Mundarija
www.local.mb.rian.ru/ “Узбекистан уведомил ООН о создании свободной экономической зоны в Навои” 08/04/2009 ТАШКЕНТ, РИА Новости. 54
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalar mexanizmini tubdan qayta qurish, xorijiy investitsiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etish borasida O’zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, xorijiy sarmoyador va tadbirkor-ishbilarmonlar bilan iqtisodiy integratsiyaning samaradorligini oshirish uchun maxsus iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekiston iqtisodiyotining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi sharoitida mamlakatimizda eksportga yo’naltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosatini amalga oshirish va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarib xorijga eksport qilish va shuningdek import o’rnini bosuvchi yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni joriy qilishda maxsus iqtisodiy hududlardan foydalanish, shuningdek, mamlakatimizda “ochiq eshiklar siyosatini” amalga oshirish hamda xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish borasida rivojlangan davlatlarning, ayniqsa, jahon xo’jaligida tezkor sur’atlarda rivojlangan mamlakatlarning, jumladan, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Turkiya, Xitoy kabi mamlakatlarning tashqi savdo-sotiq siyosati tajribalaridan unumli foydalanish milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyotiga ijobiy samara beradi.
XX asrning 50-yillariga kelib jahonda turli ko’rinishdagi logistika markazlari hamda maxsus iqtisodiy hududlar shakllana boshladi. Yangi tashkil topishiga qaramasdan, iqtisodiyotning muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan bu soha rivojlanishi keskin sur’atlarda o’sib bordi. Hozirgi kunga kelib jahonda 4500 dan ortiq erkin iqtisodiy hududlar mavjud. Jahon YAIM1ining taxminan 15% i (6,5 trln $) EIH2lar tovar va xizmatlariga to’g’ri keladi. Bundan tashqari jahon YAIMini tashkil qiluvchi mahsulotlarning 90% dan ortig’i yirik logistika markazlari va EIHlar orqali o’tadi. Bundan shuni bilish mumkinki, xalqaro logistika markazlari va EIHlarda amalga oshirilgan kichik bir ijobiy o’zgarish jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdoga sezilarli darajada musbat ta’sir ko’rsatishi mumkin. Hozirda yuz bergan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun ko’plab iqtisodchilar, bankirlar, olimlar, ekspert-mutaxasislar va boshqa mutasaddi xodimlar birdek bosh qotirayotgan bir davrda, iqtisodiyotda ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’luvchi ushbu omilning muhimligi yanada ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |