Kirish bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi


Erkin iqtisodiy hududlarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, muammo va ularni hal qilishda Koreya tajribasidan foydalanish imkoniyatlari



Download 1,72 Mb.
bet30/43
Sana02.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#426235
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
Last diplom

3.3. Erkin iqtisodiy hududlarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, muammo va ularni hal qilishda Koreya tajribasidan foydalanish imkoniyatlari.


Erkin iqtisodiy hududlarning yaratilishi so’ngi yillarda mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish sanoatini texnik va texnologik yangilash, modernizatsiya qilish qilish uchun asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi hududida erkin iqtisodiy hududlarning mavjudligi xorijiy investorlarga o’zlarining investitsion faoliyatlarini olib borishlari uchun qulay sharoit va mexanizmlarni yaratish imkonini berdi. Bundan tashqari, ushbu imkoniyatlar ichki ishlab chiqaruvchilarga ham ichki, ham tashqi bozor uchun raqobatbardosh yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari, sifatli iste’mol tovarlari, zamonaviy qurilish materiallari, avtomobil va elektrotexnika sanoati, kimyo mahsulotlari, nef-gaz va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarishga turtki berdi. 2009-2014-yillar oralig’ida EIHlarda kapitalning umumiy hajmi 296 mln.$ bo’lgan 33 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va firmalar ochildi. Shu bilan bir qatorda umumiy summasi 123 mln.4dan ortiq bo’lgan 23 ta hamkorlikda loyihalar amalga oshirilmoqda va 50 tacha yangi samarali loyihalar ishlab chiqilmoqda. Quyida EIHlardagi amalga oshirilayotgan loyihalar ko’rib chiqiladi.
“Navoiy” EIIH. Hozirgi kunda “Navoiy” EIIHiga xorijiy investorlar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda. Hudud ichkarisida Janubiy Koreya, XXR, Singapur, Hindiston, BAA va boshqa davlatlar bilan hamkorlikdagi 16 ta korxona va zavodlar faoliyat yuritmoqda. “Navoiy” EIIH tashkil qilingandan buyon umumiy miqdori 110 mln.$ bo’lgan 19 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. Yuqori texnologiyalar asosida modem, TV, kuchlanish kabellari, uyali va statsionar telefon apparatlari, kosmetika mahsulotlari, avtomobil akkumuliator kabel va o’tkazgichlari, avtomobil kompressor va generatorlari, tayyor dori-darmon mahsulotlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2014-yil yakunlariga ko’ra EIIH korxonalari tomonidan 100 mlrd so’mdan ortiq summadagi mahsulotlar ishlab chiqarilgan va bu o’tgan yilga nisbatan 25.8%ga ko’pdir.
O’zbekiston Janubiy Koreya qo’shma korxonasi “UzFraeCable” hozirgi kunda avtomobillar uchun 39 turdagi kabel va o’tkazgichlar ishlab chiqarmoqda. Mahsulot asosan “GM-O’zbekiston”, “SamAuto”, “UzKoje” qo’shma korxonalari uchun mo’ljallangan. “UzFraeCable” qo’shma korxonasining ishlab chiqarish quvvati yiliga 130 000 km uzunlikdagi kabel hisoblanadi. Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq “Shevrolet Cobalt” avtomobili akkumiliatori import qilinadigan qismlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirildi. Ushbu qo’shma korxonaga qarashli “Polietilen quvurlari” korxonasida raqobatbardosh sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. 2014-yil davomida iste’molchilarga 3.4 mlrd so’mli suv quvurlari yetkazib berildi. O’zbek-hind qo’shma korxonasi “UzMinda” “GM-O’zbekiston” qo’shma korxonasi avtomobillari uchun 20 dan ortiq ehtiyot qismlari yetkazib beradi. Korxonada, yiliga 250 ming dona ehtiyot qismlari ishlab chiqarish imkoniyati mavjud, hozirgi vaqtda samarali deya baholanayotgan bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu korxonada o’tgan yil davomida 17.5 mlrd so’mli mahsulot ishlab chiqarildi. 2014-yilda “O’zavtosanoat” aksiyaorlik jamiyati va italiyaning “Landi Renzo S.p.A.” kompaniyasi birgalikda “Avtosanoat-Landi Renzo” qo’shma korxonasini tashkil etishdi. Ushbu korxonada “Kapot osti texnikani ishga tushirish uchun bosim ostidagi tabiiy gaz o’tkazgichlari ishlab chiqarish” investitsion loyihasi amala oshirilmoqda, bu loyihaning quvvati yiliga 25 000 donani tashkil etadi. Investitsion loyihaning birinchi bosqichida qo’shma korxona aksiyadorlari tomonidan 0.6 mln.$ miqdorida investitsiya kiritiladi. Loyihani realizatsiya qilish jarayonida ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish ko’zda tutilgan, shuningdek yangi ish o’rinlari tashkil etilmoqda.
Angren” erkin iqtisodiy hududi. Faoliyat yuritish davomida EIH hududida umumiy summasi 224.7 mln.$li 16 ta loyiha realizatsiyasi boshlangan bo’lib, ulardan umumiy summasi 163 mln.$ bo’lgan 8 ta loyiha ishga tushirildi va buning natijasida 840 ta yangi ishchi o’rinlari shakllantirildi. Bir qancha kapitalining 100%i xorijiy kapitaldan iborat bo’lgan korxonalar ishga tushirildi, “Angern shakar” xuddi shunday korxonalardan biridir. Uning umumiy quvvati kuniga 1000 tonnani tashkil etadi va 550 ta yangi ishchi o’rinlari yaratilgan hisoblanadi. “Angren quvur zavodi” unitary korxonasi jahonda katta talabga ega bo’lgan turli diametrdagi mis quvurlar ishlab chiqarmoqda. Energiya tejuvchi yoritgichlar ishlab chiqarish ELG-NUR qo’shma korxonasida yo’lga qo’yilgan. Mutaxasislarning baholashicha “Angren shakar” yangi zavodining ishga tushirilishi 2016-yilning so’ngiga borib mamlakatga shaker importini keskin kamayishiga va ichki bozorning kata qismini ichki ishlab chiqaruvchi tomonidan ta’minlanishiga olib keladi.
2013-yilning dekabrida ishga tushirilgan O’zbekiston-Janubiy Koreya “EGL-NUR” qo’shma korxonasi “O’zbekenergo” davlat aksionerlik kompaniyasi va Janubiy Koreyaning “EG Lightings” kompaniyasi hamkorligining natijasi hisoblanadi. Ushbu korxona diodli yoritgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirgi vaqtda korxonada oyiga 120-157 vattli 4 ming yoritgich ishlab chiqarmoqda. Korxonada ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan diodli yoritgichlar yuqori sifati, energiya tejamkorligi, barcha iqlim sharoitlariga bardoshliligi, xalqaro standartlarga mosligi, ekologik xavfsizligi va raqobatbardoshliligi sababli iste’molchilar orasida kata talab bilan iste’mol qilinmoqda. Ular ISO 9001:2008 xalqaro standartlariga muvofiq barcha sertifikatlarga ega. 2014-yil oxiriga umumiy summasi 10 mln.$li mahsulot ishlab chiqarildi. 2015-yilda bu ko’rsatkich 20 mln.$ga yetdi, 2016-yilda esa uni 35 mln.$ga yetkazish ko’zda tutilgan. Shu bilan birga EIH hududida “Angren” Xalqaro logistika markazi faoliyat olib boradi, ushbu markaz faoliyati tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Angren logistika markazi “Eshikdan eshikgacha” prinsipi asosida Farg’ona vodiysi va O’zbekiston Respublikasining boshqa hududlari bo’yicha qabul qiluvchiga yuk yetkazib berish bo’yicha barcha xizmatlar kompleksini taklif etadi, xususan:

  • Xalqaro va mahalliy yo’nalishlarda avtomobil va temir yo’l transportlari bo’yicha tarqatish;

  • Yetkazishda barcha turdagi risklar uchun sug’urta polisi olishda ko’maklashish;

  • Yukning qayerdaligi haqidagi tezkor ma’lumot;

  • Yuklarni yetkazishda kuzatuv va qo’riqlash;

  • Yuklarni yetkazish bo’yicha bojxona nazoratini tashkillashtirish;

  • Eksport va import yuklarini “Eshikdan eshikgacha” yetkazish tizimi;

  • Yuk bo’yicha barcha litsenziya va sertifikatlarni olish;

Angren-Pop temir yo’li ochilishi “Angren” EIHning keyinchalik rivojlanishiga kata turtki bo’ldi.
Jizzax” maxsus iqtisodiy hududi. Jizzax MIH tashkil etilganiga ko’p bo’lmaganiga qaramay, MIH hududida Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda umumiy miqdori 12 mln.$ bo’lgan 5 ta loyiha ishga tushirildi. Ushbu loyihalar uyali telefonlar, quyosh suv isitish tizimlari(kollektor), chorvadorlik mahsulotlarini ayta ishlash va ozuqa yetishtirish, santexnik mahsulotlari ishlab chiqarishni qamrab oladi. Xususan, o’zbek-xitoy “Quyosh issiqlik energiyasi” qo’shma korxonasi Xitoyning Hangzhou zhongwu electronic meters co.Ltd (XXR) bilan hamkorlikda tshkil etilgan bo’lib, unda quyosh suv isitish tizimlari ishlab chiqariladi. Loyihaning umumiy miqdori 3.3 mln.$dan ortiq hisoblanadi, rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 ming kollektor. Yangi korxona 17 turdagi xitoy texnologiyalari bilan ta’minlangan bo’lib, bu butun texnologik tizimni avtomatlashtirish imkonini berdi. Butunlash avtomatlashtirilgan tizimda 40 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Tashkilot 150, 250, va 300 litrli hajmdagi suvni yoz vaqtida 70 gradusgacha va qish vaqtida 40 gradusgacha isitish imkonini beruvchi kollektorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu mahsulotni faqatgina suv isitishda emas, balki uylarni ham isitishda ishlatish mumkin. Dastlabki bosqichda ichki bozorni egallash maqsad qilingan, keyinchalik dunyo bozoriga eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, umumiy summasi 29.2 mln.$ bo’lan 9 ta loyiha realizatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyihalar dekorativ keramik plitkalar, CDMA-450 sanoat modemlari, video va IP-telefon apparatlari, optic tizimlar o’rnatish uchun passiv uskunalar va aksesuarlar, telekommunikatsiya texnologiyalari, barcha turdagi transportlar uchun to’xtash uskunalari, metal profillar, gipsokarton montaji uchun aksesuarlar, yarimpropilen trubalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’zda tutadi. “2013-2015-yillarda Jizzax maxsus iqtisodiy hududida rivojlanib borayotgan transport, ishlab chiqarish va injener-kommunikatsion infrastuktura tizimini shakllantirish dasturi”21da qo’yilgan rejalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur miqyosida 29.5 mln.$ miqdoridagi kapitalni o’zlashtirish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda hudud ichkarisidagi 12 va 14 kmli yo’llar rekonstruksiya qilingan va 1 kmli yangi yo’l qurilgan.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish