Mundarija
Kirish. 1.Budjet tashkilotlari moliyasini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy- huquqiy asoslari. 2.Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining o’ziga xos hususiyatlari va vazifalari. 3.Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish masalalari.
4.Byudjet tashkilotlarida xodimlar mexnat haqisini hisoblash va hisobvaraqlarda aks ettirish
5. Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida budjetdan moliyalashtiriladigan sohalar va tarmoqlarda ham bir qator o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu o’zgarishlar budjet tashkilotlarining xarajatlarini bazaviy xarajat me’yorlari asosida rejalashtirish usullarining qo’llanishi, davlat budjetining g‘azna ijrosi mexanizmlarining joriy etilishi, budjet mablag‘lari hisobidan davlat xaridlarini tashkil etish tartiblarining belgilanishi va budjet tashkilotlarini budjetdan tashqari mablaglarni jalb qilishni tobora ko’proq rag’batlantirilishi bilan bog’liq bo’lmoqda. Davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan qator ijtimoiy sohalar: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi organlari muassasa va tashkilotlari budjet tashkiloti maqomida faoliyat qiladi. Ular moliyasini tashkil etish va boshqarish Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari va tegishli tarmoq vazirliklarining me’yoriy hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan.
Shu bilan birga, bugungi kunda jahon hamjamiyatida kechayotgan inqirozlar ta’sirida barcha turdagi resurslarning, shu jumladan, markazida budjet mablag‘lari bo‘lgan davlat moliyaviy resurslarining chegaralanganligi sharoitida budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish, xarajatlarni rejalashtirishning ilg’or, budjet mablag‘larini oqilona taqsimlash va ishlatishga qaratilgan yangi usullarini amaliyotga tadbiq etish bugungi kunda budjet tashkilotlari amaliyotidagi dolzarb masalalardan hisoblanadi hamda mazkur amaliyot hisoboti uchun tanlangan moliya obyektida bajarilgan ishlarning dolzarbligini belgilab beradi.
Budjet tashkilotlarining aksariyati ijtimoiy sohalarda faoliyat qiladi, “bu sohaning barqaror faoliyatini ta’minlash va rivojlantirishga davlat budjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo‘naltirilmoqda. Ta’lim sohasida o‘tgan yili hammasi bo‘lib 540 dan ziyod obyekt, shu jumladan, 380 ta maktab, 160 dan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilandi. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so‘m sarflandi. ... 2014 yilda 133 ta tibbiyot muassasasi yangitdan qurildi va rekonstruktsiya qilindi”1.
Bugungi kunda bu borada asosiy e’tibor ijtimoiy sohani rivojlantirishga, ya’ni ta’lim, sog’liqni saqlash, aholini maqsadli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, budjetdan mablag’ oluvchilarning ish xaqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar hamda boshqa birinchi darajali to’lovlarni o’z vaqtida moliyalashtirishga, Davlat budjetining g’azna ijrosini va samaradorligini ta’minlashga qaratildi. 2015 yilning 1-choragi natijalariga qaraydigan bo’lsak, davlat budjetining xarajatlar qismida ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tadbirlariga umumiy xarajatlarning 58,8 foizi miqdorida mablag’ ajratilganligi va bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan 12,8 foizni tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin2.
Budjet tashkilotlari maqomidagi muassasalar tarmog‘i juda keng, mazkur bitiruv malakaviy ishining hajmi va oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, biz tomondan faqat ta’lim tizimidagi budjet tashkilotlari faoliyati tanlab olindi va uning o‘rganish obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari ham shu holatdan kelib chiqib belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |