Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi - kirish, uch bob, asosiy mazmunini ifodalovchi to’qqiz bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlaridan tashkil topgan.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, amaliy ahamiyati hamda nazariy va uslubiy asoslari bayon etilgan.
I bob Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish asoslari, ularning iqtisodiyotdagi ahamiyati, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida EIHlarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan.
II bobda asosan Koreya Respublikasida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etishning huquqiy asoslari, ularning rivojlanish tendensiyalari va zamonaviy holati, O’zbekiston va Janubiy Koreya o’rtasidagi investitsion hamkorlikning rivojlanish istiqbollari o’rganilgan.
So’nggi III bobda esa O’zbekiston respublikasida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish imkoniyatlari, EIHlarning zamonaviy holati, ularda amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning istiqbollari aks etgan.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishining natijalari umumlashtirilgan va O’zbekiston Respublikasi EIHlaridagi muammolar va ularni hal etish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |