosil bo’ladi (agglyutinat). Bu reaktsiya ikki fazada o’tadi: birinchi fazasi - antigen bilan antitelaning spetsifik tarzda birikishi, ikkinchisi - nospetsifik faza, ya’ni ko’zga ko’rinadigan agglyutinat hosil bo’lishidir. Agglyutinat natriy xlorid ishtirokida cho’kmaga tushadi. Agglyutinatdagi mikroorganizmlar uzoq vaqtgacha tirik koladi, lekin harakatchanligini yo’qotadi. Agglyutinatsiya reaktsiyasi yuqumli kasalliklarning serologik diagnostikasini hamda ajratib olingan mikroblarning antigen strukturasini aniqlash uchun keng ko’llaniladi. Pretsipitatsiya reaktsiyasi. Bu reaktsiyalarda ishtirok etadigan antitelalar pretsipitatlardir. Organizmda hosil bo’ladigan mayda dispersli antigen - antitela kompleksi oddiy metodlarda qo’yilgan pretsipitatsiya reaktsiyasida ma’lum bo’ladi. Masalan, kuydirgi, toun, tulyaremiya, meningit kasalliklarni diagnostikasida halqasimon pretsipitatsiya reaktsiyasidan foydalaniladi. Buning uchun ingichka probirkalarga maxsus immun zardob quyiladi va unga juda ehtiyotlik bilan qoplam qilib antigen tushiriladi. Ikki suyuqlik chegarasida xalqa, ya’ni pretsipitat paydo bo’lishi tegishli antigen borligini ko’rsatadi. 221 Komplementni biriktirish reaktsiyasi. Bakteril, virus, protozoy infektsiyalarida, bemorlar qon zardobidagi antigenni topish uchun, shuningdek, kasal kishilardan ajratib olingan viruslarni aniqlash va tipini belgilash uchun shu reaktsiyadan foydalaniladi. Bu reaktsiyada antigen, antitela va komplementdan tashqari, reaktsiya natijasini ifodalaydigan gemolitik sistema ham ishtirok etadi. Komplementni biriktirish reaktsiyasi ikki fazada o’tadi. Birinchi fazada - komplement ishtirokida antigen bilan antitelaning o’zaro ta’sirini, ikkinchisida komplementning birikish darajasini gemolitik sistema yordamida bilib olish mumkin.
E’tiboringiz uchun rahmat__
Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish