Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

34-rasm. 
 
Yanada  murakkabroq  misolni  ko‘rib  chiqamiz.  Katta 
majlislar zalida majlis o‘tkazilmoqda. Har doimgiday, uzun stol 
yonida  prezidium  a’zolari  o‘tirishibdi.  Minbarda  notiq  nutq 
so‘zlamoqda.  Bir  necha  kirish  eshiklariga  ega  bo‘lgan 
anchagina  keng  zal  majlis  qatnashchilari  bilan  to‘lgan. 
(Tasvirga  olish  rejasida  biz  vaziyatni  matnda  yozilganidek 
batafsil  chizib  o‘tirmaymiz,  balki  mavzuni  yoritib  berishimiz 
uchun  kerak  bo‘lgan  ishtirokchilarni  va  rejissyor  va  operator 
tomonidan  tanlangan  hamma  tasvirga  olish  nuqtalarinigina  aks 
ettiramiz xolos.) 


70
 
 
Majlis  jarayonini  televizion  ko‘rsatuv  sifatida  ko‘rsatib 
berishda  rejissyor  va  operator  oldida  kadrlarni  kompozitsiya 
bo‘yicha  takrorlamaslik  vazifasi  turadi.  Biroq  eng  asosiysi, 
“Makonda  mo‘ljal  olish  bo‘yicha  montaj”  tamoyili  qoidalarini 
buzmaslik, 
majlis 
jarayonini 
buzib 
ko‘rsatmaslik  va 
tomoshabinga  majlis  ishtirokchilarining  joylashgan  o‘rinlari 
haqida  to‘g‘ri  tasavvur  berish.  Aytish  lozimki,  bu  vaziyat 
ko‘prok televizion ko‘rsatuvlariga xos. 
 
35-rasm. 
 
O‘z  tajribangiz  va  egallagan  bilimingizga  tayanib  quyida 
keltirilgan  35-rasmda  keltirilgan  tasvirga  olish  nuqtalaridan 
qaysi  birlarini  rejissyor  va  operator  “Makonda  mo‘ljal  olish 
bo‘yicha  montaj”  tamoyillari  bo‘yicha  to‘g‘ri  tanlaganini 
aniqlashga  urinib  ko‘ring?  Qaysi  nuqtalarni  tanlashda  ular  xato 


71
 
 
qilganlar? 
Bu murakkab tasvirga olish chizmasini tushunib olishning 
yagona  to‘g‘ri  usuli  –  uni  raskadrovka  sifatida  chizib  olishdir. 
Unga  asosan  aniq  belgilash  mumkin,  qanday  tasvirga  olish 
nuqtalarini  belgilashda  xatolikka  yo‘l  qo‘yilgan  va  noto‘g‘ri 
tanlangan.  Ko‘rib  chiqamiz  va  natijani  taxlil  qilamiz  (36,  37-
rasmlar). 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
36-rasm.                              37-rasm. 
 
1-kadr.  Notiq  minbardan  turib  zalga  qaragan  holda  nutq 
so‘zlamoqda.  Uning  nigoxi  o‘ngdan  chapga  qaratilgan. 
Tinglovchilar  unga  qarab  o‘tirishibdi.  Ularning  nigoxlari  esa 


72
 
 
chapdan o‘ngga qaragan. 
2-kadr.  Notiq  minbar  oldida  turibdi  va  kameraga  nisbatan 
bir oz burchak  ostida  joylashgan. Uning nigoxi o‘ngdan chapga 
qaragan. 
3-kadr.  Zalning  bir  qismi  tinglovchilar  bilan  to‘lgan. 
Ularning  nigoxlari  kadrda  huddi  notiqning  orqasiga  qarab 
turgandek  aks  etib  qolgan.  Tinglovchilarning  zalda  nima 
sababdan bunaqa teskari holatda o‘tirganini tomoshabin tushuna 
olmaydi. 
4-kadr.  Tinglovchining  yirik  plani.  Uning  nigohi  chapdan 
o‘ngga qaragan. Yana noto‘g‘ri. 
  
5-kadr.  Majlisning  boshqa  ishtirokchisi,  biroq  u  bundan 
avval ko‘rsatilgan tinglovchiga qarab o‘tirganday ko‘rinmoqda. 
Bu  vaziyatda  prezidium  qaysi  tomondayu,    tinglovchilar 
qaysi  tomondaligini  aniqlashga  urinib    ko‘ringchi,  tinglovchiga 
nisbatan o‘ngdami yoki chapda? 
6-kadr.  Prezidium  a’zolarining  o‘rta  plani.  Ular  huddi 
tinglovchilar  qaysi  tomonga  qarab  o‘tirishgan  bo‘lsa  o‘sha 
tomonga 
qarab 
o‘tirishgandek. 
Kadrda 
prezidium 
ko‘rsatilayotganini faqat kadrda bir qismi aks etgan uzun stolga 
qarab sezib olish mumkin. 
7-kadr.  Majlis  zalining  umumiy  plani.  1-kadrga  nisbatan 
teskari vaziyat. 
8-kadr.  Zalda  o‘tirgan  ishtirokchilardan  birining  yirik 
plani.  Uni  oldingi  kadr  bilan  hech  qanaqasiga  montaj  qilib 
bo‘lmaydi.  
9-kadr.  Notiqning  yirik  plani.  Uning  nigoxi  8-kadrda  aks 
etgan  tinglovchining  orqasiga  qarab  turgandek  ko‘rinadi. 
Afsus!.. bu kadrni ham montaj qilib bo‘lmaydi. 
10-kadr. Zalning umumiy plani. Majlic ishtirokchilarining 
ekran  makonida  joylashishi  1-kadr  bilan  mos  tushadi.  Biroq  9-
kadrga mos kelmaydi.  
Ishonchimiz  komilki,  hatto  ijodkorlardan  katta  mas’uliyat 
talab  qiluvchi  ko‘rsatuvlarni  yuqoridagi  kabi  bilimsizlarcha 


73
 
 
montaj  qilinganligini  siz  bir  emas  ko‘p  marta  kuzatgansiz  va 
kelajakda yana ko‘p ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi. 
Bunday 
telba-teskari 
tasvirga 
olingan 
ko‘rsatuvni 
kuzatgan  tomoshabin  nimalarni  his  qiladi?  U  majlislar  zalidan 
tayyorlangan bu reportajni ko‘rganda qanday taassurot oladi? 
Tomoshabin  5-  va  6-kadrlarni  ko‘rgandayoq  prezidium 
a’zolari, tinglovchilarning majlislar zalida joylashgan o‘rinlarini 
aniqlolmay  chalkashib  ketadi.  Keyin  bo‘lsa,  unga  rejissyor 
tomonidan  taklif  etilgan  bunday  g‘alati  topishmoqni  yechish 
uchun  o‘zini  ko‘p  urintirmasdan  ekrandan  ko‘zini  olib  qochadi. 
Faqat ekran ortidan o‘qilayotgan matnni tinglaydi xolos. 
Biroq,  unda  faqat  tomoshabinning  asabiga  tegishga 
yaraydigan  bunaqa  tasvirlarni  tasvirga  olishning  nima  keragi 
bor?  Buning  ustiga  tomoshabinda  ko‘rsatuvga  nisbatan  salbiy 
hissiyot  va  taassurot  uyg‘otadi,  beixtiyor  va  yashirincha  tarzda 
uning  asabiga  tegadi.  Bunga  sabab  ko‘rsatuvda  ko‘tarilayotgan 
mavzu  emas,  balki  uning  noto‘g‘ri  va  makon  bo‘yicha  buzilgan 
tarzda  ekranda  ko‘rsatilganidir.  Operatorlar  kadrlarni  to‘g‘ri 
kelgan tomondan tasvirga olaverishgan. Tomoshabinlar esa ular 
tomonidan  e’tiborsizlik  va  sovuqqonlik  bilan  tasvirga  olingan 
kadrlarni, majlis haqidagi bu reportajni tezroq unutishga harakat 
qiladilar. 
Biz  tasvirga  olgan  kadrlarning  nimasi  noto‘g‘ri?  Qanday 
xatoliklarga  yo‘l  qo‘yildi  va  ularni  kelajakda  takrorlamaslik 
uchun nima qilish lozim? 
1-, 
2-, 
5-, 
8- 
va 
10-kadrlar 
majlislar 
zalidagi 
“tinglovchilar-notiq”  munosabat  chizig‘ining  bir  tomonida 
joylashgan  nuqtalardan  tasvirga  olingan,  3-,  4-,  6-,  7-  va  9-
kadrlar  esa  bu  bunosabat  chizig‘ing  ikkinchi  tomonida 
joylashgan tasvirga olish nuqtalaridan tasvirga tushirilgan. 
Bunday  hollarda  odatda,  ekrandagi  u  yoki  bu  insonning 
nigohi  qaysi  tomonga  qaragan  bo‘lishi  kerakligini  aniqlashning 
eng  oddiy  usulidan  foydalaniladi.  Buning  uchun  rejissyor  va 
operator  tasvirga  olishni  boshlagunga  qadar,  barcha  kadrlarni 


74
 
 
munosabat  chizig‘ining  qaysi  tomonidan  tasvirga  olishni  hal 
qilib  olishadi.  Shunga  asosan  (agar  ular  tasvirga  olish  chog‘ida 
yoritish  uskunalaridan  foydalanishsa)  yoritish  uskunalarini  ham 
joylashtiradilar. Keyin esa, kadrlarni tasvirga olishda prezidium 
a’zolari  va  notiqning  nigohlari  huddi  eng  birinchi  olingan 
kadrdagidek  tasvirga  olinishini  nazorat  qiladilar.  Bizning 
misolda  bu:  o‘ngdan  chapga.  Zalda  o‘tirgan  tinglovchilarning 
nigohlari  esa,  qanday  yiriklikdagi  planda  tasvirga  olinishi  va 
joylashuvidan  qat’i  nazar,  chapdan  –  o‘ngga  qaratilgan. 
Umuman  olganda  buning  qiyin  joyi  yo‘q  ekan.  Parterda 
o‘tiradimi  yoki  balkonda,  hamma  tomoshabinlar  kadrda  bir 
tomonga  –  masalan  chapdan  –  o‘ngga  qarab  turishi,  sahnadagi 
aktyorlar  esa,  kameraga  nisbatan  olinganda,  aksincha  o‘ngdan-
chapga  qarab  tirishi  kerak  ekan.  Mana  sizga  qoida!  Nahotki 
buni o‘rganib olish qiyin bo‘lsa! 
Operator  tasvirga  olish  jarayonida  doim  vizirga  qarab  ish 
olib  boradi  va  doim  o‘zi  tasvirga  olayotgan  insonning  nigohi 
qaysi  tomonga  qarab  turganini  ko‘ra  oladi:  kameraga  nisbatan 
o‘nggami  yoki  chapga.  Tajribali  rejissyor  ham  hech  qanday 
qiyinchiliksiz,  operatorning  harakatlari  va  ob’ektiv  yo‘nalgan 
tomonga  qarab  ayni  paytda  operator  tomonidan  tasvirga 
olinayotgan  kadr  “Makonda  mo‘ljal  olish  bo‘yicha  montaj” 
talablariga  javob  berishi  yoki  bermasligini  osongina  aniqlab 
olishi  mumkin.  Agar  operator  ish  jarayonida  chalkashib  ketsa, 
rejissyor  uning  xatosini  to‘g‘rilashga  yordam  berib  yuborishi 
mumkin (38 va 39-rasmlar). 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish