Кино ва телевидениеда монтаж


munosabatda  bo‘layotgan  ikkita  ob’ektni  tasvirga  olish



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

munosabatda  bo‘layotgan  ikkita  ob’ektni  tasvirga  olish 
paytida  tasvirga  olish  ishlari  ular
 
o‘rtasidan  o‘tgan 
munosabat 
chizig‘ining  qat’iy  bir  tomonidan  amalga 
oshirilishi shart
14

E’tibor  bering,  bu  yerda  o‘zaro  munosabatda  bo‘layotgan 
ikkita  odam  emas,  balki  o‘zaro  munosabatda  bo‘layotgan  ikkita 
ob’ektni  tasvirga  olishda  deyilyapti.  Bu  shuni  anglatadiki, 
kadrda faqat odam yoki jonli narsalar emas, balki jonli va jonsiz 
narsalar  ham  o‘zaro  munosabatda  bo‘lishi  mumkin  ekan. 
Malasan,  odam  televizor  ko‘ryapti  ularning  biri  jonli  ikkinchisi 
– jonsiz. 
Bundan  kelib  chiqadiki,  biz  2a-tasvirga  olish  nuqtasini 
yangi  2b-nuqtaga  olib  o‘tish  orqali  har  ikkala  tasvirga  olish 
nuqtasining  munosabat  chizig‘iga  nisbatan  qat’iy  bir  tomondan 
joy  olishiga  erishdik.  Buni  28-rasmga  kichik  o‘zgartirish  orqali 
yanada  yaqqolroq  ko‘rishimiz  mumkin  bo‘ladi  (26  rasm). 
Muammo yechildi. 
 
26-rasm. 
 
O‘ylaymizki,  keltirilgan  misollar  sizga  montajning  2-
tamoyili  bo‘lgan  “Makonda  mo‘ljal  olish  bo‘yicha  montaj”ning 
asosiy mohiyatini tushunib olishga imkon berdi.  
Agar  kameralar  ikkita  o‘zaro  munosabatda  bo‘layotgan 
                                                      
14
 Walter Murch. In the blink of an eye. 1995. ISBN -13 978-1879505230, 87-b. 


60
 
 
ob’ektlarni  tasvirga  olish  chog‘ida  ularning  o‘rtasidan  o‘tgan 
munosabat  chizig‘ining  qat’iy  bir  tomoniga  joylashtirilsa  bu 
sahnani ekranda ko‘rib turgan tomoshabinda bu holatni bevosita 
hayotda  o‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rib  turgandek  taassurot  paydo 
bo‘ladi.  Tasvirga  olishning  bunday  amalga  oshirilishi 
tomoshabinlarga  voqea  sodir  bo‘layotgan  makon,  joy  va  undan 
o‘rin  olgan  insonlar,  boshqa  ob’ektlarning  joylashgan  o‘rinlari 
haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishlariga imkon yaratadi. 
Ba’zan  kino  film  yaratish  jarayonida  shunday  bo‘ladiki, 
ikkita suhbat qilayotgan insonlarning biri boshqa joyda, aytaylik 
pavilondagi  dekoratsiyaning  bir  qismida  va  ikkinchi  insonning 
tasviri  esa  umuman  boshqa  bir  joyda  olinadi.  Hatto  bu  kadrlar 
boshqa  vaqtda,  boshqa  bir  davlatda  olingan  bo‘lishi  ham 
mumkin.  Bu  kadrlar  o‘zaro  montaj  qilinganida  esa  tomoshabin 
bu  kadrlarning  boshqa-boshqa  joylarda  olinganini  sezmaydi 
ham.  Bunday  holatlar  ko‘pincha  pavilonlarda  dekoratsiyalar 
yordamida  suratga  olish  paytida  ko‘p  uchrab  turadi.  Tabiat 
qo‘ynida  tasvirga  olishda  ham  bunday  holatga  duch  kelishimiz 
mumkin.  Bir  qahramonning  “Yirik”  yoki  “O‘rta”  planini 
tasvirga  olib  bo‘lganimizdan  so‘ng  unga  qarama-qarshi  holatda 
turgan ikkinchi insonning kadrini tasvirga olishga kadr fonining 
talabga  javob  bermasligi,  haddan  tashqari  yorqinligi  yoki  kadr 
mazmuni  va  sifatiga  putur  yetkazuvchi  ortiqcha  predmetlarning 
kadrga tushib qolishi halaqit berishi mumkin. Bu holatda aktyor 
boshqa  ma’qulroq  fonga  olib  o‘tiladi  va  2-tamoyilning 
qoidalariga  amal  qilingan  holda  tasvirga  olinadi.  Montajdan 
so‘ng bu kadrlar huddi bir joyda olingandek ko‘rinaveradi.  
Bu  kabi  holatlarda  rejissyor  va  operatorlardan  alohida 
mahorat  talab  etiladi.  Kadrlarni  tasvirga  olishda  nafaqat 
munosabat  chizig‘iga  amal  qilish,  balki  yorug‘likning  tushishi, 
rang  kabi  qator  jihatlarga  ham  e’tibor  qaratish  lozim  bo‘ladi. 
Rejissyor  avvalo  bunday  vaziyatlarda  sahnaga  oid  har  bir  kadr 
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi va uning 2-tamoyil bo‘yicha 
montaj  yechimini  puxta  ishlab  chiqishi  va  o‘zi  uchun  belgilab 


61
 
 
olishi  kerak  bo‘ladi.  Operator  ham  o‘z  navbatida  ekranda  turli 
kadrlar  orqali  sun’iy  ravishda  hosil  qilinayotgan  muhitning 
tomoshabinlar  tomonidan  yagona  muhit  va  makondek  qabul 
qilinishi  uchun  bu  tamoyilning  qoidalarini  chuqur  bilishi  talab 
etiladi.  
Montajning  2-tamoyilining  asosiy  maqsadi,  har  qanday 
vaziyatda  ham  tomoshabinga  biz  tasvirga  olayotgan  makonda 
adashib qolmasligiga erishishdan iboratdir.  
Umuman  olganda,  “Makonda  mo‘ljal  olish  bo‘yicha 
montaj”  tamoyili  har  doim  yuqorida  aytib  o‘tilgan  qat’iy 
qoidaga asoslanadi (27-rasm). 
 
27-rasm. 
 
Bu  vaziyatda  13-tasvirga  olish  nuqtasidan  tashqari  barcha 
nuqtalar to‘g‘ri tanlangan. 
Yana  bir  bor  eslatib  o‘tamizki,  montajning  bu  tamoyili 
o‘zaro munosabatda bo‘layotgan barcha ob’ektlarga dahldordir: 
odam  bilan  odam;  biror  predmet  bilan  odam,  masalan  rassom 
bilan  malbert,  tomoshabin  va  kinoekran;  xayvon  bilan  xayvon; 
kema va sohil va hokazo. 
Keling, endi injiq rejissyor baribir bu mustahkam chiziqni 
kesib  o‘tishga  jazm  qilgan  vaziyatni  ham  ko‘rib  chiqamiz. 
Chunki,  ijod  jarayonida  rejissyorlar  turli  kutilmagan  qarorlarni 
ham  qabul  qilishlariga  to‘g‘ri  keladi.  Rejissyor  kutilmaganda 
yangi  ijodiy  g‘oya  bilan  sahnani  boshqa  tomondan  ko‘rsatib 


62
 
 
berishni  istab  qolishi  mumkin.  Umid  qilamizki,  unda  bunday 
qilish uchun rostdan ham arzirli sabablar bo‘lgan.  
O‘rinli  savol  tug‘iladi:  xo‘sh  bu  ishni  qanday  amalga 
oshirishimiz  mumkin?  Qanday  qilib  tomoshabinlar  uchun 
noqulaylik tug‘dirmasdan munosabat chizig‘ini kesib o‘tishimiz 
mumkin? 
Bu savolga bir emas ikkita javob mavjud. Birinchi variant 
28-rasmda aks etgan. 
Rejissyor tasvirga olish chog‘ida kutilmaganda navbatdagi 
kadrni  munosabat  chizig‘ining  qarama-qarshi  tomonidan 
tasvirga  olishni  istab  qoldi.  U  operatordan  kamerani  13a-
tasvirga  olish  nuqtasidan  13b-nuqtaga  o‘tkazishini  so‘radi. 
Operator  avvaliga  bu  talabni  qabul  qila  olmadi.  Chunki,  bu 
montajnin  2-tamoyili  talablarini  qo‘pol  ravishda  buzilishiga  va 
natijada 
filmning 
montaji 
jarayonida 
qator 
jiddiy 
muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi-da!  
 
28-rasm. Munosabat chizig‘ini kesib o‘tishning 1-usuli.  
 
U  vaziyatni  taxlil  qilib  ko‘rib  masalaning  oddiy  va 
qoyilmaqom  yechimini  topdi.  Operator  kamerani  rejissyor 
aytganidek  13a-nuqtadan  13b-nuqtaga  olib  o‘tdi,  lekin  u  bu 


63
 
 
ishni  bevosita  tasvirga  olish  chog‘ida  amalga  oshirdi,  ya’ni  u 
kamerani  tasvirga  olishdan  to‘xtatmasdan  munosabat  chizig‘ini 
kesib  o‘tdi.  Qahramonlar  esa  o‘z  joylarini  o‘zgartirmasdan 
rollarini  ijro  etishda  davom  etdilar.  Bu  bevosita  “kesib  o‘tish” 
sababli  tomoshabin  kameraning  munosabat  chizig‘ini  qanday 
kesib  o‘tayotganligiga  shaxsan  guvoh  bo‘ldi  va  makonda 
ob’ektlarning  kameraga  nisbatan  yangi  tartibdagi  joylashuviga 
moslashib  oldi.  Bu  o‘zgarish  bevosita  tomoshabinnin  ko‘z 
o‘ngida sodir bo‘ldi. Chap tomonda turgan qahramon endi o‘ng 
tomondan,  o‘ng  tomonda  turan  ob’ekt  esa  endi  chap  tomondan 
joy oldilar.  
Endi  sahnaning  qolgan  14,  15,  16  va  boshqa  kadrlarini 
ham  munosabat  chizig‘inin  shu  nuqta  joylashgan  tomonidan 
suratga olish mumkin.  
Demak,  o‘zaro  munosabatda  bo‘layotgan  ikki  ob’ektni 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish