Kirish. Asosiy qism i-bob. Hozirgi zamonda inson huquqlari to’g’risidagi asosiy xalqaro


Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlar



Download 45,51 Kb.
bet4/11
Sana31.03.2022
Hajmi45,51 Kb.
#521965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mohmudov Bunyod

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlar:

  • ijtimoiy ta'minotga va munosib hayot darajasiga bo'lgan huquq (22-modda);

  • mehnat qilish huquqi; ish tanlash erkinligi; teng mehnat uchun teng haq olish;

  • kasaba uyushmalariga nisbatan erkinlik (23 -modda); dam olish va bo'sh vaqtga bo'lgan huquq (24-modda);

  • farovonlikka va sog'liqni saqlashga bo'lgan huquq (ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, tibbiy muolaja, ijtimoiy xizmat ko'rsatish);

  • onalik va bolalikni ijtimoiy himoyasi huquqi (25-modda);

  • ta'lim olishga bo'lgan huquq (26-modda);

  • madaniy va ilmiy hayotda ishtirok etish, shuningdek, mualliflarning ma'naviy va moddiy manfaatlarini himoyalashga bo'lgan huquqi (27-modda).

Shuni ta’kidlash joizki, Deklaratsiyaning uchta moddasi BMT prinsiplari va shaxsning jamiyatga nisbatan majburiyatlariga bag’ishlangan:

  • har bir shaxsning ijtimoiy va xalqaro tartibga bo'lgan huquqi. Bunda Deklaratsiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklar to'liq amalga oshirilishi mumkin (28-modda);

  • jamiyat oldidagi majburiyatlar; boshqalar huquq va erkinliklarini tan olish. Bu huquq va manfaatlarni BMT maqsadlariga muvofiq amalga oshirish (29-modda);

  • Deklaratsiyadagi hech narsa mustahkamlangan huquq va erkinliklarni yo'q qilishga qaratilgan hatti-harakatlarni oqlash uchun sharhlanishi mumkin emas. Deklaratsiya 29-moddasining 1 bandida shaxsning majburiyatlari aniq

o’rnatilgan: “Har bir shaxs jamiyat oldida majburiyatlarga ega”. Aynan, bandda shaxs faqat jamiyat doirasidagina erkin va to'liq rivojlana olishi qoidasining asoslari keltirilgan. Deklaratsiyaning bu qoidasi ma'naviy xususiyat kasb etadi. Chunki, unga ko'ra, shaxs o'zi tegishli bo'lgan jamiyatda yurish-turish qoidalarining umumiy qoidalarini o'rnatadi. Deklaratsiya 29-moddasining 1 bandi murosa xususiyatiga egaligi sababli BMT Bosh Assableyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda bir ovozdan qabul qilingan.
Shuni ta'kidlash kerakki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida shaxsning davlatga nisbatan majburiyatlari va burchlari batafsil ko'rsatilmagan, shunga ko'ra davlatni shaxsdan qat'iy qo'riqlash zaruriyati mavjud emas. Ayni paytda, tarixan bizga ma'lumki, inson huquqlarini davlatdan himoya qilish zaruriyati mavjud. Shuning uchun Deklaratsiyaning asosiy maqsadi — shaxs huquqlarini davlatga nisbatan himoyalashdir.
Shaxsning jamiyat oldidagi majburiyatlarini belgilovchi xalqaro normalar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 29- va 30-moddalaridan kelib chiqadi. Darhaqiqat, Deklaratsiyaning ushbu ikkita moddasi qoidalari birinchidan, inson huquqlari va asosiy erkinliklari, ikkinchidan, inson majburiyatlari tushunchalariga olib boradi. Agar Deklaratsiyaning 29-moddasi 1 bandida shaxsning huquqlari tushunchasi berilgan bo'lsa, 30-moddada uni sharhlashni belgilovchi universal qo'llaniladigan norma mavjud. Shunday qilib, shaxsning barcha majburiyatlari va undan kelib chiquvchi muammolar ushbu ikki moddada umumlashtirib mustahkamlangan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan barcha davlatlar va millatlar uchun umumiy xalqaro standart sifatida e'lon qilingan. Yuqorida bayon qilinganlarning barchasi erkinlik, tenglik va birodarlik kabi fundamental prinsiplarga asoslanadi. Ularga Deklaratsiyaning Muqaddimasi, shuningdek 1- va 2-moddalari bag'ishlangan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini tavsiflar ekanmiz, unda inson huquqlarini ta'minlash va amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari belgilanmaganligiga e'tibor qaratmaslik mumkin emas. Bu “har qaysi xalq va barcha davlatlar bajarishga harakat qilishi lozim bo'lgan vazifa sifatida” ko'proq ma'naviy imperativlikdir.
Ayni paytda Deklaratsiya inson fundamental huquqlarini qamrab olgan BMT Ustavini talqin qilishdagi eng muhim aktdir. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi — bu, xalqaro shartnoma. Rasmiy-yuridik nuqtai nazardan u majburiy kuchga ega emas, chunki BMT Ustavining 10- va 11-moddalariga muvofiq, BMT Bosh Assambleyasining rezolyusiyalari faqatgina tavsiyaviy xususiyat kasb etadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, Deklaratsiya davlatlar inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarining asosiy manbalaridan biriga aylandi. U BMT Ustavini sharhlashda muhim vosita sifatida ko'rilishi mumkin. Uning normalarining katta qismi zamonaviy dunyo mamlakatlarini bog'lab turuvchi xalqaro odat huquqining muhim timsoli sifatida e'tirof etiladi.

Download 45,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish