Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha guruh rahbari- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi xujjatlarining, xalq deputatlari Fargona viloyati Oltiariq tumani Kengashi qarorlarining, Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining mazkur guruh faoliyatiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosini tashkil etishga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi.
Guruh faoliyatiga rahbarlik qiladi va guruhga yuklangan vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi.
Guruh xodimlari malakasini oshirishni tashkil qiladi.
O‘ziga tegishli masalalar yuzasidan shahar hokimligi boshqaruv apparati tuzilmalari, boshqarmalari va tuman hokimliklari bilan ishlarni muvofiqlashtiradi.
Xalq deputatlari Fargona viloyati Oltiariq tumani Kengashi va shahar hokimi qarori va farmoyishlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va imzolaydi, zaruriyat bo‘lganda Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining qarori va farmoyishi loyihalari yuzasidan qo‘shimcha ravishda takliflar kiritadi.
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining ko‘rsatmasiga muvofiq tuman hokimlarining qarori va farmoyishlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, xalq deputatlari Fargona viloyati Oltiariq tumani Kengashi va shahar hokimi qarorlariga qonunan mos kelishini o‘rganib chiqadi. Aniqlangan qonunga zid holatlar bo‘yicha, bartaraf yoki bekor qilish yuzasidan tegishli taklif va xulosalar kiritadi.
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi.
Xalq deputatlari Fargona viloyati Oltiariq tumani Kengashi sessiyasi va shahar hokimiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mudofaa ishlari va Favqulodda vaziyatlar hamda Qutqaruv xizmati boshqarmalarining faoliyatlari bilan bog‘liq hujjatlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi, shuningdek qayd etilgan organlarning Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimligi o‘rtasidagi munosabati va faoliyatini muvofiqlashtiradi.
O‘ta muhim va toifalangan ob’yektlarni xavfsizligini tashkil etilishini nazorat qilish idoralararo komissiyasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi, Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash komissiyasi, Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi komissiyasi, Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha komissiyasi, Xatirchi tumani shahriga doimiy ro‘yxatga o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiyalari hamda ularning ishchi guruhlari faoliyatini tashkil etadi va yo‘naltiradi.
Guruhga kelib tushgan barcha korrespodensiyalar, xatlar va har kungi elektron pochta orqali keluvchi hujjatlarni ko‘rib chiqib, tegishli ijrochilarga yetkazilishini ta’minlaydi va ularning ijrosi bo‘yicha monitoring olib boradi.
Guruhda ish hujjatlarining yig‘ma jild nomenklaturalarini yaratadi va belgilangan tartibda yuritilishini nazorat qiladi.
Fargona viloyati Oltiariq tumani ijtimoiy moslashish markazi rahbari bilan kelishilgan holda tuman ijtimoiy moslashish markazlari faoliyatini nazorat qiladi va yo‘naltiradi.
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimligi tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan huquq-targ‘ibot va tashviqot hamda qonuniylik, jamoat tartibini saqlash masalalariga doir ishlarda ishtirok etadi va o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkillashtiradi.
Vakolati doirasida huquqni muhofaza qiluvchi hamda sud organlarida Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimligining huquq va manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlaydi. Shuningdek, Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimligi tizimiga kiruvchi tegishli idora va tashkilotlar hamda tuman hokimlari tomonidan ushbu faoliyatga oid ishlarni olib borilishini yo‘naltiradi.
Shahar hokimning o‘rinbosari –xotin-qizlar qo‘mitasi raisi kotibiyati- Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimining o‘rinbosari - xotin-qizlar qo‘mitasi kotibiyatining mudiri bevosita shahar hokimining o‘rinbosariga bo‘ysinadi.
Majmua faoliyatiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Vazirlar Mahkamasi, Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimi qaror va farmoyishlarining bajarilishini tashkil qiladi va nazorat qiladi.
Umumiy bo‘limdan majmuaga kelib tushgan barcha korrespodensiyalar (shu jumladan, elektron shakldagi), xatlar va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi va majmua rahbariga kiritadi. Majmua rahbarining topshiriqlarini, xat va boshqa hujjatlarni tegishli ijrochilarga yetkazilishini ta’minlaydi va ularning bajarilishi bo‘yicha monitoring olib boradi.
Umumiy bo‘lim talabiga binoan majmuaga kelib tushgan barcha korrespondensiyalar (shu jumladan, elektron shakldagi), xatlar va boshqa hujjatlar ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etadi.
Kotibiyatda ish hujjatlarining yig‘ma jild nomenklaturalarini yaratadi va belgilangan tartibda yuritilishini nazorat qiladi.
Boshqarmalar, tuman hokimliklari va jamoat tashkilotlari, turli jamg‘armalarning xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar va bolalar masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Shahar xotin-qizlar qo‘mitasining Plenumlari va Rayosat yig‘ilishi hujjatlarini o‘z vaqtida, mukammal tayyorlash va rasmiylashtirish hamda ijrosini ta’minlashga mas’uldir.
Xatirchi tumani shahridagi xotin-qizlarining chet el xotin-qizlar tashkilotlari bilan turli yo‘nalishlardagi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va ular imkoniyatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishda ishtirok etadi.
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimi va yuqori tashkilotlarga yuboriladigan hujjatlar va ma’lumotnomalarni tayyorlaydi.
Kam ta’minlangan, nochor, ko‘p bolalik oilalar va keksa, nogiron, mehnatga qobiliyatsiz fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimining muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlashda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish xizmati ishining mexanizmini ishlab chiqadi va uni amaliyotga tatbiq etadi. Shahar hokimligining boshqa majmualari, bosh boshqarmalari, boshqarmalari, Respublika "Mahalla" xayriya jamg‘armasining Fargona viloyati Oltiariq tumani bo‘limi va joylardagi fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda mazkur toifadagi oila va fuqarolarni aniqlab, turmush sharoitini tahlil etadi. Shu asosda mazkur masala yuzasidan rahbariyatga taklif kiritadi, qaror va farmoyish loyihalarini tayyorlaydi, dasturlar ishlab chiqadi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda, xotin-qizlar manfaatlarini muhofaza etishni amalga oshirishda tuman hokimliklari va tegishli tashkilotlar ishini muvofiqlashtiradi.
Shaharda tibbiy-ijtimoiy mehr-shafqat tizimini, joylarda nogiron ayollar va bolalar salomatligini tiklash markazlari tashkil qilishda, oromgoh, pansionatlarda salomatlik markazlarida xotin-qizlar va bolalarning dam olishini uyushtirish tizimini ishlab chiqadi, uni amalga oshirish jarayonida ishtirok etadi.
Yetim bolalar, qarovchisini yo‘qotgan, yolg‘iz keksalar, keksa surunkali bemorlar, urush va mehnat faxriylarining sanatoriy va pansionatlarda faol dam olishlarini va sog‘lomlashtirishni tashkil etishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Shaharda nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun bolalardagi tug‘ma va boshqa patalogiyalarni oldindan aniqlash tizimini tashkillashtirishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |