Kirish. Asosiy qism i-bob. Hozirgi zamonda inson huquqlari to’g’risidagi asosiy xalqaro


Umume'tirof etilgan inson huquqlarining islom tizimi manbalariga quyidagilar kiradi



Download 45,51 Kb.
bet10/11
Sana31.03.2022
Hajmi45,51 Kb.
#521965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mohmudov Bunyod

Umume'tirof etilgan inson huquqlarining islom tizimi manbalariga quyidagilar kiradi:
Inson huquqlari Umumislom Deklaratsiyasi (1981 yil);
Islomda inson huquqlari qohira deklaratsiyasi (1990 yil);
Inson huquqlari Arab xartiyasi (1994 yil).
Deklaratsiyasining kirishida inson huquqlarining diniy kelib chiqishiga binoan “hyech qaysi rahbar yoki hukumat, hyech qaysi assambleya yoki hokimiyat har qanday shaklda Olloh tomonidan berilgan inson huquqlarini cheklashi, bekor qilishi yoki buzishi mumkin emas, shuningdek hyech kim ulardan voz kecha olmaydi” deya ta'kidlanadi.
Inson huquqlariga islomiy yondashuvning muhim elementi shundaki, ular “butun islom tartibining tarkibiy qismi hisoblanadi”.
Deklaratsiya mualliflari daxlsiz va ajratilmas inson huquqlarini hurmat qilish va ularni islom tomonidan berilgan sifatida ko'rish majburiyatini oladilar.
Inson huquqlari Umumislom Deklaratsiyasi nohukumat tashkiloti tomonidan qabul qilinganligi sababli majburiy xususiyat kasb etmaydi. U universal xalqaro- huquqiy normlarning asosiy qoida va prinsiplaridan kelib chiqadi, biroq davlatlar oldiga muayyan kafolatlarni ta'minlash va uning qoidalarini milliy qonunchilikka implementasiya qilish vazifasini qo'ymaydi. E'tirof etilgan huquq va erkinliklar o'zining tarkibi va sharhlash imkoniyatidan kelib chiqib, islom huquqi va undan kelib chiquvchi qonun hujjatlariga bog'langan bo'lib, bu ushbu hujjatga an'anaviy xususiyat bag'ishlaydi va bu sohada qator “Islom birdamligi” harakati a'zo-davlatlarida huquqiy amaliyot bilan nomutanosibligini ko'rsatadi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi BMT tomonidan belgilangan geografik mintaqalar ichida o'zining mustaqil inson huquqlari himoya tizimiga ega bo'lmagan mintaqa hisoblanadi. Buning asosiy sabablaridan biri bu Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Amerikadagi Amerika davlatlari tashkiloti, Yevropada Yevropa Kengashi, Afrikada Afrika Ittifoqi kabi mintaqaviy siyosiy birlashmaga ega emasligidir. Ushbu mintaqalarning barchasida aynan ushbu birlashmalar inson huquqlari tizimini yaratish va ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil qilishga turtki bo'lgan edi. Osiyo- Tinch okeani mintaqasi mustaqil inson huquqlari himoya tizimiga ega emasligini asoslovchi boshqa omillar mintaqaning kengligi va bir turli emasligi bilan bog'liq. Ushbu mintaqa mamlakatlari yagona din, madaniyat yoki tarix bilan bog'liq emas, ularda turli siyosiy va ijtimoiy sharoitlar mavjud va Osiyo bir butun sifatida harakat qilishi uchun xizmat qila oladigan umumiylik uchun haqiqiy asoslar mavjud emas.
BMT dunyoning ushbu qismida yagona mintaqaviy kelishuv yaratishga qaratilgan salmoqli harakatlarni amalga oshirmoqda. Biroq, bu say'-harakatlar o'z mahsulini berish imkoniyati ehtimoldan uzoq bo'lib, hyech bo'lmaganda yaqin kelajakda.
Ba'zi mutaxassislarning e'tirof etishicha, submintaqaviy tuzilmalar (masalan, Janubiy-Sharqiy Osiyo) nisbatan haqiqatga yaqinroq va o'z-o'zidan ularning tashkil etilishini qo'llab-quvvatlash joiz. Boshqalarining fikricha, dunyoning bu qismida inson huquqlariga rioya qilinishi tizimini tashkil qilish harakatlari samarasizdir va hattoki, agar muvaffaqiyat qozongan taqdirda ham, buning natijasi o'laroq juda zaif va samarasiz
“Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari”ning mavjudligini va aniq normativ mazmunini oydinlashtirish masalasi xatto huqushunos olimlar o'rasida ham ko'plab baxs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Bunday vaziyatning yuzaga kelishiga bir qator omillar, xususan yuridik adabiyotlarda “xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari” tushunchasining mohiyati haqidagi fikrlarning tarqoqligi sabab bo'lmoqda.
Shu munosabat bilan prinsipial ahamiyatga ega bo'lgan quyidagi bir necha masalalarni hal etish zaruriyati tug'iladi:
birinchidan, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari deyilganda nima tushuniladi?
ikkinchidan, ushbu prinsip va normalar aynan qaysi xalqaro-huquqiy hujatlarda mustahkamlangan?
Qayd etish joizki, tarixan xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalarini ifodalashning bir necha shakllari vujudga kelgan. Xalqaro-huquqiy odat va xalqaro shartnoma ushbu shakllar orasida eng asosiylari deb tan olingan.
Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalarining belgilari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
birinchidan, har qanday xalqaro huquq normasi kabi, umume'tirof etilgan norma xulq- atvor qoidalari bo'lib, uning mazmuni davlatlarning xohish-irodalarini muvofiqlashtirish natijasida belgilanib, ular tomonidan shu ko'rinishda o'z xohishlariga ko'ra qabul qilinadi;
ikkinchidan, umue'tirof etilgan normalar bu turli mamlakatlar uchun umumiy bo'lgan huquq normalari bo'lib, ular turli davlatlar tomonidan tan olinadi;
uchinchidan, umume'tirof etilgan normalar barcha davlatlarni qamrab oladigan yoki qamrab olishi zarur bo'lgan huquqiy tizim elementlaridir. Bular barcha davlatlar uchun umumiy bo'lgan, ushbu davlatlarning barchasi uchun birdek qo'llanadagan xalqaro huquq normalaridir.
Mazkur belgilarni hisobga olgan holda mazkur tushunchaga quyidagicha ta'rif berishimiz mumkin: Umume'tirof etilgan norma — davlatlar hamkorligining erishilgan darajasini mustahkamlovchi, yuzaga kelgan muammolarni yechishda o'zaro mafaatlardorlikni ta'minlaydigan va barcha yoki ko'pchilik davlatlar tomonidan umumiy deb tan olinadigan xulq-atvor qoidalaridir.
Barcha uchun umumiy bo'lgan normalar, birinchi navbatda, hukumatlararo universal tashkilotlar (Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari, Interpol va boshqalar) va butunjahon konferensiyalari doirasida qabul qilinadigan hujjatlardan o'rin olasa, mahalliy normalar asosan hududiy tashkilotlar va konferensiyalarning (Amerika davlatlari tashkiloti, Yevropa kengashi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) hujjatlarida aks etadi.
Barcha dunyo xalqlarining jamoaviy tajribasi va umumiy merosidan ajratib olingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari bo'yicha xalqaro paktlar inson huquqlari sohasida barcha xalqlar va davlatlar uchun umumiy bo'lgan xulq- atvor standartlarini tashkil etadilar.
Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari quyidagi uchta manbada mustahkamlab qo'yilgan: BMT Nizomi, 1970 yilda qabul qilingan Xalqaro huquq prinsiplari deklaratsiyasi va 1975 yilda qabul qilingan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha kengashning xulosa akti. Ta'kidlash joizki, umume'tirof etilgan prinsiplar o'zaro aloqadorlik belgilariga ega. Masalan, 1970 yilda qabul qilingan Xalqaro huquq prinsiplari deklaratsiyasida aytilishicha, “... talqin etish va qo'llashda prinsiplar o'zaro aloqadorlikdadirlar va har bir prinsip boshqa barcha prinsiplar qurshovida ko'rib chiqilishi lozim”. Shuning kabi YeXXKning xulosa aktida ta'kidlanishicha bayon etilgan prinsiplarni “qo'llashda har biri boshqalarini e'tiborga olgan holda talqi etiladi”. 7.

  1. yilgi Xalqaro huquq prinsiplari deklaratsiyasi va 1975 yilgi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining xulosa akti mazmunlarining tahlili xalqaro huquqning quyidagi umume'tirof etilgan prinsiplarining o'zaro aloqadorlikda ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beradi:

  1. o’zaro totuvlikda hayot kechirish;

  2. kuch ishlatish yoki kuch bilan qo'rqitishdan o'zaro voz kechish, ichki ishlarga aralashmaslik;

  3. xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etish;

  4. davlatlararo hamkorlik;

  5. teng huquqlilik va o’z taqdirini o'zi belgilash;

  6. davlatlarning suveren tengligi;

  7. davlatlar tomonidan majburiyatlarning sidqidildan bajarilishi;

  8. davlatlar hududlarining daxlsizligi;

  9. inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmat.

Xulosa.
Xalqaro huquq prinsiplarining umume'tirof etilgan normalar o'rasidagi o'ziga xos o'rnini alohida qayd etish lozim. Bu xalqaro huquqning eng muhim, eng umumiy, umume'tirof etilgan imperativ normalaridir. Ular xalqaro huquqning eng barqaror o'zagini tashkil etish bilan birga xalqaro qonunchilikning mezoni ham hisoblanadi. Barcha xalqaro sharnomalar va odatlar yuridik jihatdan haqiqiy va majburiy bo'lishi uchun xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga mos kelishi lozim, ularning mazmunida noaniqlik bo'lgan taqdirda, ularni asosiy prinsiplardan kelib chiqqan holda talqin etish kerak.


Inson huquqlari to'g'risidagi barcha xalqaro-huquqiy hujjatlarni ikkita katta guruhga bo'lish mumkin — deklaratsiyalar va konvensiyalar (paktlar).
Deklaratsiya (lotincha declaration — e'lon qilish, e'tirof etish) majburiy kuchga ega emas, bu — tavsiyalardir. Unda inson huquqlari to'g'risidagi asosiy prinsiplar, dasturiy qoidalar e'tirof etiladi.
Konvensiya (lotincha conventio — shartnoma, kelishuv) — biror bir maxsus masala yuzasidan xalqaro kelishuv bo'lib, odatda u unga qo'shilgan (imzolagan, ratifikasiya qilgan) davlatlar uchun majburiy kuchga ega bo'ladi.
Pakt — konvensiyaning o'zi, lekin mazmunan xilma xil.
O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro shartnomalari mamlakatning Oliy Majlisi tomonidan ratifikasiya qilinadi. O'zbekiston uchun xalqaro shartnomaning kuchga kiritilishi jarayoni uni rasman e'lon qilish bilan yakun topadi.



Download 45,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish