Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,kadrlarda kompozitsiyadagi diqqat markazlari, ya’ni tomoshabinning nigohi qadaladigan asosiy nuqtalarning kadr gorizontal maydoni bo‘ylab ko‘chishi kadrning uchdan bir qismichalik maydondan oshmasligi kerak degan qoida aynan bir ob’ektning
o‘zini turli planlarda tasvirga olib ko‘rsatilganda ham, turli
ob’ektlarni navbatma-navbat ekranda ko‘rsatilganda ham birdek
amal qiladi. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, hamma
kadrlarning bir xil kompozitsiyaga va bir xil diqqat markaziga
121
ega bo‘lishi ham, yoki aksincha juda katta farqlarga ega bo‘lishi
ham to‘g‘ri emas. Bu vaziyatda oltin me’yorni topish va qoidaga
amal qilish kerak.