Sakkizinchi tamoyil: Rang bo‘yicha montaj.
Zamonaviy ekran san’atida, kino va televidenieda, shu
jumladan kompyuter grafikasi va kompyuter animatsiyasida
rang juda muhim rol o‘ynaydi.
Rang – harakat, yoritish usullari, kadr kompozitsiyasi
kabilar bilan bir qatorda turuvchi ekran san’atlarining ifoda
vositalaridan biridir.
Shuning uchun ham, biror kadrni tasvirga olishdan avval
bu kadrning rang yechimi haqida, uning film davomida qay
tartibda o‘zgarib, rivojlanib borishi, kadrga tabiiy yoki sun’iy
ravishda kiritilgan ranglarning kadrda qay tartibda “ishlashi”
haqida aniq bir to‘xtamga kelib olishimiz zarur.
Keling, tamoyilni tushuntirishga o‘tishdan oldin sizga
yana bir bora chalg‘ituvchi vazifa beramiz... Har bir tamoyil
oldidan bunday chalg‘ituvchi savollar berishimiz “aqliy hujum”
deb nomlangan ta’lim texnologiyalaridan biri bo‘lib, bunday
savollar o‘qituvchiga dars oldidan talaba va o‘quvchilarning
mavzu yuzasidan umumiy bilim va tasavvur darajasini bilib
olishga, shunga qarab dars dinamikasini belgilashga yordam
beradi. Qolaversa, dars oldidan talaba va o‘quvchilarni
tetiklashtirishga, fikrlashga undaydi.
Tasavvur qiling, siz biror teleserialni tasvirga olyapsiz.
Serialning tabiatda, ya’ni masalan ko‘chada tasvirga olinadigan
epizodidan bir kadrni tasvirga tushirishingiz kerak. Kadrda bir
yigit o‘z sevgilisini kutib turibdi. U turgan joy balki, istirohat
bog‘idir yoki hiyobondir buning ahamiyati yo‘q. Yigit turgan
joyda, uning orqa tomonida turli manzarali daraxt va butalar
o‘sib yotibdi. Ular yam-yashil bo‘lib o‘ziga hos yashil fon
vazifasini bajarmoqda. Butalardan chap tomonda esa qora
rangga bo‘yalgan devor bor.
Bu epizodda yigitning yirik, umumiy-o‘rta planlari
tasvirga olinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, barcha
televizion seriallarda bo‘lgani kabi, siz ham ishni tezlashtirish,
montaj jarayonini osonlashtirish maqsadida epizodni ikkita
128
kameradan foydalanib tasvirga olmoqdasiz.
71-rasm.
Ikkala operatorlar ham o‘z kameralarini o‘zlari to‘g‘ri deb
bilgan joylarga o‘rnatishdi. Ularning biri yigitning yirik planini
tasvirga olmoqda, ikkinchisi umumiy planini. Kameralar 71-
rasmda ko‘rsatilgandek tartibda o‘rnatildi. Nima deb o‘ylaysiz,
kameralar to‘g‘ri joylashtirildimi? Ikkala kameradan olingan
kadrlar montaj jihatidan bir-biriga mos keladimi?
Kitobdan to‘g‘ri javob aks ettirilgan rasmni qidirishga
shoshilmang. Bu mavzuni, umuman montajning barcha o‘nta
tamoyilini mukammal bilib olishingiz siz uchun juda muhim.
Natijani shunchaki tasavvur qilib ko‘raylik: 1-kamera
olgan kadrda yigitning umumiy-o‘rta plani, yigit kadrda turibdi,
fonda yam-yashil butalar ko‘rinyapti; 2-kamera olgan kadr –
yigitning yirik plani, endi kadr foniga butalar sig‘magan, faqat
qop-qora devor ko‘rinib turibdi. Bir qarashda hammasi joyida.
Lekin shuni unutmangki, yigit turgan joyning orqa tomonidan
yashil butalar, chap tomonda esa qora rangli devor borliini faqat
siz bilasiz, tomoshabin esa bilmaydi. U faqat siz ko‘rsatayotgan
narsalarnigina ko‘ra oladi. Tomoshabin uchun go‘yoki bu ikki
kadr tamomila boshqa-boshqa joyda tasvirga olinganday
tasavvur uyg‘otadi: avval yigit yashil bog‘da edi, keyin esa
129
qandaydir qora narsaning oldida bo‘lib qoldi... natijada
beixtiyor tomoshabinda savol tug‘iladi: nima bo‘ldi o‘zi? Yigit
qanday qilib bir zumda bir joydan boshqa joyga borib qoldi?
Balki bu fantastik filmdir va yigit “teleport”dir degan ming turli
savollar tug‘iladi? Eng tomoshabin sizning filmingizni ko‘rish,
undan ma’anaviy ozuqa, fikr olish emas, balki siz bergan
“topishmoq”ni yechish bilan band bo‘ladi. Agar siz bir film
davomida tomoshabinga ana shunaqa “topishmoq”lardan 5-6
tasini bersangiz filmingizning muvaffaqiyatsizligi 200%
ta’minlanadi.
Tasvirga olingan kadrlarni o‘zaro montaj qilib ko‘rsak 71-
rasmdagi kameralar joylashuvi naqadar xato ekanligi yaqqol
ko‘zga tashlanib qoladi (72-rasm).
72-rasm.
Ha, juda g‘alati va yoqimsiz natija. Tomoshabin ham bu
kadrlarni ko‘rganda huddi shunaqa yoqimsiz holatni his qiladi.
Endi o‘ylab ko‘ring, bir epizod davomida agar bu kadrlar o‘zaro
bir necha marta o‘rin almashsa tomoshabin qay holatga
tusharkin...
Albatta, bu keltirilgan misoldagi kabi fonning juda keskin
darajada farqli rangda bo‘lishi hayotda uchramaydi. Lekin
xatolik yaqqol ko‘rinishi, mavzu tushunarli bo‘lishi uchun
130
atayin shu misolni ko‘rsatdik. Biroq bunday xatoliklar tajribasiz
operator va rejissyorlar ijodida, televidenieda ko‘p uchrab
turadi.
Masalaning yechimi esa juda oddiy! Kameralarni shunday
joylashtiringki, toki birinchi kadr o‘zidan keyingi kadrda kirib
kelishi mumkin bo‘lgan yangi rang to‘g‘risida bir oz ma’lumot
bersin. Bizning misolda yigit tasvirga olingan umumiy-o‘rta
planda qora devorning bir qismi ham ko‘rinib turishi kerak edi
(73-rasm). Bu “bir oz ma’lumot” kadrning uchdan bir qismini
Do'stlaringiz bilan baham: |