FONETIKA
1-test
1. Imlosi to‘g‘ri yozilgan o‘zlashma so‘zlar qatorini aniqlang.
A) Komoloti „Unsiya“, sayilgoh, ilm-uma’rifat, Musallo
(Kamolot/ saylgoh/ ilm-u ma’rifat)
B) Muambar, kamoloti, „Ihlosiya“, oshyon, shukuronalik
(Muanbar/Ixlosiya/ )
C) Bog‘-i Eram, hayrixoh, „osh-or“, oshyon, munavvar
(Bog‘i Eram/ xayrixoh/ash’or)
D) Muanbar, kamoloti, shukronalik, Ixlosiya, saylgoh
2. Berilgan gapdan talaffuzida unli tovush tushib qoladigan, bu o‘zgarish yozuvda ham aks etmaydigan so‘zni aniqlang.
Odamning himmati va muruvvati uning muomalasi, qo‘lidan kelgan ishlari, yaratuvchiligi barobarida qadrlanadi. (Yusuf Xos Hojib)
A) Odam
B) Muomala
C) Qadrlanadi
D) Muruvvat
3. Qaysi qatordagi fikr „Ko‘rnamak" hikoyatining xulosasi bo‘la oladi? (Hikoya pastda berilgan)
A) Savobi oshkoradan gunohi pinhona afzal.
B) Savobning tagi teshik.
C) Mehnatsiz rohat bo‘lmas, savobsiz - jannat.
D) Tuzini yeb, tuzlig‘iga tupurma.
(Jahonga mashhur Xusrav davrida shohlar yeydigan ba’zi bir taomlarni fuqaro- ning yeyishi man qilingan, agar o‘sha taomni qora xalqdan biror kishining yegani ma’lum bo‘lib qolsa, qattiq jazolanar ekan. Bir odam podshohga yaqin yasovulni mehmon qilibdi va uning oldiga hukmdorlar yeydigan anvoyi taomlarni keltirib qo‘yibdi. Yasovul bu uydan chiqishi bilanoq qog‘oz-qalam olib, men falon kishining uyida mehmon bo‘ldim, dasturxonga shohona xos anvoyi taomlarni keltirib qo‘ydi, azbaroyi hazrati oliylariga ixlosim baland bo‘lgani uchun bu hodisani ma’lum qilyapman, deb yozibdi.
Xusrav qog‘ozning orqasiga shunday javob yozibdi: „Bu qilmishing uchun senga aytadigan arzon tahsin - ofarinim yo‘q, ammo u odamni podshohlar yeydigan taomni pishirgani uchun emas, balki yomonlikni ravo ko‘radigan ko‘rnamakni mehmon qilgani uchun jazolayman“. („Adolat tarozisi“dan))
4. ,,Sabrliga tole уor" matni asosida testni yeching.
Hikoyat mazmuniga aloqador bo‘lmagan fikrni toping. (Hikoya pastda berilgan)
A) Sabr qilgan moy oshar,
Olqish olgan ko‘p yashar.
B) Odob bilan baxt topilar,
Sabr bilan − taxt.
C) Kamoli imon − sabr.
D) Sovun kirni ochar,
Sabrsiz - sirni.
(Odob xazinasini yuragiga joylagan bir yigit bor edi. U o‘z baxtini topolmay, bir necha vaqt sarson-sargardonlikda yurdi. Nihoyat, baxti chopib, saroy vazirlaridan birining xizmatiga kirdi. Afsuski, bu xonadon ahli yigitga adolatsiz munosabatda bo‘lardi. Qiyinchilik azobiga qanchalik bardosh bermasin, biror foyda ko‘rmadi. Qorong‘i tunlarni esa og‘ir xayollar bilan o‘tkazdi.
Kunlardan bir kun bog‘da sayr qilib yurgan Anushervon o‘z mulozimlaridan: „Eng muloyim narsa nima?“ − deb so‘radi. Birov: „Momiq“, − deb javob berdi. Birov: „Tovuq patlari“, - dedi. Yana birovi esa: „Shoyidan muloyimroq narsa nima bo‘lishi mumkin?“ - dedi. Shu paytda haligi yigit saroyga yaqin yerda ishlayotgan edi. U mulozimlarning javobidan Anushervonning ko‘ngli to‘lmaganini ko‘rib, so‘zlashga ruxsat so‘radi. Ijozat bo‘lgach, dedi:
− Eng muloyim narsa tinchlikdir.
Anushervon javobdan qoniqdi va yana so‘radi:
− Inson qalbiga nima huzur bag‘ishlaydi?
− Muruvvat va shafqat, - javob berdi yigit.
Yana savol berdi:
− Qachon xotirjamlikka erishish mumkin?
− Sabr va qanoat bilan.
− Gullarning ichida eng xushbo‘yi qaysi?
− Ota-ona tirikligida ularni xursand qiladigan, vafotlaridan keyin esa ularning nomlarini boqiylashtiradigan hayot guli bo‘lmish - farzand“, - deb javob berdi yigit.
Anushervon yigitni taqdirladi va o‘z vazirlari qatoriga oldi.
Darhaqiqat, bir olim shunday degan ekan: „Tabiatingizda sabr-qanoat qanday namoyon bo‘lishini bilasizmi? Faqat hayot go‘zalligini ko‘ra oladigan ko‘zlaringiz, yomonliklarni kechira oladigan ko‘nglingiz, yaxshiliklar haqida tafakkur qiladigan aqlingiz, orzularingizni izhor qila oladigan qalbingiz borligi sizdagi shukronalik va sabrning mujassamidir“)
5. Matndan asosga qo‘shimcha qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yozuvda aks etgan so‘zlarni belgilang.
A) Yuragiga, ko‘ngli, ahli, xotirjamlik, to‘lmaganini
B) Yuragiga, muloyimroq, shunday, bag‘ishlaydi, go‘zalligini
C) Yuragiga, shunday, ko‘ngli, borligi, go‘zalligini
D) Yuragiga, ishlayotgan, tinchlikdir, go‘zalligini, borligi
6. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydi?
A) Hamisha, albatta, afsuski, hatto, kimdir.
B) Qalamdon, g‘allakor, yumshoq, nahotki, deyarli.
C) Muhokama, dengiz, iqbol, doimo, munosib.
D) Qariyb, oftob, ammo, naqadar, kelgandir.
7. So‘z urg‘usi bilan bog‘liq to‘g‘ri fikrni toping:
A) Qo‘shimcha ko‘rinishidagi -chi, -mi, -ku, -dir, -gina, -da, -oq(-yoq) yuklamalari urg‘u olmaydi.
B) O‘zbek tilida urg‘u faqat so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi.
C) So‘z urg‘usi so‘z tarkibidagi unli va undosh tovushdan iborat bo‘g‘inning kuchliroq aytilishidir.
D) O‘zlashma so‘zlardagi urg‘uni o‘zbek tiliga moslashtirib talaffuz qilish nutqiy me’yor hisoblanadi.
8. Qaysi gapda fonetik hodisa mavjud emas?
A) Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? Yo qudratingdan, bu qanday odam ekanligini bilolmadimmi?
B) Bozorchilar qatorida xaltani ochib, mayizimni maqtab-maqtab o´tirardim.
C) Otabek shu odamning yurak dardi borligini birinchi bilar edi. (A. Qodiriy.)
D) Uning shunqor hamda lochinlarga havas qilishiga sabab shu edi.
9. Qaysi gapda qator undoshli so‘z mavjud?
A) Hasanali palovga urnash uchun hovliga yurdi.
B) Bukun bayram, Men bukun ham, Bo´lolmadim yoningda.
C) Sabr-toqat qanchalik og´ir bo´lmasin, keyinroq shodlik keltiradi.
D) Endi, sen, ey masxaraboz va o´zingniki bo´lmagan ishlarga aralashib yuradigan telba, sen endi meni kechir!
10. 1) tasan…o; 2) mud…ao; 3) qan…at; 4) kar…ak; 5) bema…no
Nechta so´z imlosida tushirilgan birlik undosh tovush emas?
A) 4 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 3 ta
11. Paronimlarni qanday usul(lar)da yuzaga chiqarish mumkin?
1) qator undoshlar orasiga “i” unlisini qo´yish orqali; 2) tutuq belgisi orqali; 3) fonemalar orqali.
A) 1 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 2
12. Qaysi soʻzlarda chuqur til orqa undoshi toʻgʻri qoʻllangan?
1)hazil-mazax; 2) xaytovur; 3) hayxotday; 4) xalloslamoq; 5) harom-xarish; 6) xassa.
A) 2,4,5,6 B) 1,3,4,5 C) 1,5 D) 1,2,3,4,5,6
13. Qaysi gapdagi sifat turkumiga oid so´z imlosida tovush almashishi bilan bog´liq fonetik hodisa kuzatiladi?
A) Daydib kelgan izg´irin quruq qorlarni chirpirak qilib, uzoqlarga uchirib ketdi.
B) U hali ham o´shanday qimirlatnay o´tirardi, yuragi g´ash edi.
C) Unga qayrilib ham qaramadi, ahvolini anglashga harakat ham qilmadi.
D) Gulnor butun yuragi bilan Yo´lchiga maftun, uning ko´ksini sevgi hasrati va ayriliq lim-lim to´ldirgan.
14. Qaysi qatordagi fonetik hodisa faqat unli tovush bilan bogʻliq?
A) Magar chinor bo´lsang, chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog´ing.
B) Tarixing bitmakka, xalqim, Mingta Firdavsiy kerak. Chunki bir bor chekkan ohing Mingta doston, o´zbegim.
C) Sizsiz kelajak yo´q, siz axir xalqning Ming yilni ko´rajak qarog´larisiz.
D) Har kim o´z o´rnini bilsin.
15. Quyidagi gapda fonetik hodisalar sonini aniqlang.
Bunday muomalani men sira kutmagandim, yig´lab yubordim. Ko´zimdan oqqan yoshni artish uchun qo´limni ko´targan edim, ko´ylagim ishtonbog´imdan chiqib ketib, qo´ynimdagi uzum yer bilan bitta bo´ldi.
(O´. Umarbekov)
A) 5 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 6 ta
16. Qaysi gapda fonetik hodisa boshqa gaplardan ko´ra ko´proq?
A) Yettida bor,
«Yettov»da yo´q.
«Ikki»da bor,
«Ikkov»da yo´q.
B) Hozir ona yuragida nafrat va xo´rlanganlik hislarigina bo´lgani rost. (M. Nasibullin)
C) Bolaning ko´ngli o´ksimasin deb yumshoq o´rindiqqa o´tqazdi.
D) Endi men nima qildim? Men o´lsam, endi kim yig´laydi onam deb?
17. Qaysi gapda so´z yasovchi qo´shimcha ta´sirida fonetik hodisaga uchragan so´z mavjud?
A) O´quv mashg´ulotlari ochiq stadionda bo´ladi endi.
B) Besharig´ing boshingda qolsin, vahshiy!
C) Onam tuni bilan o´ynoqiligimni o´ylab, g´am chekmagandir?
D) Haqdan so´ray haqqimni.
18. Fonetik hodisa qaysi tub so´zda sodir bo´lgan?
A) lovullamoq B) qayril
C) issiq D) achchiq
19. Qaysi sodda gapli tez aytishda ma᾽no farqlovchi undoshlar mavjud?
A) Bir juft cho'p ko'pmi, qo'sh juft cho'p ko'pmi?
B) Boy boyga boqar, soy soyga oqar.
C) Tolib tandir tagidan tanga topdi.
D) Bashar bilan Yashar yashil yarimsharda yashashar.
20. Quyidagi misollardan qay birida fonema(tovush) orqali ma᾽no farqlanmagan?
A) shoh-shox B) uxlamoq-uhlamoq
C) urush-urish D) tana-ta᾽na
21. Boʻgʻiz undoshi oʻrnida til undoshi qoʻllangan soʻzlar sonini aniqlang?
Hoholamoq, xoʻjalik, xulkar, xujayra, hurkak, husnixat, xoʻkiz, xo‘ngramoq, xasis
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta
22. Quyidagi maqollar toʻplamida umumiy hisobda nechta fonetik hodisa yuzaga kelgan?
G‘am yema, beg'am ham bo'lma. Bog'ingni zog'dan saqlamoqchi bo'lsang, unga e'tiborda bo'l. Pokliging – sog'lig'ing. Yomg'ir bilan yer ko'karar, duo bilan el. Onangni kaftingda tutsang, singlingni kiftingda tut. Shirin yolg'ondan ko'ra achchiq haqiqat yaxshi. Chayonning kasbi chaqish. Sen o'zingni maqtama, birov seni maqtasin. Suv ichadigan quduqqa hech qachon tosh otma. Ko'ngil ko'ngildan suv ichar.
A) 3 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 4 ta
23. Qutlug' quritgan urug' Ulug' quritgan urug'dan quruqroq.
Faqat asosda ishtirok etgan shovqinli jarangsiz undoshlar sonini aniqlang.
A) 6 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 8 ta
24. Soʻz yasovchi vosita qoʻshilgach, asosda oʻzgarish boʻlgan qatorni toping.
A) O'rda ustiga qurilgan dor Toshpo'lat dorvozchining qurilgan doriga sira ham o'xshamasdi. (N. Safarov)
B) Kishini osib o'ldirish uchun o'rnatiladigan maxsus qurilma. Masalan:
Qahr ila Xabbozni bardor etar.
Dor boshina oni sangsor etar. (Durbek)
C) Shoyi-shalpar ko'ylagim yuvmay ilingan dorga,
Toleyimning yo'qligidin yolg'onchi bo'ldim yorga.
(Farg'ona xalq qo'shiqlaridan)
D) Eski o'zbek tilidagi dor ma'nosi uy, hovli (masalan: «Boburnoma» da... safe dorlar tikibdurlar) va shaxs otini yasovchi qo'shimcha -dor, chunonchi, amaldor, jahondor, xazinador so'zlaridagi holatlar bunga aloqador emas.
25. Boʻgʻiz undoshi qoʻyilmaydigan soʻzlar qatorini toping.
1) …ashaki; 2) …ezlanmaoq; 3) kam…afsala; 4) kasb-…unar; 5) …iromon; 6) …alovat.
A) 1,2,5 B) 1,2,3,5 C) 4,5,6 D) 2
26. Derlar, kam o‘qilar uzun dostonlar,
Ayniqsa sarguzasht oz bo‘lsa agar.
Ammo yaxshi ko‘rgan narsa tufayli
Kishi sergap bo‘lsa, bu uzr, mayli!
(M. Shayxzoda)
Egalar (kim? nima?) tarkibida nechta shovqinli portlovchi ishtirok etgan?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta
27. Fonetik hodisaga uchramagan so‘zni toping.
A) kulgandi B) kulardi C)kuldi D) kularmish
28. 1.Aqlli uzoqni ko’zlar, aqlsiz-yaqinni. 2. Ko‘p o‘yla, oz so’yla.3.To’g’ri oshini yeydi, egri - boshini. 4. Baxil topsa, bosib yer, saxiy topsa, hamma yer.
Qaysi gapda faqat portlovchi undoshdan tarkib topgan soʻz mavjud?
A) 1- B) 4- C) 2- D) 3-
29. xarita, xarob, xaroba, harsang, xartiya, hartum, harxasha, xas, xasis, hazir bo‘lmoq, hazm, hazmi taom, xazrat, haybarakallachi, haybat
Nechta soʻz imloviy jihatdan xato yozilgan?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta
30. Toʻgʻri yozilgan soʻzlar qatorini toping.
A) hayyo-xayt, xomtak B) hayfsan, halqum
C) hangramoq, harajat D) hijil, hang-u mang
2-test
1. Bunisi oq mum, harom emas: shimsa ham bo‘ladi, chaynasa ham bo‘ladi.
Jarangsiz til undoshlari nechta ochiq boʻgʻin(unli bilan tugagan) tarkibida qatnashgan?
A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
2. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo'riqnomalar, etiketkalar bilan ta'minlanadi.
Barcha undoshlari jaranglilik xususiyatga ega soʻz tarkibida qanday tovush ishtirok etmagan?
A) lab undoshi B) lablanmagan unli
C) til oldi undosh D) harfiy birikma
3. 0‘z vataningga bo‘lgan chinakam muhabbatingni o‘z tilingga bo’lgan muhabbatingsiz tasavvur etish mumkin emas. (K. G. Paustovskiy)
Lab undoshi bilan boshlanuvchi ochiq boʻgʻinlar sonini aniqlang.
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta
4. Quyidagi gapda nechta so‘z fonetik hodisaga uchragan?
Do'stlaringiz bilan baham: |