1.bob Hozirgi zamonda inson huquqlari to’g’risidagi asosiy xalqaro hujjatlarni qabul qilish sharoitlari
Inson huquqlari sohasida xalqaro huquq rolining oshishiga asosiy sabablardan biri Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar va mazkur sohada boshqa xalqaro konvensiyalarning qabul qilinishidir.
Ko'pgina xalqaro-huquqshunoslar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini fuqarolarning asosiy fuqarolik va siyosiy huquqlarini oddiy e'lon qilinuvchi hujjat deb hisoblab, uning roli va ahamiyati hakida uzoq bahslashdilar. Hayot Deklaratsiyaning qabul qilinishi, kuruk ishora, shama emas, balki undagi huquqlar xalqaro hamjamiyatning inson huquqlari sohasida muhim xalqaro bitimlarni qabul qilishda mustahkam xalqaro- huquqiy negizi hati-xarakat kodeksi bo'lib xizmat qilganligini ko'rsatdi.
Tadqiqotlardan birida ta'kidlab o'tilganidek, “1948 yildan so'ng qabul qilingan 90 dan ortiq milliy konstitusiyalar o'zida deklaratsiya qoidalarini aks ettiradi va mazkur qoidalar uning ta'siri ostida kiritilgan”2.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi inson huquqlari bo'yicha boshqa kelishuvlarning qabul qilinishiga keng yo'l ochib berdi. Ushbu kelishuvlar ichida markaziy o'rinni inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar egallaydi. Ularning qabul qilinishi natijasida inson huquqlari sohasida prinsip va qoidalarni ishlab chiqish va qabul qilish borasida yanada sifatli bosqichga ko'tarildi. Insoniyat tarixida birinchi marta deyarli bir paytda Paktlarni imzolagan barcha davlatlar uchun majburiy bo'lgan inson fuqarolik-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlarining ulkan doirasini tartibga soluvchi ikkita xalqaro hujjat qabul qilindi.
Mustaqilligini da'vo qilayotgan xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi mazkur Paktlar bilan tan olingandan so'ng, bu ruhan ezilgan xalqlar qo'lidagi mustaqillik uchun kurash yo'lidagi kuchli qurollardan biriga aylandi. Milliy-ozodlik harakatlari ta'siri ostida paydo bo'lgan xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash moddasining kiritilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan eski xalqaro huquqda fundamental o'zgarishga asos bo'ldi hamda jahon xalqlari va millatlari o'rtasidagi teng munosabatlarning ta'minlanishiga asos bo'ldi. Yashash huquqi, adolatli sudga bo'lgan huquq, mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi va boshqa bir qator asosiy huquqlar bugungi kunda ko'pgina davlatlarning konstitusiyalarida o'zining mustahkam o'rnini topgan.
Inson huquqlariga oid paktlarda birinchi bor individning bevosita xalqaro nazorat qiluvchi organlar nazorati ostida huquqlarini himoya qilish imkonini bajaruvchi xalqaro huquq va majburiyatlarga sohibi ekanligi belgilandi.
Inson huquqlari bo'yicha paktlarning muhim yutuqlaridan biri mazkur hujjat orqali davlatlarning shu qoida bo'yicha o'z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarilishini nazorat qiluvchi muassasalarning tashkil qilinishi bo'ldi. “Uning tashkil qilinishi va faoliyat olib borishi mazkur asrning ikkinchi yarmida inson huquqlarini xalqaro miqyosda tartibga solishda sezilarli yutuqlardan biridir”3. Nazorat instituti xalqaro huquqda yangi hodisa bo'lib, uning tashkil topish jarayoni bir qator davlatlar tomonidan katta qarshilikka uchradi. Muammo shunda ediki, “nazorat” tushunchasi, ushbu nazorat obyekti hisoblanuvchi u yoki bu majburiyatning bajarilish jarayonidagi elementlarining ta'sirini o'z ichiga olardi. Boshqacha aytganda, nazorat ijro jarayonida o'zining u yoki bu darajadagi aralashuvini keltirib chiqaradi. Davlatlar xalqaro munosabatlarga kirishar ekan, o'zlarining ichki ishlaridagi suverenitetini saqlaydi, xalqaro organlarning nazorati esa ularning ichki ishiga aralashuvi, deb hisoblanardi. Biroq, xalqaro munosabatlarning o'ziga xosligi va inson huquqlarining katta ahamiyati xalqaro hamjamiyatning ushbu masalada muvozanatga kelishishiga va davlatlarning mazkur sohada o'z zimmalariga olingan majburiyatlarini o'z irodasi bilan zimmasiga olishiga, xalqaro nazorat organlari esa faqatgina inson huquqlari sohasida davlatlarga tegishli ko'maklarni berib, maslahat berishini ta'minladi. Hozirgi sharoitda xalqaro nazorat organlarining roli oshmoqda. BMT va boshqa xalqaro konvensiyaviy organlari nazorat tashkilotlarining faoliyatidagi vakolat va vazifalariga borgan sari ko'proq e'tibor qaratilmoqda.
Aytib o'tilganidek, xalqaro munosabatlarda zarur paytda hayotga majburiy tadbiq qilish uchun xalqaro huquqning prinsip va normalarini amalga oshiruvchi davlat tizimi ustidan nazorat qiluvchi organ yo'q. Shuning uchun davlatlar xalqaro nazorat mexanizmini yaratish yo'llarini nazarda tutganlar va bu zarurat insoniyat taqdiriga jiddiy xavf tug'dirganda xalqaro huquq ijodkorligini kengaytirish, xalqaro aloqalarni takomillashtirish, global muammolarning paydo bo'lishidan kelib chiqadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining huquqiy mazmuni va ahamiyati Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so'ng tinchlik, xavfsizlik va davlatlararo hamkorlikni qo'llab — quvvatlash va mustahkamlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilgan edi. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish uning faoliyatida muhim yo'nalish hisoblanadi.
BMTning dastlabki erishgan muhim yutuqlaridan biri, bu Bosh Assambleya tomonidan 10 dekabr 1948 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishi bo'lgan.
Assambleya Deklaratsiyani “barcha xalqlar va barcha davlatlar tomonidan bajarilishiga intilishini ta'minlash vazifasi” ekanligini e'lon qildi. U butun dunyodagi a'zo-davlatlarni Deklaratsiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklarni hurmat qilish va ta'minlashga chaqirdi. Har yili 10 dekabr butun dunyoda Deklaratsiya qabul qilingan kun sifatida Inson huquqlari kuni, deb bayram qilinadi. Deklaratsiyaning
tarixiy ahamiyati shundaki, u butun dunyoda tan olingan va umumiy bo'lgan huquq va erkinliklar ro'yxatini o'zida mujassamlashtirgan birinchi xalqaro xarakterdagi hujjatdir.
Deklaratsiyada quyidagi umum e’tirof etilgan inson huquqlarining to'liq ro'yxati keltirib o'tilgan: