Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


210
 
 
XULOSA 
 
Montaj  –  kinoni  san’atning  bir  turiga  aylantiruvchi  muhim 
ifoda vositasi hisoblanadi. Montaj ulkan ijodiy va ta’sir kuchiga 
ega.  Montaj  vositasi  ila  eng  rang-barang  mazmunli  kadrlarni 
birlashtirib, o‘z mavzusi, syujetiga ega film ham yaratsa bo‘ladi. 
Buning ustiga kadrlar turli davrlarda, turli mamlakatlarda har xil 
planlar-u,  rakurslarda  suratga  olingan  bo‘lishi  mumkin.  Shu 
bois  rejissyorlar  va  operatorlar  montaj  san’atini  shunchaki 
emas, balki to‘liq, chuqur bilishlari lozim.  
Rejissyor  kinodagi  montaj  xususiyatlarini  yaxshi  bilmog‘i 
lozim. U plan, rakurslar, tasvirga olish usuli bir xil bo‘lgan ikki 
kadrni  birlashtirib  bo‘lmasligini,  bunday  holatda  harakat 
yo‘qolishini bilishi kerak. Harakatsiz kino esa kino emas.  
Filmni  to‘g‘ri  montaj  qilish,  badiiy  kinematografik 
ifodalilikka  erishi  uchun  tasvirga  olish  paytidayoq  uni 
montajbop  qilib  suratga  olish  kerak.  Shuni  unutmaslik  keraki, 
filmning  eng  yaxshi  montaji  –  bu  uning  montaj  qonun 
qoidalariga  asosan  tasvirga  olinishidir.  Natijada  u  rejissyor  va 
ijodiy guruhga asarning g‘oyasini, mavzusini, obrazlarni chuqur 
ochib berishga imkon beradi. 
Yosh rejissyor, operator montajning ahamiyatini amaliyotda 
tushunib  yetadi.  U  montajdagi  muhim  jihatlarini  o‘zlashtirib 
olsa  bas.  Masalan,  kinoda  montajning  qanday  tamoyillari, 
badiiy shakllari va ularning imkoniyatlarini bilishi lozim. 
Rejissyor  bir  filmda  uning  dramaturgiyasidan  kelib  chiqib, 
montajning turlaridan uyg‘unlikda foydalanishi mumkin. Bu ish 
filmni  suratga  olish  jarayonida  bajaradi.  Shunday  qilinsa 
montaj-sayqal  paytida  filmni  “yig‘ib”  olish,  unda  kerakli  vaqt 
va makonni yaratishi, qahramon obrazini ochishi, unga nisbatan 
o‘z munosabatini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.  


211
 
 
Ichki  kadr  ritmi-  rejissyor  tanlagan  mizanssena,  aktyor 
plastikasi,  so‘z  va  musiqa  yoki  boshqa  ovozlar  yangrashi  bilan 
ta’minlanadi.  Montajda  ichki  kadr  ritmi  orqali  butun  film 
harakatini, 
jumladan, 
uning 
tempini 
kuchaytirish 
yoki 
susaytirish 
mumkin. 
Kadrlarning 
noto‘g‘ri 
montaji, 
epizodlarning  harakat  xarakteriga  mos  tushmasligi  tempning 
buzilishiga  olib  keladi.  Bunday  noto‘g‘ri  montaj,  agar  jang 
epizodi  bo‘lsa,  kim  kim  bilan  jang  qilayotganini  bilib 
bo‘lmaydigan tartibsizlikni keltirib chiqaradi. 
Rejissyor  tomonidan  tanlangan  montajning  barcha  turlari, 
uning 
prinsiplari 
yagona 
bir 
maqsadga 
–  asarning 
kinematografik  ta’sirchan  chiqishiga  qaratiladi.  Rejissyor  aql-
idroki, mahorati ila qo‘llagan montaji orqali filmda o‘z g‘oya va 
maqsadini  to‘la  amalga  oshiradi.  Demak,  montajning  barcha 
nozik jihatlarini bilish rejissyor uchun muhimdir.  
Mazkur  o‘quv  qo‘llanmani  o‘qib  bo‘lganingizdan  keyin, 
Siz  o‘zingizni  montajni  “suv  qilib  ichib  yuborgan”  mutaxassis 
deb  hisoblashingiz  mumkin.  Biroq,  kitobni  o‘qib  chiqish  unda 
yozilgan barcha narsalarni to‘liq o‘zlashtirib olish degani emas. 
Siz  olgan  bilimlaringizni  hali  amaliyotda  sinab  ko‘rishingiz  va 
olgan  bilimlaringizni  mustahkamlab  olishingiz  kerak.  Balki,  bu 
jarayonda  Siz  kitobni  yana  qo‘lingizga  olib,  ayrim  mavzularni 
yana bir bor o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelar.  
Montaj 
haqidagi 
bilimlar 
majmui 
rejissyorlar, 
operatorlarning  tasvirga  olish  maydonchasidagi  kundalik 
ishlarida,  amaliyotida  juda  zarur.    Chunki,  haqiqiy  professional 
bilim  va  ko‘nikmalar  olingan  nazariy  bilimlarni  amaliyotda 
sinovdan  o‘tkazgan  paytdagina  shakllanib  boradi.  Amaliyotda 
bir  necha  bor  sinovdan  o‘tib  mustahkamlanib  ulgurgan  bilimlar 
tasvirga  olish  jarayonida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  ichki 


212
 
 
shubhalarni bartaraf etishda yordam beradi. 
Ta’kidlash  lozimki,  ushbu  o‘quv  qo‘llanma  kino, 
televidenieda  ishlovchi    rejissyorlar,  operatorlar  va  montaj 
ustalarining va media mahsulotlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi 
boshqa  mutaxassislarining  ijodiy  faoliyatida  juda  qimmatli 
manbaa bo‘lib hizmat qilishi mumkin.  


213
 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish