tasvirga olishda, munosabat chizig‘ini kesib o‘tish lozim bo‘lib
qolganda bu o‘tish bevosita tomoshabin ko‘z oldida ro‘y
berishi lozim
15
.
29-rasm.
Munosabat chizig‘ini kesib o‘tishning yana bir usuli bor
va bu usul kameraning emas, balki endi aktyorlarning kadrda
15
Walter Murch. In the blink of an eye. 1995. ISBN -13 978-1879505230, 89-b.
64
harakatlanishlariga asoslanadi. (29-rasm). Tamoyil qoidasiga
binoan
munosabat
chizig‘i bevosita ikkita suxbatdosh
ob’ektning o‘rtasiga tasavvurda chiziladi. Demak, aktyorlar
harakatlansalar ular bilan birga munosabat chizig‘i ham
ko‘chib
yuradi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, kamera munosabat
chizig‘ining boshqa tomonida bo‘lib qolishi uchun mana shu
munosabat chizig‘ini surishning o‘zigina kifoya bo‘larkan. Bu
fikrimizni yaqqol ko‘rib ishonch hosil qilishingiz uchun 29-
rasmni ko‘rishimiz mumkin.
Bu variantimizda kameramiz o‘z joyidan jilmadi. Bu safar
aktyorlar mizanssenadagi o‘z o‘rinlarini o‘zgartirdilar, va eng
asosiysi, bu holat ham bevosita tomoshabinlarning ko‘z o‘ngida
ro‘y berdi. Janob Aliev epizod boshida kadrning chap tomonida
turgan bo‘lsa, tasvirga olish davomida u o‘z rolini ijro etar ekan
asta yurib kadrning chap tomoniga o‘tdi. Bu bilan u Begalieva
xonimga va kameraga nisbatan o‘z joylashishini o‘zgartirdi.
Modomiki, Aliev Begalieva xonim bilan suhbatda, ya’ni
munosabatda bo‘layotgan ekan Aliev harakatlangan paytda
ularning o‘rtasidagi munosabat chizig‘i ham yangi holatga
ko‘chdi. Natijada biz, kamera bilan munosabat chizig‘ining
boshqa tomoniga hech qanday harakatsiz o‘tib qoldik. Endi biz
avval tasvirga olishimiz mumkin bo‘lmagan 14-tasvirga olish
nuqtasiga o‘ta olamiz (30-rasm).
30-rasm.
65
Agar sahnada faqat ikki kishi ishtirok etayotgan bo‘lsa
unda kadrlarni “Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha montaj”
qoidalariga asosan tasvirga olish uncha katta muammo
tug‘dirmaydi. Biroq, ishtirokchilar soni ortib borishi bilan
montaj qoidalariga bo‘ysingan holda ishlash, makonda to‘g‘ri
mo‘ljal olish ham qiyinlashib boraveradi.
Tasavvur qilaylik, endi ikki emas uchta inson o‘zaro
suhbat olib borishmoqda. Tasvirga olish maydoninining 31-
rasmda keltirilgan chizmasiga diqqat qaratamiz. Keling, taxlil
qilib ko‘ramiz, chizmada keltirilgan qaysi tasvirga olish
nuqtalari to‘g‘ri tanlanganu, qaysilari noto‘g‘ri tanlangan va
tomoshabinlarni chalg‘itib yuboradi.
31-rasm.
66
Suhbat chog‘ida kim kimga qarab o‘tiribdi? E’tibor
qarating: kameralarning barchasi Begalieva xonim va janob
Solievlarning o‘rtalaridan o‘tgan munosabat chizig‘ining qat’iy
bir tomonida joylashgan. Nima deb o‘ylaysiz, kameralarning bu
tartibda o‘rnatilgani to‘g‘rimi? Aliev va Begalieva xonimlarning
suhbatiga Soliev ham aralashdi. Agar tasvirga olish nuqtalariga
bundan avvalgi ikki kishilik misoldagidek qarasak hammasi
to‘g‘ridek. Biroq, keling kameralarda olingan tasvirlarni
raskadrovkalarga ko‘chirib ularni ko‘rib chiqamiz (31-rasm).
1-kadr. U shunday tasvirga olinganki, u kadr makonida
joylashgan qahramonlar va ob’ektlar haqida umumiy tasavvur
beradi.
2-kadr. Montajning makonda mo‘ljal olish bo‘yicha 2-
tamoyili qoidalariga mos ravishda tasvirga olingan. Begalieva
xonim janob Alievga qarab turibdi. To‘g‘ri!
3-kadr. Bu holat 1-kadrdagi holatga tamomila teskari.
Janob Aliev o‘ngga emas balki chapga qarab qolibdi. Bu hato!
4-kadr. U 1-kadrdagi holatga to‘g‘ri keladi: Janob Soliev
Janob Aliev va Begalieva xonimlarning suhbatini kuzatib
turibdi.
Bu misoldagi sahnani televideniedagi biror ko‘rsatuvning
tasvirga olish jarayoni deb hisoblashimiz ham mumkin. Janob
Aliev – teleboshlovchi, u studiyaga taklif etigan mehmonlar –
Begalieva va Solievlar bilan suhbat qurmoqda. Aliev birinchi
bo‘lib Begalieva xonimga savol bilan murojaat qildi va ularning
suhbatlari juda qizib ketdi. Bu paytda janob Soliev o‘z navbatini
kutib qizg‘in suhbatni chetdan tinglab turibdi.
Begalieva xonimning nigohi uning so‘zarini katta qiziqish
bilan tinglayotgan teleboshlovchi Alievga qaratilgan.
Bu joydagi xatolik juda tez ko‘zga tashlanadi, barcha
o‘zaro munosabatda bo‘layotgan ishtirokchilar o‘rtasiga punktir
chiziq bilan belgilangan va rim raqamlari bilan raqamlangan
munosabat chiziqlari tortiladi (32-rasm).
67
Do'stlaringiz bilan baham: |