egallashi lozim
23
, ya’ni taxminan mana shunday bo‘lishi kerak
edi:
73-rasm.
Rang bo‘yicha montaj deganda faqat montajning texnik,
amaliy tomoniga dahldor bo‘lgan shunchaki bir tamoyilni
tushunish kerak emas. Rang bo‘yicha montaj huddi montaj
atamasi kabi juda keng miqyosda tushunilishi lozim. Rang
bo‘yicha montaj bu avvalo film yoki ko‘rsatuvning rang
yechimi hamdir va u ekran san’atlarining kuchli tasviriy ifoda
vositalaridan biri hisoblanadi.
Har bir film tasviriy jihatdan o‘zining kompozitsion
23
Bordwell, David. The Cinema of Einshtein. New York, NY: Routlenge. 2005. 79-b.
131
yechimiga,
yorug‘lik,
rang
yechimi
va
musiqiy
kompozitsiyasiga ega bo‘ladi. Aynan rang orqali ekranda
tomoshabinga juda katta fikrni bildirish, unda muayyan his-
tuyg‘ularni uyg‘otish mumkin.
Film
davomida
qahramonning
fe’l-atvori, hayotiy
qarashlari, oliy maqsadi o‘zgarib borishini film davomida
ranglarning o‘zgarib borishi vositasida ko‘rsatib berish mumkin.
Yoki qahramonning xaraktyorini u kiygan liboslar rangi bilan
ochib berish imkoniyati bor.
Ma’lumki turli xil ranglar insonlarda muayyan his-
tuyg‘ularni, assotsiatsiyalarni uyg‘otadi. Masalan, qizil rang
dunyodagi barcha insonlar uchun junbushga kelgan his va
ehtiroslar, bayram, hursandchilik va ayni paytda jazavaga
tushish, rashk, qon kabi assotsiatsiyalarni uyg‘otsa, ko‘k rang
sovuqlik,
sokinlik,
xotirjamlik,
aqllilik,
tafakkur,
munosabatlardagi sovuqlik, befarqlik kabi hislarni uyg‘otadi.
Albatta, insonning diniy e’tiqodi va milliylik xususiyatlaridan
kelib chiqib turli ranglarni turli halqlar boshqa-boshqa
ma’nolarda qabul qilishi ham mumkin. Masalan italiyalik buyuk
kinooperator Vittorio Storraro “Yorug‘lik vositasida rangtasvir”
(“Живопись светом”) nomli hujjatli filmda ranglarni o‘zicha
boshqacha ma’nolarda qabul qilishini aytib o‘tgan. Uning
fikricha qizil rang hammamiz o‘rganib qolganimizdek ayollarga
hos rang emas, aksincha ayollara hos rang bu moviy rangdir.
Chunki ayollar sokin va bosiq bo‘ladilar, huddi moviy rangdagi
suvdek nozik va nafis bo‘ladilar deydi u. Qizil rang esa
erkaklarga hos rang bo‘lib, u kuch-qudrat, jasorat, kuchli
ehtiros, rashk, olovdek shiddatni o‘zida aks ettiradi. Lekin
aksariyat insonlar ranglarni umumiy ma’noda bir hilda qabul
qiladilar.
Keling buyuk kinoijodkorlar S.Paradjanov va Yu.Ilenko
ijodiga mansub bir filmdan sahnalarni ko‘rib chiqamiz...
132
Karpat tog‘lariga bahor kelganidan qalbi xursandchilikka
to‘lgan yosh qahramon umumiy planda tog‘ yon bag‘ri bo‘ylab
chopib borayotganini ko‘rgan tomoshabin beixtiyor hayajondan
entikadi, nafasi og‘irlashadi. Bunga sabab esa yosh aktyorning
moxirona ijrosi emas, balki qahramonni o‘rab turgan benihoya
quvnoq muhit, go‘zal tabiat manzarasi, yashillikka burkangan
adirlar, bahor kabi shaffof ranglardir. Ushbu sahnadagi o‘t-
o‘lanlar, daraxtlar, hatto daraxtlarning soyalari ham, tepaliklar –
har bir narsa quyoshli yorqin ruhiyatga burkangan. Mualliflar
buni ranglar yordamida muvaffaqiyatli yetkazib bera olganlar.
Ulargacha bunday tasviriy go‘zallikka faqat tasviriy san’at
orqali, faqat mo‘yqalam va bo‘yoqlar yordamida erishish
mumkin deb hisoblanardi. Ular bo‘lsa bir qator seriyali
kadrlardan iborat butun bir voqeani tasvirga oldilar va kinoda
rang bilan ishlash san’ati bilan tomoshabinlarni qoyil
qoldirdilar.
Film fojea bilan yakun topadi. Qahramonlardan biri
ikkinchisini o‘ldiradi. Bu sahnadagi so‘nggi kadr o‘lib
borayotgan insonning nigohi orqali tasvirga olingan. Biz qotil
qanday qilib xonaga boltani olib kirganini va u bilan “bizni”
urayotganini ko‘ramiz. Birdan ekranning yuqori qismidan
pastga tomon sekin asta qip-qizil qonning oqa boshlaganini
ko‘ramiz. Bu holat albatta tomoshabinni larzaga keltiradi.
Bu epizodning barcha avvalgi kadrlari tabiatda, rutubatli
bulutli kunda tasvirga tushirilgan. Soyasiz qor. Kulrang osmon.
Yog‘och binolarning to‘q jigarrang devorlari yaqinlashib
kelayotgan qayg‘uli voqealarga yanada ko‘proq mudhishlik
baxsh etib turardi. Ekran bo‘ylab to‘kilgan qizil qon bu sahnada
musiqadagi dissonans – ohanglar qarama-qarshiligi kabi vazifa
bajargan.
Bunday
badiiy-tasviriy
usullarning
tomoshabinlarga
ko‘rsatadigan ta’siri noyobligi tufayli uni boshqa filmlarda
133
takrorlash imkonini bermaydi, chunki bu holat mutaxassislar
tomonidan plagiat yoki reminissensiya
24
sifatida qabul qilinadi.
Lekin bu boshqa mualliflarni yanada ko‘proq ijod qilishga va
yangi tasviriy ifoda usullarini izlab topishga rag‘batlantiradi.
Tanqidchilar filmga baho berar ekanlar, S.Parajanov va
Yu.Ilienkoning ijodiga tan bergan holda, ularning film rang
dramaturgiyasini qoyilmaqom tarzda ishlab chiqishga muvaffaq
bo‘lishganligini ta’kidlashgan.
Rang - bu yuqori ta’sir kuchiga ega bo‘lgan tasviriy ifoda
vositasi, plastik musiqa ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |