Muhim sanoat komplekslari: Navoiyda tashkil qilinadigan markazlarning yana bir yirigi bu sanoat kompleksidir. Hududda joylashgan yirik sanoat korxonalari va boy tabiiy resurslar sanoat markazi barpo etishda asosiy ustun bo’lib xizmat qiladi.
“Navoiy” EIIH ni tashkil qilishda aholining farovonligiga xizmat qiluvchi elektr energiya, suv va gaz bilan ta’minlash va u yer aholisining qulay istiqomat qilishi uchun ekosistema tashkil qilish ko’zda tutilgan. Yuqoridagi rasmni izohlaydigan bo’lsak, kompleks “ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha” prinsipida tashkillashtirilgan bo’lib, temir yo’l linyalari uchun 40 gektarga yaqin konteynerlardan iborat temir yo’l terminallari mavjud. Bundan tashqari kompleksning kiraverishida har biri 5 gektardan bo’lgan avtostoyanka va og’ir yuk mashinalari uchun TIR-Park joylashgan. Kompleks bo’ylab 26 km uzunlikda barcha qulayliklarga ega bo’lgan magistral yo’l quriladi va unda barcha turli transport vositalari erkin harakatlanishi mumkin. 14 gektarga yaqin maydonda adminstrativ va moliya bo’limi joylashadi. Ob’yektlarning xizmatida 12 gektarlik o’t o’chirish va kommunal-xo’jalik bo’limi bo’ladi. Qolgan 380 gektardan oshiqroq hududga esa keng hajm va miqdorda mahsulto ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lgan katta-kichik korxonalar joylashadi.
Shu bilan birga kompleks ichidagi korxonalar hududdagi tog’-metallurgiya, neft-gaz, kimyoviy va gazokimyoviy, energetik, avtomobil, elektrotexnika, yengil va oziq-ovqat va boshqa vositalar yordamida keng ishlab chiqarish, yana yuqoridagi sohalarning taraqqiyotiga ham katta xissa qo’shadi. O’zbekistondagi kichik bizneslar soni 4 mingga yaqin va oxirgi uch yil ichida ularning asbob-uskunaga bo’lgan ehtiyoji 3,5 mlrdni tashkil etgan. Kichik biznes deyarli barcha sohalarni qamrab olgan. Bu esa EIIHning rivojlanishi uchun yetarlicha asos bo’ladi. Tabiiy qurilishbop qazilmalarning hamma turi mavjud va bu narsa qurilish materiallariga ehtiyojni qondira oladi. Bunga birgina MDHda yagona bo’lgan noyob marmar turini qazib chiqaradigan marmar konini keltirish mumkin. Shu qatorda kimyo sanoatini ham katta istiqbollar kutmoqda. Yengil sanoatni, jumladan to’qimachilik sanoatini kengaytirish keng isloh qilinajak sohalardan biridir.
Bizda nafaqat sifatli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish, balki uni MDH davlatlariga sotish ham mumkin. Mahalliy bozor talabini qondirish bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomondan MDH va qo’shni davlatlar eksport tovarlari talabini o’n barobargacha va undan ko’p oshirib yuboradi. Bu esa bizga tashqi savdoni kuchaytirish va mamlakatga keladigan pul tushumini ko’paytirish imkonini beradi. Xalqaro logistika markazi esa biz uchun yangi bozorlar va imkoniyatlar eshigini ochadi.
Kompleksni yanada rivojlantirish maqsadida uning yoniga sotsial-rekreatsion kompleks ham joylashadi. Bu yerda mehmonxonalar, istirohat bog’lari, maishiy xizmat uylari, reabilitatsion ob’yektlar va boshqa istiqomat hamda istirohat maskanlari barpo etiladi. Atrofdagi hududlardan va chet eldan turistlar va mutaxasislarni jalb qiladigan bu go’zal maskan yurtimiz marvaridi bo’lgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi turizm markazlarining rivojlanishiga ulkan xissa qo’shadi.
Innovatsion kompleks esa ishlab chiqarish markazlari va qo’shni hududdagi zavodlarni yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlaydi. Ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etiladi va chet eldan va ichki potensialdan kuchli mutaxasis va olimlar jalb qilinadi (“aqlning oqib kelishi”).
EIIHning boshqarilish tartibi hamda unda yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar: EIIHning eng asosiy belgisi bo’lgan huquqiy imtiyozlar va soliq tizimi esa ilovada batafsil yoritilgan. Albatta hududda eng qulay imyitozlar va huquqiy erkinliklar yaratilgan.
2009-yilning 19-fevralida O’zbekiston Respublikasi tomonidan “Navoiy” EIIH direksiyasi(boshqaruv organi) tashkil qilish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu direksiyaning ustav fondi 4,89 mlrd so’mni tashkil qiladi17. Undan so’ng direksiyaning boshqaruv tartibi belgilandi va uning uchun mas’ul shaxlar tayinlandi. “Navoiy” EIIH ni boshqarish uchun Vazirlar mahkamasidan maxsus tayinlangan mas’ul shaxslar, undan tashqari hudud boshqaruv direksiyasi (Vazirlar Mahkamasi tayinlaydi) va hudud xodimlariga bo’linadigan maxsus tizim tashkil qilinadi (P.S: ilovaga qarang). Hududda alohida moliyaviy tizim o’rnatilib, bank-moliya tizimi ham qayta tashkil qilinadi. Hudduddan tushgan pul mablag’lari EIIH Fondiga to’planadi va undan hudud rivojlanishi uchun ishlatiladi. Bundan tashqari hududda faoliyat ko’rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar hududdan ro’yxatdan o’tishlari lozim bo’ladi. Hududda hammasi bo’lib uchta bosqichda registratsiya bo’lish ko’rsatilgan. Unda kirib kelgan investorlar dastlab o’z loyihalarini EIIH direksiyasiga taqdim etiladi, loyiha ko’rib chiqib tasdiqlanadi, keyin esa ular davlatning vakolatli organlaridan ro’yxatdan o’tiladi va o’rtada shartnoma tuziladi, so’ngra ularga lozim bo’lgan xo’jalik sub’yektlari beriladi va ular ish boshlashlari mumkin. Bu esa jami 25 kun muddatda amalga oshiriladi.
Yuqoridagilar bilan birga EIIH hududida O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan bir qancha imtiyozlar va investorlar uchun qulayliklar yaratilgan. Hududga kiritilgan investitsiyalar yordamida tashkil qilingan ob’yektlar 7 yildan 15 yilgacha yer, mulk, daromad, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirsh va farovonlik uchun to’lanadigan soliqlaridan, yagona to’lov solig’idan(kichik korxonalarga), Respublika yo’l fondi va respublika maktab ta’limi fondi majburiy to’lovlaridan ozod qilinadi, agar quyidagi shartlarga oid bo’lsa18:
3 mln yevrodan 10 mln yevrogacha – 7 yilga;
10 mln yevrodan 30 mln yevrogacha – 10 yilga, keyingi 5 yillikda foyda solig’i va yagona soliq to’lovi 50 % chegirmasi bilan;
30 mln yevrodan ortiq – 15 yilga, keyingi 10 yillikda foyda solig’i va yagona soliq to’lovi 50 % chegirmasi bilan;
Yana shu bilan birga hududdan eksport uchun chiqariladigan tovarlar, xom-ashyo, materiallar, texnologiya va ehtiyot qismlar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi, hududda ishlab chiqariladigan va O’zbekiston ichki bozoriga kiritiladigan tovarlar, xom-ashyo, materiallar va ehtiyot qismlar bojxonadan o’rnatilgan tartibdan 50 % lik chegirma bilan o‘tkaziladi. EIIH hududida ro’yhatdan o’tkazilgan xo’jalik sub’yektlari uchun ijara tartibida yer uchastkalari ajratiladi. Hududda faoliyat olib boradigan kompaniyalar barcha turdagi operatsiyalarni chet el valyutasida amalga oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari istalgan chet el sarmoyadorlari EIIH nizomi va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hududda faoliyat yuritishi mumkin. Ular imtiyozli soliq stavkalari, arzon yerlar, qulay sharoit, ijtimoiy-siyosiy qulayliklar, arzon va sifatli transport, xom-ashyo va ishchi kuchi bilan ta’minlanadi. Hududga kirib kelayotgan xom-ashyolar, to’ldiruvchi tovarlar, polu-fabrikatlatlar va eksportga chiqariladigan mahsulotlar uchun kerak bo’lgan har qanday materiallar erkin kiritiladi. Tayyor mahsulotlar va boshqa vositalar hududga kirib chiqishi EIIH qonunchiligi bo’yicha amalga oshiriladi. Hududdan O’zbekiston hududi ichkarisiga kiritiladigan material oqimlar (har qanday tovar yoki hom-ashyo) Respublika bojxona nizomlari bo’yicha amalga oshiriladi. Hududdagi jismoniy yoki yuridik shaxslarning statusidan maxrum qilish sud jarayoni orqali amalga oshiriladi. Hududdagi boshqa imtiyozlar transport, hudud xizmatlari, maishiy xizmatlardan tashqari boshqa sub’yektlarga odatiy holga ko’ra ko’paytirilmaydi. Lekin ma’lum bir korxonalarga, agar ular hududdagi muhim infrastrukturani shakllantirishga xizmat qilsa, ularga qo’shimcha imtiyozlar yaratilishi mumkin.
EIIH nizomi Buyuk Britaniya, Koreya, Turkiya, Misr va MDH davlatlari EIIHlar qonunchiligi tajribasidan foydalanilgan holda va mutaxasis-ekspertlar chuqur tahlili asosida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari EIIH boshqaruv tizimi va qonunchiligini yanada rivojlantirish maqsadida turli xil muhokamalar va “doiraviy stollar” tez-tez uyushtirilmoqda. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2009-yil 23-sentabrida imzolagan “O’zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy hududlar haqidagi qonuniga o’zgartirish va to’ldirishlar kiritish to’g’risida”gi qonuni va yaqinda o’tkazilgan “O’zbekistonda maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil qilish imkoniyatlari va istiqbollari19” mavzusidagi doiraviy stol ham bunga yaqqol dalil bo’la oladi. Bu esa EIIHni samaradorligini oshiradi va uni mukammalroq holda tashkil qilishga hamda keyinchalik yanada rivojlantirib borishga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasi tashkil qilingan EIIH haqida jahon hamjamiyatiga rasmiy e’lon qildi. 2009-yil 8-aprelda BMTga EIIH tashkil qilish to’g’risida bildirishnoma yozildi20. Unda “Navoiy” EIIH va uning asosida joylashgan xalqaro multimodal logistika markazining ahamiyati hamda muhim tranzit savdo yo’llarining ustida joylashganligi ta’kidlab o’tilgan. Tashkil qilinajak EIIHning yana bir muhim tarafi shundaki, undagi xalqaro intermodal logistika markazining asosi bo’lmish Navoiy xalqaro aeroporti tez orada Korean Air kompaniyasi tomonidan Singapur, Dehli, Bankok, Frankfurt va Milan shaharlarida joylashgan eng yirik havo trassalari bilan birlashtiriladi. Bu esa butun dunyo mamlakatlariga yangi iqtisodiy imkoniyatlarning ochilishidagi muhim bir yangilik sifatida katta ahamiyatga ega.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni ishonch bilan tasdiqlash mumkinki, bugungi kunga kelib O’zbekiston o’zining sanoat potensialidan va ichki imkoniyatlaridan to’liq foydalanish maqsadida o’zining iqtisodiy qudratini yanada oshirish uchun hududiy-industrial markazlarni tashkil qilish borasida katta qadam tashlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |