1.Budjet tashkilotlari moliyasini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy- huquqiy asoslari.
Davlat moliyasini isloh qilish loyihasi doirasida O’zbekiston Respublikasi Hukumati o’z oldiga tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish bo’yicha keng ko’lamli vazifalarni qo’ymoqda. Bu bir tomondan sezilarli miqdorda moliyaviy resurslarni talab qilsa, ikkinchi tomondan ushbu resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanishning samarali tizimining joriy etilishini nazarda tutadi. “Davlat moliya tizimini isloh qilish sohasida O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga BMT Taraqqiyot Dasturi 2007 yildan buyon ko’maklashib kelmoqda. Jumladan, ushbu loyiha doirasida budjet qonunchiligini hamda davlat budjetini
rejalashtirish va ijro etish metodologiyasini mukammallashtirish, buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyati hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirish, sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish, shuningdek Moliya vazirligi xodimlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar samarali amalga oshirildi”7.
Budjet tashkilotlari moliyasini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari haqida so’z borar ekan, bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinayotgan Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish loyihasi doirasida budjet tashkilotlari moliyasi, ular xarajatlarini normativ rejalashtirish, g’aznachilik orqali xarajatlar to’lovini amalga oshirish tartiblariga bevosita taalluqli me’yoriy- huquqiy hujjatlar ham takomillashib bormoqda.
Budjet tashkilotlari moliyasini tashkil etish, ular xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish, buxgalteriya hisobii yuritish, davlat xaridlarida ishtirok etish, ular xarajatlarini g’aznachilik orqali ijro etishning qonuniy-huquqiy va me’yoriy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar qatorida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin:
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi;
1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son “Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007- raqam bilan ro’yxatga olingan “Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari”;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634- raqam bilan ro’yxatga olingan “Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martdagi 69-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizom va boshqalar.
Yuqoridagi ro’yxatda keltirilgan 2634-raqamli Nizom bilan oxirgi besh yil ichida budjet amaliyotida qo’llanib kelingan bir nechta normativ hujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 92-son “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 2157, 2010 yil 19 noyabr), O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013 yil 24 iyundagi 63-son “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi buyrug’i (ro’yxat raqami 2157-1, 2013 yil 29 iyul) kabilar o’z kuchini yo’qotdi.
Budjet tashkilotlari bo‘ysunuviga ko‘ra respublika budjeti va mahalliy (viloyat, tuman, shahar) budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadilar, ularning joriy faoliyati budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashning o‘rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o‘z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Ushbu Nizomga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari
amalda
qo‘llaniladi (1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |