Qarshi kurash choralari. Dalani o‘simlik qoldiqlaridan
tozalash, urug‘larni kimyoviy ishlov berish ekishdan oldin qizdirish orqali ishlov berish, almashlab ekishga rioya qilish. O‘simliklarni amal davrida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, ko‘chatxona tuprog‘ini dezinfeksiya qilish, tuproqqa 5sm chuqurlikda kolloid oltingugurt solish (30-40 kg/ga)
va uning 0,40-0,45% suspenziyasi bilan ko‘chat ekish paytida sug‘orish.
Qora son kasalligi. Ushbu kasallikning kelib chiqishiga asosiy sabab namlikning oshib ketishi va ekinning qalinligidir. Dastavval o‘simlikning pastki qismi qorayadi, so‘ngra o‘simlik ingichkalashib quriy boshlaydi. Shuning uchun gulkaram ko‘chatlarini tayyorlashda ekish me’yoriga e’tibor qaratish lozim.
Qarshi kurash choralari; 1. Tuproqni urug‘ ekishdan 3 kun oldin 1% li kaliy permanganat eritmasi bilan dezinfeksiyalash. 2. Urug‘larni ekishdan oldin 48-50 °S da 20 daqiqa qizdirib termik ishlov berish va keyin 2-3 minut sovuq
suvga solish. 3. Nihollar yoppasiga unib chiqqandan so‘ng ko‘chatxonani
shamollatish va namni ketkazish. 4. 10 l suvga 0,5-1,0 g ivin preparati solinib, yaxshilab aralashtirilib ko‘chatlarga sepish.
T omir bakteriozi kasalligi. Bu kasallik bilan oqbosh karam va gulkaram kasallanadi. Bunda barglar sarg‘ayib, o‘simlik tomirlari qorayib qoladi. Kasallik asosan namlik ko‘p bo‘lganda rivojlanadi. Ko‘chatlarni dalaga ko‘chirib o‘tkazilgandan so‘ng 2-3 hafta o‘tgach zararlangan ko‘chatlar barglarining chetlarida sarg‘ish dog‘lar paydo bo‘ladi va ular barglar o‘rtasiga tarqaladi, tomirlari qorayadi, barg to‘rsimon ko‘rinish oladi. Poya va qo‘zoqlarda qoramtir dog‘lar rivojlanadi.
Qarshi kurash choralari. Urug‘ga termik ishlov berish,
almashlab ekish, gulkaram ekilgan joyga 4 yil davomida shu ekinni ekmaslik, kaliyli o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha oziqlantirish, o‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish, tuproqni
kuzda chuqur qilib haydash.
Gulkaram shirasi; Gulkaram shirasi o‘simlik barglarining ostki qismlariga,
o‘sish nuqtasiga joylashib olib tayyor oziqa moddalarni so‘rib oziqlanadi. Ular boshqa kasalliklarni tashuvchi hisoblanadi va bu bilan o‘simlikka ikkilamchi kata zarar keltiradi. Karam shirasi erta bahordan kech kuzgacha 20-22 marta avlod beradi. Zararlangan o‘simliklar bargi bujmayadi, sarg‘ayadi. Shiralar hosil bo‘lgan boshlarning tovarbopligini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |