Nanotexnologiya yutuqlari:
Kontakt linzalari, nanoelektron asboblar kabi buyumlar ishlab chiqarishda yuzani nanometrli nazorat qilishga talab yuqori;
Ayni paytda zondli mikroskopiya aniqligi bo‘yicha tengi yo‘q xisoblanadi. Uning yordamida aloxida atomlarni topa olish, ularni joydan-joyga ko‘chirish va yangi gurux atomlari yaratish mumkin. Biroq, bunday konstruksiyalar ommaviy foydalanish uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Nanotexnologiya nuqtai nazaridan qaraganda eng istiqbolli material bu S ugleroddir. U ajoyib kimyoviy xossalarga ega:
Atomlarning soni cheksiz bo‘lgan malekulalar yaratish imkoniyatini beradi;
Kristall panjarasi izomorfligi bilan ajralib turadi, yani kristall panjaralari turlicha bo‘lishi mumkin.
Xozirda nanotexnologiya soxasiga juda katta miqdorda mablag‘ ajratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |