Nazorat savollari:
1. Ob’ekt harakat yo‘nalishi deganda nimani tushunasiz?
2. Ob’ektning harakat yo‘nalishi yuz berganda bu qanday
ko‘rsatiladi?
3. Ob’ektning harakat yo‘nalishini to‘g‘ri aks ettirish nega
muhim?
94
1.5 To‘rtinchi tamoyil: Faza bo‘yicha montaj
Mavzu montajning to‘rtinchi tamoyiliga bag‘ishlangan
bo‘lib, kadrda harakatlanayotgan ob’ektlarning harakat fazasini
va ekrada yuz berayotgan voqeylikni tomoshabinga to‘g‘ri
yetkazib berish bu tamoyilning asosiy talabi hisoblanadi.
Bir sahna yoki epizod doirasida kadrlarni birlashtirishga
daxldor bo‘lgan montaj tamoyillari talablarini har bir rejissyor,
operator va hatto televizion jurnalist ham juda puxta o‘rgangan
bo‘lishi kerak. Albatta, kadr mizanssenasini qurishda, tasvirga
olish nuqtasini tanlashda va tasvirga olish ishlari davomida ana
shu montaj talablaridan kelib ishlash kerak bo‘ladi. Ob’ekt
harakati fazasi bo‘yicha montaj ekran asarlari ijodkorlaridan
tasvirga olish ishlari paytida yanada diqqatliroq bo‘lishni talab
etadi.
Dunyoda hamma harakat siklik, ya’ni takrorlanuvchi
xususiyatga ega. Bu sikllarning davomliligi bir-biridan farq
qiladi xolos. Faqat, aylanayotgan tekis aylananing, masalan
velosiped
g‘ildiragining harakat fazasini aniq belgilab
bo‘lmaydi. Tez aylanayotgan paytda u necha marta aylanib
o‘tganini va uning qaysi qismi qaerdan harakatni boshlab qaerda
tugatganini aniqlash qiyin. Chunki, uning hamma tomoni bir xil.
Biroq, bu g‘ildirakning biror joyiga qizil bo‘yoq bilan belgi
qo‘yilsa, uning aylana harakatida turli fazalarni kuzatish
mumkin bo‘ladi. G‘ildirak harakatining qizil belgi tepada turgan
fazasi, qizil belgi pastda turgan fazasi, belgi o‘ngda turibdi,
keyin chapda va hokazo.
Tasavvur qiling, siz kurs ishi sifatida qisqa metrajli badiiy
filmni tasvirga olyapsiz. Ssenariyga asosan film voqealari
istrohat bog‘ida, uning bir qismi esa charxpalakda bo‘lib o‘tadi.
Voqealar taxminan shunday bo‘ladi: Yigit va qiz bog‘da sayr
qilib yurishadi. Yigit qizga charxpalakka chiqishni taklif etadi.
Ular o‘tirgan kajava yuqorigacha yetib chiqqanida kutilmaganda
shamol esa boshlaydi, qiz qo‘rqib ketib qichqiradi va birdaniga
95
yigitni quchoqlab oladi. Bu holatga boshqa kajavada o‘tirganlar
mazax va kulgu bilan munosabatda bo‘ladilar. Yigit va qiz
charxpalakda aylanib yerga tushishadi. Qiz o‘z qo‘rqoqligidan
uyaladi.
Bu vaziyatda sizning bu epizodni qanday ko‘rinish va
tartibda sahnalashtirishingiz emas, balki faza bo‘yicha montaj
tamoyili talablariga qanchalik amal qilishingiz muhimroq.
Olis plan tasvirga olinadi: kadrda charxpalak bor
mahobati bilan aks etgan. Hatto bog‘dagi ko‘pgina daraxtlar
kadrda aks etgan va ular attraksionning naqadar balandligini
yanada aniqroq ko‘rsatib turibdi. Film qahramonlari o‘tirgan
kajava qizil rangda va bu charxpalakda bunaqa qizil rangdagi
boshqa kajava yo‘q deb tasavvur qilaylik. Yigit va qiz ularga
o‘tirib olishganidan keyin u sekin-asta yuqoriga ko‘tarila
boshlaydi. Biroq, u hali ham kadrning pastki chap tomonida
joylashgan. Siz kamerani to‘htatasiz, kadr tasvirga olindi.
Keyingi kadrni tasvirga olishdan oldin siz ssenariyni yana
bir bor ko‘rib chiqasiz: keyingi kadr - yigit va qiz o‘tirgan
kajava yuqorigacha yetib chiqqanida birdaniga shamol esa
boshlaydi va qiz qo‘rqib ketadi... Hammasi tushunarli, siz
kajava charxpalakning eng yuqori nuqtasiga yetay deb
qolganida tasvirga olishni boshlaysiz. Albatta, bu kadr
avvalgisiga
qaraganda
ancha
yirikroq
bo‘lishi
va
qahramonlarimiz qaysi kajavada o‘tirganini tomoshabin ko‘rib
olishi uchun imkon berishi kerak. Demak, bu kadr umumiy
planda tasvirga olinadi.
Agar siz bu kadrlarni tasvirga olib bo‘lganingizdan so‘ng
ishni tugatib studiyaga ketib qolgan bo‘lsangiz, montajchidan
dakki eshitishingiz turgan gap. Chunki, Siz juda qo‘pol xatoga
yo‘l qo‘ydingiz!
Qahramonlarimiz o‘tirgan qizil kajavaning ekrandagi
harakat fazalari birinchi va ikkinchi kadrlarda o‘zaro mos
kelmaydi. Birinchi kadrda – kajava charxpalak aylanasining
pastki yarmida joylashgan, ikkinchi kadrda esa – qandaydir
96
tushunarsiz sabab bilan, birdaniga aynananing yuqori qismiga
chiqib qoldi. Tomoshabin buni albatta his qiladi va ekranda bir
qarashda uzluksizday ko‘ringan harakatda keskin sakrashni
sezadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |