Ettinchi salib yurishi (1248 - 1254 yillar). 1244 yili Quddus shahrining mamluklar xizmatidagi xorazmiylar tomonidan bosib olinishi xristianlarning yangi salib yurishi uyushtirishiga sabab bo‘ldi. 1245 yili Rim papasi Innokentiy IV o‘z itoatidagilarni Quddusni ozod qilish va Cherkov himoyasidan chetlatilgan Fridrix II ga qarshi salib yurishiga chaqirdi. Fransiya qiroli Lyudovik IX papa va imperator o‘rtasida vositachilik qilishga urindi. Rim papasi Benedikt IV va Muqaddas Rim imperiyasi hukmdori Fridrix II o‘rtasida papalik-imperiya nizosi davom etardi. Frederik klerikallarni hibsga olib, ularni davlat boshqaruvidan chetlatdi. 1245 yili esa Benedikt IV Fridrixni imperator sifatida tan oldi. YAngi salib yurishiga Angliya qiroli Genri III o‘z mamlakatidagi ichki nizolarni bartaraf etishga bor kuchini sarflayotgani uchun qatnasholmasligi ma’lum bo‘ldi. SHunga qaramay, Angliya qiroli, Fransiya qiroli Lyudovik IX o‘z mamlakatidan uzoqda bo‘lgan paytda, uning yurtiga tajovuz qilmaslik majburiyatini oldi. Lyudovik IX ingliz tarixchisi Metyu Parisni elchi sifatida jo‘natib Norvegiya qiroli Xaakon IV ni ham salib yurishiga taklif qildi. Biroq bundan natija chiqmadi. Salib yurishiga qatnashishni xohlagan yagona kishi Lyudovik IX edi. U 1245 yili Sharqqa yurish boshlashga qaror qildi.
Ettinchi salib yurishi ma’lum ma’noda Fransiya va Lyudovik IX ning yurishidan iborat bo‘ldi. Misr yana istilo ob’ektiga aylandi.
O‘sha paytda Fransiya Yevropaning eng kuchli davlati edi. Albigoylarga o‘tkazilgan salib yurishlari Parij hukumatiga katta hudud va mol-mulk keltirgandi. Lyudovik IX ning bir ukasi Alfons Poitoni, boshqa ukasi Karl esa Fransiyaga qo‘shilgan Anjuy- ni boshqarardi. Lyudovik keyingi uch yil davomida yurishga tayyorlandi. 1248 yili Lyudovik IX ning 20 ming piyoda va 40 ming otliq qo‘shini, 1800 kemadan iborat floti SHarqqa yurish boshladi. Qo‘shin, asosan, fransuzlardan iborat edi. Lyudovik IX Kiprda qishladi. Yurish juda yaxshi moliyalashtirildi, taxminan, 1,5 mln livr pul
sarflandi. Lekin Lyudovikka hamroh bo‘lgan zodagonlar qo‘shimcha xarajatlarning qirol xazinasidan qoplanishiga mas’ul edi, bu esa yurish juda qimmatga tushganini bildiradi.
Ular Marseldan yo‘lga chiqishdi. Kiprga etib kelishgach u erda qishlashdi. Bu davr mobaynida to‘rtinchi salib yurishidan so‘ng vujudga kelgan Lotin imperiyasi bilan yordam olish haqida kelishib olishdi, tamplier ritsarlari esa musulmonlar yaqinda bosib olgan Suriyadagi Sidonni istilo qilishda yordamlashishga va’da berdi. SHunga qaramay, yurishning asosiy yo‘nalishi Misr edi.
Baybars boshchiligidagi misrliklar saflarini to‘g‘rilab Robert boshliq salibchilar bo‘linmasiga hujum qilishdi. Jangda salibchilarning deyarli hammasi, jumladan, Robert va Uilyam Salisburi halok bo‘ldi. 290 nafar tamplier ritsarlaridan faqatgina 5 nafari tirik qoldi. Misrliklar, sal qolsa, asosiy otliq qo‘shinni ham engishlari mumkin edi, lekin Lyudovik IX ni himoya qilish uchun Ashmun kanalini kesib o‘tib yordamga etib kelgan piyodalar uni qutqarib qoldi. Misrliklar to‘la g‘alabaga erisholmasliklarini anglagach qo‘shinga dam berib yangi jangga tayyorlanish uchun Mansuraga chekinishdi.
1250 yil 11 fevral kuni tushkunlikka tushgan salibchilar istehkomlarini bir amallab saqlab qolishdi, ular «grek olovi»dan unumli foydalanib shu natijaga erishishgandi.
1250 yil mart-aprel oylarida aloqa yo‘llari uzilgani va salibchilar orasida kasallik tarqagani bois, Lyudovik IX ta’qibni davom ettirayotgan misrliklardan uzoqlashish niyatida Damyotga chekinishga buyruq berdi, biroq Fariskur jangida uning qo‘shini tor- mor etildi, o‘zi esa asirga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |