Shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati- Hokimning iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri bevosita shahar hokimining o‘rinbosariga bo‘ysinadi.
Kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi va kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish uchun shaxsan javob beradi;
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining o‘rinbosari shaxsiy qabulini tashkil etadi.
Majmua faoliyatini tashkiliy, axborot, ma’muriy xo‘jalik jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi, shuningdek tegishli xizmat intizomining takomillashuvini ta’minlaydi;
Ish yuritishni davlat tilida olib borilishini ta’minlaydi.
Majmuaga taaluqli doimiy komissiyalarining, hokim o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarni tashkil qiladi, hokim o‘rinbosari uchun va uning topshirig‘iga binoan axborot hujjatlari va ma’lumotlarni tayyorlashni ta’minlaydi.
Majmua faoliyatiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Vazirlar Mahkamasi, Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimi qaror va farmoyishlarining bajarilishini tashkil qiladi va nazorat qiladi.
Umumiy bo‘limdan majmuaga kelib tushgan barcha korrespodensiyalar (shu jumladan, elektron shakldagi), xatlar va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi va majmua rahbariga kiritadi. Majmua rahbarining topshiriqlarini, xat va boshqa hujjatlarni tegishli ijrochilarga yetkazilishini ta’minlaydi va ularning bajarilishi bo‘yicha monitoring olib boradi.
Umumiy bo‘lim talabiga binoan majmuaga kelib tushgan barcha korrespondensiyalar (shu jumladan, elektron shakldagi), xatlar va boshqa hujjatlar ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etadi.
Kotibiyatda ish hujjatlarining yig‘ma jild nomenklaturalarini yaratadi va belgilangan tartibda yuritilishini nazorat qiladi.
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimi o‘rinbosari majmuasi faoliyatining ichki tartibi masalalarini muvofiqlashtiradi.
Xatirchi tumanida o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi bayram, sport va boshqa turdagi tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etadi.
Majmuaga taalluqli qaror, farmoyish loyihalarini va ko‘rsatmalarini tayyorlanishini ta’minlaydi;
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimi o‘rinbosarining turli xil tadbirlardagi vakillik manfaatlarini amalga oshiradi.
Qabulxona ishini muvofiqlashtiradi hamda murojaat qilgan fuqarolarning shaxsiy masalalar bo‘yicha qabulini amalga oshiradi va yozma murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati- Ushbu Nizom "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 apreldagi "Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida"gi 123-sonli qaroriga muvofiq Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyatning (bundan keyin "kotibiyat" deb yuritiladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyati hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Kotibiyat o‘z faoliyatini "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Fargona viloyati Oltiariq tumani Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Kotibiyat o‘z faoliyatini Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vazirlik va idoralar, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek shahar hokimining tegipshi tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari:
Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bo‘yicha Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishlarini tashkil qiladi;
hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha halq deputatlari Fargona viloyati Oltiariq tumani Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularni ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning tegishliligini bajarilishini nazorat qiladi;
tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimi va Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik mahkama yig‘ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;
Kotibiyat tizimidagi bosh boshqarma, boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi;
shahar hududining sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;
sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;
Xatirchi tumanida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo‘llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;
pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivjlantirish;
muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;
aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo‘jalikni rivojlantirish.
Kotibiyat tizimidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi;
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimi va Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosariining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Fargona viloyati Oltiariq tumani kengashi qarorlari, Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining qaror va farmoyishlari bilan yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ipshab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli hizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan tegishincha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyipshari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishincha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda Xatirchi tumani shahrini, shuningdek kotibiyatga tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va bevosita Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga takdim etadi;
davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyinshari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari Fargona viloyati Oltiariq tumani Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida o‘tkaziladigan tegishincha yig‘ilishlar o‘tkazilishini ta’minlaydi;
xalq deputatlari Fargona viloyati Oltiariq tumani Kengashi, uning doimiy va muvvaqat komissiyalari va hokimlikning tegishincha komissiyalari va boshqa tegishincha ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
davlat sirlari bo‘lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;
ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Kotibiyatga tegishli hokimlik tomonidan qabul qiladigan qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni Xududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi va Axborot-tahlil xizmati bilan hamkorlikda tayyorlaydi;
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimi qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi.
Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |