Kirish bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi


-rasm “Navoiy” erkin iqtisodiy-industrial hududi tarkibiy qismlari



Download 1,72 Mb.
bet28/43
Sana02.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#426235
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
Last diplom

3.3-rasm “Navoiy” erkin iqtisodiy-industrial hududi tarkibiy qismlari.

Manba: www.info-invest.uz The presentation of Project FIEZ “Navoiy”/ ”Проект свободной индустриально-экономической зоны «Навои»”, 2009 год


Navoiy viloyatida xalqaro multimodal logistika markazi tashkil qilish loyihasi EIIHdan oldinroq 2008-yilning may oyida markaziy aeroportning J.Koreyaning Hanjin Logistiks yuk tashish kompaniyasiga foydalanish uchun berilishidan boshlangan. Bu esa EIIH tashkil qilish uchun asos bo’lgan logistika markazining naqadar muhimligini ko’rsatadi. Hammamizga ma’lumki, xalqaro multimodal logistika markazi juda muhim transport ahamiyatiga ega bo’lgan tushuncha bo’lib, uni tashkil qilinishi uchun zaruriy shartlar talab etiladi va dunyoning hamma huddudlarida ham bu kabi muhim shartlarni qanoatlantiruvchi hududlar mavjud emas. Chunki bu shartlarning asosiy qismi insonlarga bog’liq bo’lmagan geografik omillardir. Navoiyda bunday yirik va muhim ahamiyatga ega bo’lgan multimodal logistika markazini tashkil qilishning barcha asoslari mavjud. Shu shartlarni bajarish uchun asos bo’la oladigan bir necha faktlarni keltirib o’tamiz. Ushbu keltirajak faktlarimiz va O’zbekistonning eng muhim transport yo’llari kesishgan hudduda joylashganligi ham tashkil qilinajak EIIHga bo’lgan qiziqshni yanada oshiradi. Keling, isbot tariqasida Navoiy viloyatining transport logistik salohiyati haqida ana shu faktlarni keltiramiz15:



  • Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Navoiy” EIIHda tashkil qilinayotgan xalqaro multimodal logistika markazi(xab) Yevroosiyodagi eng qulay transport yo’llarini birlashtiradi. Hozirning o’zida “Navoiy” xalqaro aeroportida haftada 3 marta Seul(Inchxon)-Navoiy-Milan-Navoiy-Seul(Korean Air) yuk reyslari; haftada 1 marta Toshkent-Navoiy-Moskva-Navoiy-Toshkent (“O’zbekiston havo yo’llari”); haftada 1 ta reys Moskva-Navoiy-Moskva (“Moskoviya’ aviakompaniyasi) va har kuni Toshkent-Navoiy-Toshkent(“O’zbekiston havo yo’llari”) kabi yo’lovchi reyslari yo’lga qo’yilgan. 2009-yilning may oyidan Belgiya, Bankok, New-Dehli, Dubay va Moskva kabi shaharlarga yuk(kargo) reyslari yo’lga qo’yildi. Yana Dubay, Frankfurt, Bryussel va New-Dehli shaharlariga ham yangi reyslarni yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari Yevropa bilan Xitoy orqali havoda yuk tashish Dubay orqali o’tgandan ko’ra Navoiy orqali o’tilsa 1000 kmga qisqaradi va bundan har bir avialayner 1,5 soat vaqat va 15 tonna yoqilg’i tejashi mumkin!

  • EIIH ga bevosita yaqin hududdan “E-40” avtomagistrali o’tadi va Janubi-sharqiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, O’rta va Yaqin Sharq, Fors qo’ltig’i hamda Yevropani bo’glovchi eng qisqa avtomagistral hisoblanadi. Xitoy bilan Yevropani bo’glovchi bu yo’l Xitoy-Rossiya linyasidan 1000 kmga qisqaroq va har bir avtomobil reysdan 800 $ tejashi mumkin!

  • Toshkentdan Bander –Abbas portigacha poyezd 7 sutkada, Toshkentdan Tehron orqali Istanbulga esa 10 kunda kirib boradi va bu esa O’zbekistonni aylanib o’tgandan ko’ra 2 baravar tezroq. G’uzor-Boysun-Qumqo’rgon temir yo’li asosida tashkil qilingan temir yo’l linyasi katta afzalliklarga ega. Temir yo’l janubda Eron va Turkiyani, shimol va g’arbda Qora va Boltiq dengizlarini birlashtiradi. Bu esa Xitoy bilan Yevropani bog’lovchi eng qisqa temir yo’li ham Navoiy orqali o’tishini ko’rsatib turibdi.

Navoiy aeroporti 2008-yil mart oyida J.Koreyaning Hanjin Logistiks kompaniyasiga qarashli Korean Air yuk tashish kompaniyasiga foydalanish uchun topshirilgandan so’ng xalqaro aeroport maqomini oldi va keng radiusda mijozlarga xizmat qila boshladi. Birgina 2009-yilning o’zida Inchxon, Seul, Milan, Moskva, Bankok, Dehli, Bombey, Bryussel, Dubay, Frankfurt va boshqa yirik shaharlarga yuk va passajir tashish yo’lga qo’yildi. Shu yilning oxiriga qadar aeroportning yillik yuk tashish hajmi 1 mln tonnaga yetkaziladi. Bu faqat boshlang’ich faza xolos. Aynan aeroportning o’zi kelgusida tashkil qilinajak multimodal logistika markazining eng nufuzli qismi bo’lishi kutilmoqda.
2009-yil 11-fevraldagi Navoiy viloyatini iqitsodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturiga binoan O’zbekiton hukumati tomonidan jami 500 mln $ dan ortiq investitsiya qilingan. EIIH hududning joylashish o’rniga kelsak, hudud “E-40” xalqaro avtomagistrali, xalqaro aeroport va temir yo’llar joylashgan hududga yaqin joyga barpo qilinadi. Bu esa transportning mavjud turlaridan unumli foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari O’zbekiston avtomagistrallarining umumiy sig’imi 2755 km bo’lib, shu qatorda Baynau-Qo’ng’irot-Buxoro-Navoiy-Samarqand-Toshkent-Andijon-2047, Buxoro-Olot 98 km, Buxoro-Qarshi-G’uzor-Termiz 436 km, Samarqand-G’uzor 174 km ni tashkil qiladi16. Ko’rinib turibdiki, Navoiy viloyati muhim avto, temir yo’l va havo yo’llari ustida joylashgan. Yana shuni ta’kilash lozimki, EIIH joylashgan hududdan 2000 km radiusda 11 davlat poytaxti, O’rta Osiyo,Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoyning 40 dan ortiq yirik shaharlari joylashgan. Aholi punktlari va ishchi kuchi, hududning gaz, suv hamda elektr energiya bilan ta’minlanganlik darajasi keyinchalik hududning yirik transport logistika, sanoat va innovatsion markaz bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish