Quddusga yurish. Salibchilar qo‘shini Quddusga yurishda davom etdi. Sahrodan o‘tayotgan fotihlar qattiq qiynalishdi. Ularning maqsadi Quddusga etib kelgach Shahardan arablarni quvib chiqarish edi. Qamal salibchilarning toqatini toq qildi. Shaharning ayrim kichik bo‘laklarini egallashlari hisobga olinmasa, hech qanday natijaga erishmadilar. Richard qo‘shini bilan Quddusni istilo qilish mumkinmasligiga aqli etib sulh tuzishga chaqirdi, biroq Salohiddin rad etdi, salibchilar qo‘shinining ketishi va Quddusni faqat qurolsiz Yevropaliklargina ziyorat qilishi mumkin edi.
To‘rtinchi salib yurishi(1202 - 1204). To‘rtinchi salib yurishi Vizantiya imperiyasiga qarshi olib borilgan bo‘lsa-da, jahon tarixida muhim voqealardan biri ekanini hisobga olgan holda quyida yurish haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
1195 yili Vizantiya imperatori Isaak Angel o‘z akasi Aleksey tomonidan ag‘darildi. Aleksey Isaakni ko‘r qildi va Aleksey III nomi bilan imperator bo‘lib oldi. Isaakning o‘g‘li Aleksey 1201 yili Konstantinopoldan chiqib ketdi va Rimga borib papa bilan uchrashdi.
1198 yil. Rim papasi Innokentiy III venetsiyaliklarning musulmonlarga qurol sotishini taqiqlab qo‘ydi.
1198 yil sentyabrda papa Fransiya, Germaniya, Angliya, Italiya, Vengriya va boshqa davlatlarga murojaatnoma yuborib Quddusni ozod qilishga chaqirdi. Qo‘shinni yozda Janubiy Italiya va Sitsiliya bandargohlariga to‘plash rejalashtirildi.
1198 yili Innokentiy III tomonidan salib yurishiga chaqiriq yangragan bo‘lishiga qaramay, yurish kechroq 1202 - 1204 yillarda olib borildi. Rejaga ko‘ra Quddusni nazorat qilayotgan Misrdagi Ayyubiylar davlatiga qarshi yurish qilinishi kerak edi. Flotni jihozlash uchun salibchilarda etarli mablag‘ yo‘q edi. O‘sha zamondagi eng kuchli flotga ega Venetsiya yordam berishga ko‘ndi.
1199 yil so‘ngida yurishga chiquvchilar Fransiyada topildi. Papa chaqirig‘iga Shampan va Bri grafi Teobold (yoki Tibo), Shartr grafi Lyudovik, Flandriya grafi Boduen (yoki Bolduin), Lombardiya markizi Bonifatsiy hamda Angliya va Fransiyada shuhrat topgan jangchi Simon IV de Monforlar javob berishdi.
Angliya qiroli Ioann I va Fransiya qiroli Filip II papa chaqirig‘ini javobsiz qoldirdi.
Graflar 1200 yilning bahor va kuzida salib yurishi rejasini ishlab chiqish maqsadida bir necha bor to‘planishdi. Ular Venetsiya hukumati bilan Aleksandriyaga etkazib qo‘yish borasida shartnoma tuzishga qaror qilishdi. Bu maqsad uchun har bir graflik muzokaraga ikkitadan vakil yuborishi kerak edi. Elchilar orasida SHampan grafi vakili Vilgarduen ham bor edi. Elchilar 1201 yil fevralda Venetsiyaga borib doj Dandologa maqsadlarini aytishdi. Mart va aprelda muzokaralar bo‘ldi. Muzokara yakunlangach, tasdiqlatish uchun papaga yuborildi. Venetsiya Misrga 4,5 ming ritsar, 9 mingjangchi va 20 ming piyodani olib o‘tishga - yo‘lovchilar uchun 2 markadan, otlar uchun 4 markadan haq olishga shartlashdi. Bu 85000 marka pul edi. To‘lov uchga bo‘lib to‘lanishi va oxirgi muddat 1202 yil martda tugashi belgilandi.
1201 yil 8 mayda Rim papasi salibchilarning Venetsiya bilan «Salibchilarni Venetsiya kemalarida o‘tkazish haqida» tuzgan bitimini tasdiqladi.
1203 yil 13 iyul. Salibchilar qo‘shini Shahar istehkomlarini o‘qqa tutayotgan paytda, venetsiyaliklar floti sohilbo‘yini olishga harakat boshladi. Suvdagi jangda vizantiyalikpar hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi, lekin 95 yashar Dandolo boshliq Venetsiya floti qulay erga o‘rnashib oldi. Ular kech tushishi bilan yalpi hujumga o‘tib bir necha istehkomlarni egallashdi. 1203 yil 17 iyulda salibchilar va Konstantinopol himoyachilari o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘ldi. Tunda Aleksey III Konstantinopoldan qochib ketdi. Ertasiga tongda Isaak Angel ozod qilindi va taxtga o‘tqazildi. Endi u o‘g‘li Aleksey IV bilan hamkorlikda hukmronlik qila boshladi.
1203 - 1204 yillar. Salibchilar Galatadagi lagerlariga qaytishdi, venetsiyaliklar esa Xrizokeraksga kelib va’da qilingan 200 000 marka to‘lanishini kuta boshlashdi. Isaak va Aleksey IV pulni yig‘ib berishga qiyialdi. Pul to‘planguncha salibchilardan imperiyada hokimiyatni o‘rnatishda yordam borishlarini so‘radi.
Bu salib yurishi vaqtida salibchilar safida Lotin imperiyasi, Kipr qirolligi, Rum sultonligi, Muqaddas Rim imperiyasi, Avstriya gersogligi, Vengriya qirolligi (Xorvatiya, Dalmatsiya, Ga- lich), Gollandiya (Kologna, Flandriya, Friziya), Fransiya qirolligi va Papa davlati qo‘shinlari qatnashdi. Shuningdek, safda tamplierlar ordeni, tevton ordeni, gospitaler ordeni ritsarlari ham bor edi.
Innokentiy III 1208 yildanoq Quddusni qaytarib olish va Ayyubiylar davlatini yo‘q qilish haqida bosh qotirardi. 1213 yil aprelda Innokentiy III papa bullasida xristian olamini birla- shib yangi salib yurishi boshlashga targ‘ib qildi.
1215 yili Innokentiy III Quddus patriarxi Raul Merenkourt bilan IV Lateran soborida Falastinda salibchilar davlatini tiklash va Cherkovning boshqa muammolari haqida nutq so‘zladi. Rim papasi to‘rtinchi salib yurishida venetsiyaliklar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni qaytarmasdan birinchi salib yurishidagi kabi faqat Falastinni qo‘lga kiritish maqsadida birlashishga chaqirdi. Innokentiy III 1216 yili salib yurishi qatnashchilari bilan Brindisi shahrida ko‘rishishini aytdi, salibchilarda etarlicha kemalar va qurollar bo‘lishi uchun musulmonlar bilan savdo qilmay turishni buyurdi. Salib yurishininghar bir ishtirokchisiga indulgensiya berilishi ma’lum qilindi.
Fransiyada Robert Kour tomonidan salib yurishiga targ‘ib etildi. Lekin fransuz ritsarlari Janubiy Fransiyada Albigoy yurishi bilan band edi. Shu sababdan oldingi yurishlarga qaraganda bu safar juda 03fransuz ritsarlari qatnashadigan bo‘ldi.
Germaniyada Oliver Kyoln aholi orasida tashviqot olib bordi. Fridrix II Germaniyadagi ichki nizolarni bartaraf etayotgani sababli salib yurishida qatnashmasigini Innokentiy III ga ma’lum qildi. Innokentiy III 1216 yili o‘lgach, uning o‘rnini egallagan Gonoriy III Fridrix II ni salib yurishida qatnashishdan mahrum qildi. Lekin Vengriya qiroli Andresh II va Avstriya gersogi Leopold VI ning ishtirokiga ruxsat berdi. Andresh II ning 20 ming ritsari va 12 ming jangchisi bor edi.