Hurmatli maktabimizning o‘quvchi yoshlari !!!



Download 17,54 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,54 Kb.
#201565
Bog'liq
E'lon


HURMATLI MAKTABIMIZNING O‘QUVCHI YOSHLARI !!!

Yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi – 21-mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 20-mart kuni tashkil etililishi rejalashtirilgan “Navro‘z – qadriyatlar va an’analar timsoli” nomli maktab miqyosidagi bayram tadbiriga barchangizning faol ishtirok etishingizni kutib qolamiz. Ushbu bayramda:



  1. Maktabimizdagi har bir sinf maktab hovlisida “bayram dasturxoni” tashkil etadi. Bunda dasturxonda bayramona va bahoriy taomlarning soni, sifati va dasturxonning o‘ziga xos ko‘rkiga alohida e’tibor beriladi. “Eng ajoyib bayram dasturxoni” deb baholangan sinflar taqdirlanadi.



  1. 8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Balli, yigitlar va qizlar” nomli bellashuv tashkil etiladi. Ushbu bellashuv 4 ta shartdan iborat bo‘lib, 2 ta shart qizlar tomonidan, qolgan 2 tasi yigitlar tomonidan bajariladi va sinf jamoasiga umumiy ball beriladi.Shartlar quyidagicha:

1-shart: Qizlarning pazandalik mahorati sinovdan o‘tadi. 2 ta ishtirokchi qiz tomonidan 10 daqiqada tez va oson tayyorlanadigan salat taqdim etiladi. Salatlar vaqt reglamenti, tayyorlash sifati va ta’m bo‘yicha baholanadi.

2-shart. Yigitlar tomonidan tayyorlangan maxsus sahna ko‘rinishi. Bunda yigitlardan 10 daqiqalik raqs, qo‘shiq, she’r, spektakl, yumoristik va har qanday sahna asari tanlanishi mumkin.

3-shart. Ushbu shart “Milliylik - o‘quvchilar nigohida” deb nomlanadi. Bunda milliyligimizning bir timsoli bo‘lgan liboslar namoyishi o‘quvchilar tomonidan istalgan shakl va mazmunda namoyish etiladi. Liboslar va namoyishning o‘ziga xosligi hakamlar tomonidan baholanadi.

4-shart. Yigitlar uchun maxsus sirli shart. Bu faqat bayram kuni e’lon qilinadi.

Ushbu shartlar asosida eng ko‘p ball yig’gan sinfga esdalik sovg‘alari beriladi.



  1. Bayramda 1-7-sinf o‘quvchilari tomonidan “bayram tuhfalari”, ya’ni bayramona nomerlar tayyorlanadi.

Mazkur bayram tadbiri maktabimiz tarixida ham, sizning shu davrdagi esda qolarli kunlaringiz qatorida ham, sinfdoshlar o‘rtasida keyinchalik maroq bilan eslanadigan xotiralaringizda ham muqim o‘rnashishi, eng birinchi navbatda – sizning faol ishtirokingiz va mehnatingizga bog‘liq.

Keling, birgalikda ushbu bayramni

ajoyib tarzda tashkil etamiz !!!
Download 17,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish