"Tiristor o‘zgartgich - dvigatel" tizimi. Hozirgi paytda rostlanadigan o‘zgarmas tok EYU larida ishlatiladigan o‘zgartgichlarning asosiy turi yarim o‘tkazgichli statik o‘zgartgichlar, bulardan esa birinchi navbatda tiristorli o‘zgartgichlardir. Ular nol va ko‘prikli bir yoki uch fazali sxemalar bo‘yicha yig‘ilgan boshqariladigan reversiv yoki noreversiv to‘g‘rilagichlar ko‘rinishida bo‘ladi.
"TU-D" tizimining ishlash prinsipi, xossalari va xarakteristikalarini 4.13, a-rasmdagi sxema misolida ko‘rib chiqamiz, bunda nol sxema bo‘yicha yig‘ilgan bir fazali ikki yarim davrli noreversiv tiristorli to‘g‘rilagich ishlatilgan.
O‘zgartgich ikkita ikkilamchi cho‘lg‘amli muvofiqlashtiruvchi transformator T ni, ikki tiristor V1 va V2 larni, silliqlovchi reaktor L ni va tiristorlarni impulps - fazali boshqarish tizimini (IFBT) o‘z ichiga oladi. To‘g‘rilagich dvigateldagi kuchlanishni rostlash uchun e.yu.k.ning o‘rtacha qiymatini Eo‘r o‘zgartirish orqali taominlaydi. Bu, o‘z navbatida, tiristorni boshqarish burchagi ni rostlash orqali amalga oshiriladi; boshqarish burchagi, V1 va V2 tiristorlarini, ularning tabiiy ochilish paytiga nisbatan ochilishini kechiktirish burchagidir (eslatamiz, tiristorning tabiiy ochilish payti -bu anod potensialining katod potensialidan yuqori bo‘lishidagi paytidir).
=0, bo‘lganda yaHni VS1 va VS2 tiristorlar IFBT dan boshqarish impulpslarini, ularning tabiiy ochilish paytlarida olganda, o‘zgartgich ikki yarim davriy to‘g‘rilashni amalga oshiradi va O‘TD ga to‘la ravishda bor kuchlanish beriladi. Endi, agar IFBT orqali boshqarish impulpslari VS1 va VS2 tiristorlarni tabiiy ochilish paytlarida berilmagan bo‘lib, biron-bir burchak bilan siljitib berilgan bo‘lsa, unda o‘zgartgich e.yu.k.kamayadi va bunga mos ravishda O‘TD ga berilayotgan o‘rtacha kuchlanishi xam kamayadi.
4.13-rasm. "Tiristorli o‘zgartgich-dvigatel" tizimining sxemasi (a) va dvigatel xarakteristikalari.
O‘zgartgich e.yu.k.ning o‘rtacha qiymatini tiristorning boshqarish burchagi bilan bog‘likligi ( o‘zgartgichni rostlash xarakteristikasi) quyidagi ko‘rinishga ega
Eo‘r = Emax (m/) (sin /m) cos = Eo‘ro cos
bunda m - fazalar soni; Emax - o‘zgartgich e.yu.k.ning maksimal qiymati;
Eo‘ro - =0 bo‘lgandagi o‘zgartgich e.yu.k.
O‘zgartgich e.yu.k. pulps xarakteriga ega bo‘lganligi uchun, O‘TD ning yakor zanjiridagi toki ham pulsatsiyalangan bo‘ladi. Tokning bunday xarakteri O‘TD ni ishiga yomon taHsir ko‘rsatadi: uning kollektori ish sharoitlarini yomonlashishiga, qo‘shimcha energiya yo‘qotishiga va qizishiga olib keladi.Tok pulpsatsiyasini kamaytirish uchun, yakor zanjiriga odatda silliqlovchi reaktor L ulanadi. Pulsatsiyani kamaytirishning boshqa vositasi sifatida ko‘p fazali to‘g‘rilash sxemalaridan foydalaniladi.
Tiristor o‘zgartgichdan quvvat olayotgan O‘TD ni elektromexanik va mexanik xarakteristikalari quyidagi ko‘rinishga ega
=[Eo‘ro cos /(kF)] -I(Rya+Ro‘)/(kF) (4.32)
=[Eo‘ro cos /(kF)]-M(Rya +Ro‘)/(kF)2 (4.33)
bu erda Ro‘=xt m/(2)+Rt+Rsl- - o‘zgartgichning ekvivalent qarshiligi; xt, Rt -ikkilamchi cho‘lg‘amga keltirilgan transformator cho‘lg‘amlarining mos ravishda induktiv va aktiv qarshiliklari; Rsl-cilliqlovchi reaktor L ning aktiv qarshiligi.
(4.32) va (4.33) larga mos keladigan dvigatel xarakteristikalari (4.13, b-rasmda) ko‘rsatilgan. Ularning o‘ziga xos xussiyati shundaki, bu xarakteristikalarning nochiziqli qismi mavjuddir (rasmda bu qism punktir chiziq bilan ajratib, ko‘rsatilgan).Bu qism uzilishli tok rejimiga taoluqli bo‘lib, bunda xarakteristikalarning bikrligi sezilarli darajada kamayadi. To‘g‘rilagichning bir tomonlama o‘tkazuvchanligi sababli, xarakteristikalar faqat birinchi I( =0 ; 30 va 60 dagi 1-3 xarakteristikalar) va to‘rtinchi IV( =90, 120, 150 va 180 dagi 4-7 xarakteristikalar) kvadrantlarda joylashadi. Bunda, boshqarish burchagini kichik qiymatlariga e.yu.k.ning Eu kattaroq va dvigatel tezligining yuqoriroq qiymatlari mos tushadi; =/2, Eu=0 da esa dvigatel dinamik to‘xtatilish rejimida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |