Birlashtiruvchi belgisini toping:
1)kitob, ma’rifat, vatan... 2)suv, tog‘, ish, qara...
Qatorni davom ettiring va tushuntiring.
Aytilganlar asosida leksema va so‘zga shunday ta’rif berish mumkin. Leksema – ma’lum bir til jamiyati a’zolari ongida tayyor, umumiy va majburiy, shakl va ma’no birligidan iborat, yaxlitlangan, borliqdagi harakat, narsa-predmet, belgi, miqdor kabilarni bildiruvchi tushunchalar va munosabatlarni ifodalaydigan, nutqda so‘zlarni va grammatik qo‘shimchalarni biriktiradigan lisoniy birlik. Leksema va so‘z yasash qoliplarining nutqda reallashgan aniq shakl va ma’noga ega bo‘lgan muayyan ko‘rinishi – so‘z.
Do'stlaringiz bilan baham: |