Masalan. Tashkilotning xodimlar bo’limi tomonidan buxgalteriya bo’limiga taqdim etilgan tabelga ko’ra xodim aprel oyi davomida 25 ish kunidan 20 kun ishga chiqqan, xodimning shtatlar jadvali bo’yicha bir oylik maoshi 680000 so’m. Ushbu xodimga joriy oy uchun mexnat haqi hisoblaymiz:
680000/25*20=544000 so’m mexnat haqi
Ushbu mexnat haqidan daromad solig’i va majburiy ushlanmalarni ushlab qolish bo’yicha hisob-kitoblar
Daromad solig’i:
Mexnat haqining eng kam mexnat haqi*1 qismidan 0 foiz 1*149775*0%=0 Mexnat haqining eng kam mexnat haqi*(5-1) qismidan 7,5 foiz (544000-1*149775)*7,5%=29567
Mexnat haqidan jami daromad solig’i 29567 so’m.
Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamiga 1 foiz (544000-149775)*1%=3942 so’m, Pensiya jamg’armasiga 8 foiz majburiy ijtimoiy sug’urta 544000*8%=43520 so’m,
Kasaba uyushmasiga 1 foiz a’zolik badali 544000*1%=5440 so’m.
Demak, mexnat haqidan daormad solig’i va majburiy ushlanmalarni chegirib qolsak 544000-29567-43520-5440=495040 so’m. Xodimning qo’lga oladigan mexnat haqisi 456156 so’m.
Ushbu muomalalarni buxgalteriyada quyidagicha aks ettirish mumkin6.
№
|
Muomala mazmuni
|
Summa
|
Dt
|
Kt
|
1
|
Mexnat haqi hisoblandi
|
544000
|
231
|
173
|
2
|
Mexnat haqidan daromad solig’i ushlab
qolindi
|
29567
|
173
|
160
|
3
|
Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya
hisob raqamiga 1 foiz
|
3942
|
160
|
162
|
4
|
Pensiya jamg’armasiga 6 foiz majburiy
ijtimoiy sug’urta
|
43520
|
173
|
163
|
5
|
Kasaba uyushmasiga 1 foiz a’zolik
badali
|
5440
|
173
|
176
|
Mexnat haqini hisoblash 5-son memorial orderda aks ettiriladi.
25 foiz yagona ijtimoiy to’lov mexnat haqiga nisbatan hisoblanadi va smeta bo’yicha tashkilot to’lovni amalga oshiradi. 544000*25%=136000 so’m.Yagona ijtimoiy to’lovni hisobda aks ettirish quyidagicha (mablag’lar manbalari bo’yicha xaqiqiy xarajatlarda aks ettriladi.)
Dt 231 “Byudjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar” 136000 so’m Kt 161 “Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblar” 136000 so’m
Tashkilotda ishlovi xodimga vaqtinchalik kasalligi uchun ijtimoiy to’lov hisoblanishi (mablag’lar manbalri bo’yicha) buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi.
Dt 231 “Byudjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar”
Kt 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob- kitoblar”
Xulosa
Keyingi yillarda budjet qonunchiligida va budjet faoliyati amaliyotida qator o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu o‘zgarishlar birinchi navbatda budjet tizimidagi islohotlar doirasida budjet qonunchiligini takomillashtirish borasida yangi Budjet Kodeksining qabul qilinishi, budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartiblarini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etilishi, davlat budjeti g‘azna ijrosiga o‘tilishi munosabati bilan budjet tashkilotlari xarajatlari to‘lovini amalga oshirish mexanizmlarining o‘zgarishi va shu kabi omillar bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, budjet tashkilotlari, budjet mablag’larining ma’lum darajada chegaralanganligi natijasida o’zlarining xizmatlar sifatini oshirish va tobora ko’proq iste’molchilarni jalb qilish bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarini faqatgina budjet mablag’lari orqali qoplay olmay qoldilar. Natijada ularga budjetdan tashqari mablag’larni tobora ko’proq jalb qilish yuzasidan katta erkinliklar berildi. Bu jarayonlar budjet amaliyotidagi ko‘p ishlarga boshqacha yondoshuvlarni talab qilmoqda. Budjet xarajatlarini belgilashda ularni aniq natijaga, inson omiliga qaratish, budjet mablag‘larini har bir birlik iste’molchiga nisbatan me’yorlashtirish va shu asosda budjetni rejalashtirish jarayonining shaffofligiga erishish, budjetdan qilinayotgan xarajatlarning natijaviyligini ta’minlash, mablag‘larning iqtisod qilinishiga hamda oqilona sarflanishiga harakat qilish, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan budjetdan moliyalashtiriladigan sohalar va muassasalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash kabilar islohotlarning markazidagi masalalar hisoblanadi va ularning muvaffaqiyati budjet amaliyotining aniq, puxta va samarali tashkil qilinishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |