2-test
1. Qaysi juft so‘zning har ikkala qismi ham mustaqil qo‘llana olmaydi?
A﴿ Menga o‘xshash esli-hushli yigitga zoriqib o‘tirgan ekan. (X. To‘xtaboyev)
B﴿ Qo‘llari ketmon, o‘roq, ayri ushlayverganidan g‘adir-budur, haqiqiy dehqon edilar. (S. Anorboyev)
C﴿ Ba’zan plitka shokoladmi, arzon-garov qo‘g‘irchoqmi olib keladi. (Shuhrat)
D﴿ Shoxlar qurib, ularda yakkam-dukkam yaproqlargina qoladi. (Omon Muxtor)
2. Xato hukmni toping.
A﴿ Qo‘shma olmosh va qo‘shma songa oid so‘zlar tub so‘zlar deya qaraladi.
B﴿ Olmoshga oid so‘zlarda so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra barcha turi uchraydi.
C﴿ Qo‘shma undov va taqlidlar mavjud emas.
D﴿ Juft so‘zlarda urg‘u birinchi qismga tushadi.
3. Asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o‘zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo‘ladigan turkumni toping.
A﴿ son B﴿ bog‘lovchi
C﴿ taqlid D﴿ modal
4. Mayda-mayda, nima-nima, qiziq-qiziq, lo‘ppi-lo‘ppi, lo‘nda-lo‘nda, yarq-yurq, oppoq-oppoq, o‘zidan o‘zi , yangi-yangi, bay-bay, shirin-shirin, achchiq-achchiq, shirin-shakar
Berilgan so‘zlarning nechtasi takroriy sifat emas?
A﴿ 5 tasi B﴿ 3 tasi
C﴿ 2 tasi D﴿ 4 tasi
5. Qaysi gapda juft so‘z qatnashgan?
A﴿ Yangi-yangi ariqlar kavlab, qo‘riqlar ochamiz. (Asqad Muxtor)
B﴿ Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go‘shtlardan kabob pishiryapti. (X. To‘xtaboyev)
C﴿ O‘z onamni elas-elas xotirlayman. Ko‘zlari qop-qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. (O‘. Hoshimov)
D﴿ Alg‘ov-dalg‘ov shamol esib turar edi. (N. Arslonov)
6. Qaysi qo‘shma so‘z to‘g‘ri yozilgan?
A) Markaziy osiyo B) MarkaziyOsiyo
C) markaziy Osiyo D) Markaziy Osiyo
7. Sifat+ot tipidagi otni ko‘rsating.
A) Uchariq B) Oqariq
C) Jinariq D) Belariq
8. Ariq bo´yida hamisha, har yoz ikkita jaydari atirgul, pastda namozshomgul, gultojixo´roz, sadarayhon o´sib yotadi. (Oybek)
Gapdagi qo‘shma so‘zlar sonini aniqlang.
A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
9. Qo‘shma fe’lni toping.
A) otib tashladi B) qo‘yib yubordi
C) ishlab chiqarmoq D) yoqalashib ketdi
10. oz-ko'p1, sekin-asta2, huda-behuda3, ey-voy4
Qaysi juft so‘z ravishga oid emas?
A) 4- B) 2- C) 3- D) 1-
11. Qaysi gapdagi juft soʻzning ikkinchi qismi sodda yasama soʻz orqali shakllanadi?
A) Shoshilish, yengil-... ishlarga havas, jahldorlik— nodonlar ishi.
B) Goho-goho keladigan uzuq-... xabarlardan boshqa aloqa yo‘q.
C) Mayda-... narsalar tugilgan ro‘molni ko‘tarib qorovulxonaga kirdi.
D) Mahallaning qora-... bolalari shoxdan shoxga tirmashadi. (O‘. Hoshimov)
12. Es-es, chelak-chelak, qator-qator kabi takror kelgan otlar qaysi soʻz turkumiga oʻtgan?
A) ravishga B) otning oʻzida qolgan
C) sifatga D) olmoshga
13. Qaysi qatorda juft soʻz kesim vazifasida kelgan?
A) Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlaydi.
B) Arpa-bug‘doy osh bo‘ldi, oltin-kumush tosh bo‘ldi, bolam!
C) Shoxlar qurib, ularda yakkam-dukkam yaproqlargina qoladi.
D) Bu niyatni Mohlaroyim ham qo‘llab-quvvatlar edi.
14. “Endi qoʻshma soʻzga aylanayotgan qoʻshma soʻzlar ajratib yoziladi”.
Ushbu qoidaga mos misolni toping.
A) beshik toʻyi B) soch siypatar
C) temir yoʻl D) Gʻarbiy Sahara
15. Nechta turkumning qoʻshma soʻzlari doim ajratib yoziladi? (Rasm pastda)
A) 3 ta B) 4 ta
C) 1 ta D) 2 ta
16. Qaysi gapda qoʻshma fe’l ishtirok etmagan?
A) Xamir yaxshi qorilsa, barakasi ham yaxshi bo‘ladi,— dedi Matqovul. (Mirzakalon Ismoiliy)
B) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. (Sh. Rashidov)
C) Shunday o‘ylasangiz, yanglishasiz,— deb e’tiroz bildirdi Abdukarim. (I. Abdurahmonov)
D) Chaqimchilikning oqibatini koʻrib turibmiz.
17. U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi// dadasi yum-yumaloq, baqaloq bo´lsa, bu xushqad, xushsurat. (O. Yoqubov)
// belgisi oʻrniga qanday tinish belgisi qoʻyiladi?
A) vergul B) ikki nuqta
C) tire D) nuqtali vergul
18. Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o´xshaydi.
Ushbu gap tarkibi haqida toʻgʻri fikrni toping.
A) Uyushiq boʻlaklar tub soʻzlar yordamida hosil boʻlgan.
B) Yasama soʻzlar son 4 ta.
C) Qoʻshimchalar tasnifiga koʻra faqat soʻz yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar mavjud.
D) Fonetik hodisali soʻz ravish turkumining soʻzi sanaladi.
19. Omonim qoʻshimchani toping.
A) –sat B) –gacha
C) –mtir D) –sa
20. Terimchilik soʻzi haqida toʻgʻri hukmni toping.
A) Ushbu soʻz asosi ─ ot.
B) Ushbu soʻzning yasalish asosi ─ faoliyat-jarayon oti.
C) Ushbu soʻzning yasovchi vositasi ─ -chilik.
D) Ushbu soʻzda 3 ta shartli belgisi mavjud qoʻshimcha bor.
21. Uslubiy xoslanmagan soʻzni toping.
A) jilmaymoq B) opoqi
C) bildirgi D) telefon
22. “Yonma-yon kelgan unlilar ishtirok etgan so´zlar, asosan, boshqa tillardan kirgan so´zlardir. Bunday so´zlardagi unlilarni og´zaki nutqda yo bir cho´ziq unliga aylantirish, yo o´rtasiga undosh tovush qo´shish yo´li bilan tilimizga moslashtiriladi”.
Yuqoridagi qoidaga uncha mos boʻlmagan misolni toping.
A) saodat- sodat B) soat- sog´at (sohat)
C) toat-tot D) kauchuk - kavuchuk
23. Sifat yasovchi qoʻshimchalarni toping.
1) –shunos, 2) –iy, 3) –sira, 4) –agʻon, 5) –msiq, 6) –larcha, 7) –aki, 8) –ay
A) 2,4,5,7 B) 1,2,3,8
C) 4,5,6,7,8 D) 2,4,6,8
24. Qaysi soʻz yasovchi qoʻshimcha oʻzidan keyingi qoʻshimcha ta’sirida fonetik hodisaga uchramaydi?
A) ot yasovchi –lik qoʻshimchasi
B) fe’l yasovchi –ay qoʻshimchasi
C) sifat yasovchi –q qoʻshimchasi
D) fe’l yasovchi –a qoʻshimchasi
25. Asosdosh soʻzlarni toping.
A) pullamoq, pulli, bepul, puldor
B) yozgi, yozlik, yozsiz, yozuvchi
C) kulsiz, kuldon, kulgi, kulgich
D) ishlamoq, ishchi, ishchan, ishga
26. Qaysi qatorda oʻzaro sinonim boʻlgan sodda yasama va qoʻshma yasama soʻzlar uchraydi?
A) Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
B) Shirinsuxan, oqko´ngil insonlar mevali daraxtga o´xshaydi: hamma ulardan bahra oladi.
C) Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko´rki, ishyoqmaslar esa ularning og´riq joyidir.
D) Samig´ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso´z odam.
27. Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi. (Yo‘ldosh Sulaymon)
Yasama soʻzlar sonini toping.
A) 3 ta B) 2 ta
C) 1 ta D) 4 ta
28. Ariq bo´yida hamisha, har yoz ikkita jaydari atirgul, pastda namozshomgul, gultojixo´roz, sadarayhon o´sib yotadi. (Oybek)
Qoʻshma soʻzlarning barchasi uchun umumiy boʻlmagan jihatni toping.
A) Tiplari faqat ot turkumiga oid.
B) Har bir qoʻshma soʻz ikki asosdan iborat.
C) Yasalmalarning barchasi ot turkumiga oid.
D) Qoʻshma soʻzlar qoʻshib yozilgani bois bitta urgʻuga ega.
29. Qaysi qatordagi urgʻu ishorasi notoʻgʻri qoʻyilgan?
A) suzma´ (ot, quyuq qatiq) — su´zma (fe´l, suvda suzish; ovqatni suzish so´zining inkor shakli);
B) tortma´ (ot, shkafning bir qismi) – to´rtma (fe´l)
C) aka´demik (ot, unvon) – a´kademik (sifat-akademik litsey)
D) fi´zik (ot, mutaxassis) – fizi´k (sifat, fizik hodisa)
30. Choyni naridan beri ichib, otxonaga yugurdim. (Abdulla Qodiriy)
Belgilangan so‘z haqida berilgan qaysi fikr to‘g‘ri?
A﴿ Ushbu juft so‘z orasida chiziqcha tushirilgan.
B﴿ Ushbu juft so‘zning sinonimi “tezda” so‘ziga teng.
C﴿ Ushbu juft so‘z tub so‘z sanaladi.
D﴿ Ushbu juft so‘z o‘rin ravishi sifatida qo‘llangan.
3-test
1. So‘zlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
A﴿ tub, yasama, o‘zakdosh
B﴿ ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol
C﴿ sodda, qo‘shma, juft, takror
D﴿ mustaqil, yordamchi, alohida
2. Qaysi so‘z imloviy jihatdan xato yozilgan?
Olibsotar1, uchburchak2, sassiqpopishak3, sotibolmoq4
A﴿ 4 B﴿ 1 C﴿ 3 D﴿ 2
3. Endi qo‘shma so‘zga aylanayotgan qo‘shma so‘z qaysi qatorda berilgan va imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan?
A﴿ temiryo‘l B﴿ temir yo‘l
C﴿ uchburchak D﴿ uch burchak
4. Qaysi qo‘shma so‘zda urg‘u to‘g‘ri qo‘yilgan?
A﴿ so´ch siypata´r B﴿ sochsi´ypatar
C﴿be´shik to‘yi´ D﴿ beshi´kto‘y
5. Quyidagi qaysi so‘zlarning ajratib yozilishi maqsadga muvofiq?
1﴿ Kavkazoldi; 2﴿ hammavaqt; 3﴿ Mirzacho‘l; 4﴿ to‘qqizil; 5﴿ erktalab; 6﴿ ketaber; 7﴿ xushfe’l
A﴿ 1,2,4,6 B﴿ 2,3,6,7
C﴿ 2,4,6 D﴿ 4,5,6
6. Quyidagi qaysi so‘zlarning qo‘shib yozilishi maqsadga muvofiq?
1﴿ birpas, 2﴿ harxil, 3﴿ O‘zMU, 4﴿ qo‘ziqorin, 5﴿ Yuqorichirchiq, 6﴿ Ochildasturxon, 7﴿ yozaveramiz, 8﴿ liqto‘la
A﴿ 1,3,4,5,6 B﴿ 1,3,4,6,7
C﴿ 2,4,7,8 D﴿ 1,2,3,4
7. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A﴿ bira to‘la, lang ochiq, o‘rinbosar
B﴿ beshotar, och sariq, ertapishar
C﴿ Jiyda kappa, qushqo‘nmas, jigarrang
D﴿ Shirmonbuloq, suvosti, o‘nbir
8. Sarf qil, yettinchi, hisoblanmoq, keldi, yondirishdi, yigitlarga, lalmikor
Berilgan so‘zlardan nechtasi sodda yasama so‘zlar sanaladi?
A﴿ 1 tasi B﴿ 4 tasi
C﴿ 3 tasi D﴿ 2 tasi
9. Xato fikrni toping.
A﴿ Barcha so‘z turkumlarida sodda so‘zlar mavjud.
B﴿ Faqat bir o´zakdan tashkil topgan so´zlar sodda so´zlar hisoblanadi.
C﴿ Sodda so´zlarning o´zi ikkiga bo´linadi: a) sodda, b) qo‘shma.
D﴿ so‘zlar, terim, ko‘zlar, boyi so‘zlari matndagi mazmuniga ko‘ra tub yoki yasama so‘z bo‘lib kelishi mumkin.
10. shirinzabon, muzqaymoq, ishlab chiqarish, qo‘sh tabaqali
Ushbu qo‘shma so‘zlarda jami nechta urg‘u bo‘lishini toping.
A﴿ 6 ta B﴿ 3 ta
C﴿ 4 ta D﴿ 5 ta
11. toshbaqa, ochiqko´ngil, bir oz, olib kelmoq
Imloviy xato yozilgan so‘zning turkumi nima?
A﴿ ravish B﴿ sifat
C﴿ ot D﴿ fe’l
12. Qaysi qo‘shma so‘z tub so‘z sanaladi?
A﴿ birato‘la B﴿ ola qaytmoq
C﴿ har xil D﴿ to‘qson to‘qqiz
13. Qaysi qo‘shma so‘z ikkidan ortiq urg‘uga ega?
A﴿ kungaboqar B﴿ soch siypatar
C﴿ Birlashgan Millatlar Tashkiloti D﴿ gultojixo‘roz
14. Qaysi qo‘shma so‘zning sinonimi sodda yasama so‘z emas?
A﴿ bayon etmoq-so‘zlamoq B﴿ uf tortmoq-uflamoq
C﴿ tiqir etmoq-tiqirlamoq D﴿ hamnafas-yaqin
15. Qaysi qo‘shma so‘zning sinonimi to‘g‘ri berilmagan?
A﴿ o‘sal qilmoq-uyaltirmoq
B﴿ suhbat qurmoq-gaplashmoq
C﴿ sotib olmoq-sotmoq
D﴿ yod etmoq-xotirlamoq
16. Qaysi qatorda qo‘shma so‘zning sinonimi berilmagan?
A﴿ oq qilmoq→haydamoq
B﴿ qishin-yozin→doimo
C﴿ xulosa qilmoq→xulosalamoq
D﴿ kamchiqim→pishiq
17. Qo‘shma so‘zlar haqida to‘g‘ri fikr qaysi qatorda berilgan?
A﴿ Barcha turkumning qo‘shma so‘zlari yasama so‘z sifatida sanaladi.
B﴿ Qo‘shma so‘zlar tarkibi morfemik tahlil qilinadi.
C﴿ Barcha turkumning qo‘shma so‘zlari qo‘shib yoziladi.
D﴿ Qo‘shma so‘zlar qismlari boshqa sinonimlariga erkin almasha oladi.
18. Sifat-sifat tipidagi takror so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
A﴿ taqa-taq, shart-shurt
B﴿ o´z-o´zidan, o´z-o´zicha
C﴿ oldinma-keyin, nari-beri
D﴿ uzundan uzun, ochiqdan ochiq
19. Men mehmonlarni birma-bir mehmondorchilikka chaqirdim.
Belgilangan so‘zning turkumi nima?
A﴿ ravish B﴿ son
C﴿ ot D﴿ sifat
20. Qaysi so‘zning urg‘usi to‘g‘ri qo‘yilgan?
A﴿ ola´chipo´r B﴿ xumdonchilik-ku´
C﴿ ka´tta-katta D﴿ o‘li´b-tirilib
21. Qaysi gapdagi qo‘shma fe’lning ikkinchi qismi juft fe’l hisoblanadi?
A﴿ U soy yoqalab yotqizilgan omonat toshlardan sakrab-hakkalab, ohista yurib kelardi. (X. Sultonov)
B﴿ Ana, hech narsa bo‘lmagandek, yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. (Erkin A’zam)
C﴿ O‘qituvchilarimning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o‘sha yerda ko‘chiraman-qo‘yaman. (X. To‘xtaboyev)
D﴿ Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo‘yadi,— deb o‘yladi ichida O‘ktam. (Oybek)
22. Urindi-turtindi, bahslashmoq, bahs yuritmoq, haydamoq, so‘radi-qo‘ydi, bordi-keldi, o‘tdi-o‘tdi, tozaladi, javob berdi, gulladi, shitirlamoq, havas qilmoq, qochdi-ketdi, ishladi-qo‘ydi, yordam bermoq
Ushbu so‘zlar bo‘yicha to‘g‘ri fikrni toping.
A﴿ sodda so‘zlar-5 ta, qo‘shma so‘zlar-4 ta, juft so‘zlar-5 ta, takror so‘zlar-1 ta
B﴿ sodda so‘zlar-4 ta, qo‘shma so‘zlar-5 ta, juft so‘zlar-4 ta, takror so‘zlar-2 ta
C﴿ sodda so‘zlar-3 ta, qo‘shma so‘zlar-3 ta, juft so‘zlar-7 ta, takror so‘zlar-1 ta
D﴿ sodda so‘zlar-6 ta, qo‘shma so‘zlar-3 ta, juft so‘zlar-5 ta, takror so‘zlar-1 ta
23. Qaysi gapdagi juft so‘z kesim vazifasida kelmagan?
A﴿ Men shu Vatan qo‘ynida undim-o‘sdim.
B﴿ Kelganimga bir hafta bo‘ldimi-bo‘lmadimi, bilmadim, uning to‘g‘risidagi hamma gaplarni bilib oldim.
C﴿ Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlaydi, yuzidan quyilgan terni artishga qizg‘anadi.
D﴿ Bu niyatni Mohlaroyim ham qo‘llab-quvvatlar edi.
24. Qaysi gapda sodda va qo‘shma so‘zning yasama shakli qatnashgan?
A﴿ Uning chehrasi ko‘zimga tanishdek ko‘rindi. Kimgadir o‘xshaydi, lekin kimga?
B﴿ O‘yladi-o‘yladi, lekin o‘yining oxiriga yetolmadi. (N. Fozilov)
C﴿ Chol unga yaqinlashib salom berdi. Qiz loqaydgina alik oldi. (F. Musajonov)
D﴿ Yurib-yurib, oxiri yolg‘iz bir uychaga duch keldi. (Ertakdan)
25. Ish-harakatning tez va kutilmaganda ro‘y berishini ifodalagan fe’l qaysi qatorda qatnashgan?
A﴿ Nabira ko‘rgach, omonatini osongina topshirdi-ketdi. (E. Madrahimov)
B﴿ Nogoh entikdi-yu, egildi kamon. O‘q uchdi belgisiz yoqlarga tomon. Keksa otasining qaddin dol etib. Ketib borar edi farzand shu zamon.
C﴿ Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko‘nglidagi gina-adovatga barham berdi. (A. Ko‘chimov)
D﴿ Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, dadam Qipchoqlardan hovli topib keldi.
26. Es-es, chelak-chelak, qator-qator kabi takror kelgan otlar … so‘z turkumiga o‘tadi.
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A
Do'stlaringiz bilan baham: |