Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

1.3 Ikkinchi tamoyil:  
Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha montaj 
Bu  mavzuda  montajning  ikkinchi  tamoyili  talablari  va 
qoidalari  yoritib  berilgan.  Tomoshabin  uchun  film  voqealari 
sodir bo‘layotgan makon haqida to‘g‘ri tasavvurni shakllantirish 
bu tamoyilning asosiy talabi hisoblanadi. 
Bu  tamoyil,  nazarimizda,  montajning  eng  muhim 
tamoyillaridan  biri  bo‘lib,  u  kadrda  ikkita  va  undan  ortiq 
ob’ektlar,  insonlar  o‘zaro  munosabatda  bo‘lgan  vaziyatlarda 
voqeani tomoshabinga tushunarli qilib yetkazib berishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Bunday  sahnani,  ya’ni  ikkita  inson  o‘zaro  suhbat 
qurayotgan  sahnani  qanday  qilib  to‘g‘ri  tasvirga  olish  mumkin? 
Kameralarni 
qaysi 
nuqtalarga 
qo‘yilsa  to‘g‘ri  bo‘ladi? 
Ishtirokchilari  soni  2  tadan  100  tagacha,  hatto  undan  ko‘p 
bo‘lgan  vaziyatlarda  kadrlarni  qanday  tasvirga  olish  lozim? 
Biror  makon  yoki  joyda  sodir  bo‘layotgan  voqea  haqida 
tomoshabinga qanday qilib to‘g‘ri taassurot uyg‘otish mumkin?  
Keling,  bu  savollarga  javob  topishni  quyidagi  eng  sodda 
vaziyatni 
ko‘rib  chiqishdan  boshlaymiz:  alohida-alohida 
tasvirga  olingan  ikkita  insonning  yirik  planlarini  o‘zaro  montaj 
qilinganda  ular  huddi  o‘zaro  suhbatlashayotgandek  bo‘lib 
ko‘rinishlari  uchun  kameralarni  qaysi  nuqtalarga  o‘rnatib 
tasvirga olish kerak? 
 
 
20-rasm. 


56
 
 
Ishni  bu  sahnaning  mizanssenasini  (tasvirga  olish 
maydonchasi 
chizmasini) 
chizib 
olishdan 
boshlaymiz. 
Kameralarni  1-  va  2-  tasvirga  olish  nuqtalariga  o‘rnatamiz  (20-
rasm). 
Tasvirga olishdan so‘ng ekranda quyidagi natijani ko‘ramiz 
(21-rasm). 
 
21-rasm. 
 
Bu  vaziyatda  ko‘rinib  turibdiki,  tomoshabin  ekranda 
o‘zaro  suhbatlashayotgan  insonlarni  emas,  balki  ikkalasi  ham 
bir tomonga qarab turgan insonlarni ko‘rar ekan... Biroq bunday 
bo‘lishi  mumkin  emas!  Suhbatlashayotgan  paytda  odamlar  bir-
birlariga qarab o‘tirishlari kerak-ku! 
Keling,  endi  kameralarning  nuqtalarini  bir  oz  o‘zgartirib 
ko‘ramiz.  1-kamerani  shunday  joylashtiramizki,  kadrda  janob 
Aliev  va  bizga  orqasi  bilan  turgan  Begalieva    xonimning 
yelkasining  bir  qismi  ko‘rinib  turadi.  Natijani  yana  bir  bor 
ko‘rib chiqamiz (22-rasm). 
Ekranda  hosil  bo‘lgan  natijani  taxlil  qilib  ko‘ramiz. 
Birinchi  kadrda  janob  Aliev  ro‘parasida  turgan  Begalieva 
xonimga  qarab  turibdi.  Bunga  zarracha  shubha  yo‘q,  albatta. 
Biroq Begalieva xonim qayoqqa qarab turibdi? Shunisi aniqki, u 
Alievga  qarab  turgani  yo‘q!  Unda  u  kimga  qarab  turibdi, 


57
 
 
o‘zigami? 
 
22-rasm. 
 
Afsus!  Biroq  bu  haqiqat,  bizda  u  rostdan  ham  o‘ziga  o‘zi 
qarab turganday taassurot uyg‘onmoqda (23-rasm). 
 
 
23-rasm. 
 
Bir qarashda be’manilik...  Biroq, agar siz xayolan 1-va 2-
tasvirga  olish  nuqtalariga  o‘zingizni  qo‘yib  ko‘rsangiz  bu 
nuqtalardan  olingan  kadrlar  ekranda  rostdan  ham  huddi  shu 
ko‘rinishda bo‘lishiga ishonch hosil qilasiz! 
Alievning  ekranning  chap  tomonidan  birdaniga  o‘ng 
tomonga  o‘tib  qolishi  tomoshabin  uchun  tamomila  kutilmagan 
va  tushunarsiz  holat  bo‘ladi.  Bechora  tomoshabinlar  filmni 
tomosha qilishni tashlab, qanday qilib bu vaziyat ro‘y berganlini 


58
 
 
haqida o‘ylay boshlaydilar. 
Bu  muammoni  yechish  uchun,  2-tasvirga  olish  nuqtasini 
keyingi  mizanssenadagi  kabi  strelka  bilan  ko‘rsatilgan  yangi 
nuqtaga o‘tkazib ko‘ramiz (24-rasm).  
 
24-rasm. 
 
Tasvirga  olish  nuqtasini  bu  ko‘rinishga  o‘zgartirish 
ekranda  ko‘rinadigan  natijaga  sezilarli  o‘zgartirish  kiritadi  (25-
rasm). 
 
 
25-rasm. 
 
2-tasvirga  olish  nuqtasini  o‘rnini  o‘zgartirish  orqali  biz 
janob  Alievning  makondagi  o‘z  qonuniy  joyiga  qaytardik.  U 
kadrning  chap  tomonidan  joy  oldi  va  o‘z  nigohini  suhbatdoshi 
Begalieva xonimga qaratdi.  


59
 
 
Montajning  “Makonda  bo‘ljal  olish  bo‘yicha  montaj”  deb 
nom  olgan  2-tamoyili  quyidagi  qoidaga  asoslanadi:  o‘zaro 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish